Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.57K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 9 и 10 ноября - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi


Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va elektron tovar-transport yuk xati (ETTY)ni birlashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada:
▫️ tovarlarni realizatsiya qilish transport orqali tashish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda, EHF va ETTYni birlashtirgan holda rasmiylashtirish;

▫️standart shakldagi EHF va ETTYni alohida ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolish;

▫️ ayrim faoliyat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, ETTYni rasmiylashtirishning oʻziga xos tomonlari (tuzatuvchi va bir tomonlama ETTYni rasmiylashtirish, tovarlarni qayta ishlash hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashish) tartibga solish koʻzda turilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur loyihani muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida qaror loyihasi yanada takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

To‘langan QQSdan tadbirkorda keshbek

📢Mehmonxona, kafe restorani borlar yoki turoperatorlar, bu yangilik Siz uchun!

2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

✔️Bunda turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun chet el valyutadagi tushum jami tushumning kamida 80 %ni tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-yanvardan keshbek umumiy ovqatlanish korxonalariga ham beriladi.
Bunda oylik tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi:
✔️60 %dan 🔺– to‘langan QQSning 40 %;
✔️60 %dan 🔻bo‘lsa– to‘langan QQSning 20% qaytariladi.

QQS 1 ish kunida soliq organi xulosasi asosida Gʻaznachilikdan tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Keshbek uchun shartlar to‘liq bajarilishi kerak‼️

✔️hisobot davrida QQS hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

✔️hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmaganda;

✔️EHFda yoki kassa cheklarida sotilgan tovar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari (MXIK)ko‘rsatilganda.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilganda dalolatnomani elektron rasmiylashtiradi.

✍️Dalolatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki Soliq mobil ilovasida elektron shakllantiriladi va sotuvchi (jismoniy shaxs) tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

✔️Ushbu dalolatnoma kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

noyabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 ноября 2024 года последний день

за октябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


Joriy yil oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 86 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:

📍Sirdaryo viloyati – 89 %;
📍Toshkent shahri – 87,7 %;
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi – 87 %.


Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning oktabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 1 028 nafar, (shundan105 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Reyting koʻrsatkichi:
▫️80 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 2 490 nafar;
▫️75 dan 80 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 518 nafarni tashkil etdi.

Ish samaradorligi bo‘yicha 75 dan past ball toʻplagan inspektorlar soni 307 nafar.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 453 ta mahallada 4 343 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.
—————
#махаллабай

Деятельность налоговых органов в махаллях


В октябре текущего года в информационной системе "Деятельность налоговых органов в махаллях" показатель эффективности (KPI) налоговых инспекторов составил 86 баллов.

Регионы, в которых налоговые инспекторы внесли наибольший вклад в общий рейтинг:

📍Сырдарьинская область – 89%;
📍г.Ташкент – 87,7%;

📍Республика Каракалпакстан – 87%.

Показатели рейтинга закрепленных за махаллями инспекторов за октябрь:

выше 90 баллов – 1 028 сотрудников (из них 105 набрали 100 баллов) были рекомендованы к вознаграждению по итогам месяца.

Рейтинговые показатели:
▫️у 2 490 сотрудников составляют от 80 до 90 баллов;
▫️у 518 сотрудников составляют от 75 до 80 баллов.

307 инспекторов набрали менее 75 баллов по эффективности работы.

Для информации. В системе «махаллабай» в 9 453 махаллях страны осуществляют деятельность 4 343 налоговых инспектора.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 456,2 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 455 438 ta;
xizmatlar uchun – 856 ta.

2024-yil yanvar-oktabr oylarida respublika boʻyicha:
▫️263,9 mingta korxona 37,6 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 77 826 ta MXIKdan foydalangan;
▫️193,5 mingta korxona tomonidan berilgan 888,4 mln xarid chekida 149,5 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация
#ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 456,2 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 455 438;
для услуг – 856.

В январе-октябре 2024 года по республике:
▫️263,9 тыс. организаций оформили более 37,6 млн ЭСФ с использованием 77 826 ИКПУ;
▫️193,5 тыс.
организаций выдали свыше 888,4 млн чеков онлайн-ККТ с использованием более 149,5 тыс. ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2024-yil 1-noyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 566 818 nafar.

Shundan 70 978 tasi yanvar-oktabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 147,7 mingta
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi140,9 mingta
🏭 sanoat 66,8 mingta
🏗
qurilish32,4 mingta
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar28,7 mingta

Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.
____________
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 ноября 2024 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 566 818. Из них 70 978 зарегистрированы в январе-октябре.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 147,7 тыс.
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 140,9 тыс.
🚚
промышленность 66,8 тыс.
🏗строительство32,4 тыс.
🍽услуги по проживанию и питанию - 28,7 тыс.

Примечание. Коммерческие организации, не осуществляющие в течение 9 месяцев банковские операции и не представляющие налоговую отчетность, переводятся в категорию бездействующих.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #sayyor_qabul

Yanvar-oktabr oylarida sayyor qabullarda 59,1 mingga yaqin murojaat hal etildi


2024-yil yanvar-oktabr oylarida soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 10 071 ta sayyor qabullarda 74 620 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 59,1 mingta (79,2 %);
▫️tushuntirish berilgan – 12,3 mingta (16,5 %);
▫️o‘rganish jarayonida – 3,1 mingta (4,2 %);
▫️rad etilgan – 71 ta (0,1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Toshkent viloyati – 959 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 897 ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 874 ta.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga yanvar-oktabr oylarida 47 mingta murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2024-yil yanvar-oktabr oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 46 999 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 40 098 ta (85,3%);
🔹ogʻzaki – 4 465 ta (9,5%);
🔹yozma – 2 436 ta
(5,2%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 15 423 ta (32,8%);
🔸Toshkent viloyati – 4 025 ta (8,6%);
🔸
Qashqadaryo viloyati – 3 822 ta (8,1%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaz javob beradi

2024-yil oktabr oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi 69 265 ta murojaat qabul qilgan.

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 49 482 tа;
🔹yuridik shaxslar – 17 513 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 2 170 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 100 tа.

📈Eng ko‘p
murojaat:
📍hududlar kesimida
Toshkent shahridan – 27 587 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 49 482 ta kelib tushgan.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Qayd etish lozimki, soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzaxda QQS tushumlari oshdi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun 2024 yilning 10 oyida 316,6 mlrd. so‘m tushum ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga (240 mlrd) nisbatan 132 foizga (+76 mlrd) o‘sgan.

Bu soliq ma’murchiligining raqamlashtirilishi orqali qo‘shilgan qiymat zanjiridagi uzilishlarning oldini olish imkoniyati kengaytirilganidan darakdir.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Sayyor qabulda ko‘plab muammolarga yechim topildi

Yaqinda Jizzax viloyati, Bahmal tumanida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Ushbu tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini tingladilar.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov boshchiligidagi mas'ullar sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o'rganishdi, shuningdek, soliq qonunchiligi va boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Bunday tadbirlar fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini hal qilish va davlat xizmatlarini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi. Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, zarur maslahatlar taqdim etildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram