Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
998 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi

Yaqinda Jizzax viloyat soliq boshqarmasida aholi o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda diniy mutaassiblikka barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, xuquqni muhofaza qiluvchi organdan vakil va boshqarmaning shaxsiy tarkibi hamda onlayn tarzda hududiy soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar «Diniy ekstremizm va korrupsiyaga qarshi kurashish» o‘ta dolzarb masalalardan ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, unga olib boruvchi yo‘l va omillar haqida ham to‘xtalib, har bir soliq xodimidan ogohlik, xushyorlik va e’tiborlik bo‘lishlarini ta’kidladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
#Barqarorlik_reytingi
#Arnasoy_tumani

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Korxonabay” va “Mahallabay” institutlari tadbirkorlarning barqarorlik reytingi koʻtarilishiga ham ijobiy taʼsir etmoqda. Soliq inspektorlarining har bir soliq toʻlovchi bilan individual ishlashi natijasida yashirin iqtisodiyot ulushi qisqarishiga, shu jumladan, ish haqi hisoblash, soliq hisobotlarida xodimlar soni va aylanma mablagʻlarning toʻliq koʻrsatilishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmoqda.


Xususan, mamlakatimizda joriy yilning I-yarmida 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,5 mingta tadbirkorlik subyektining ishchilar soni 774,5 ming nafarga ortgan boʻlsa, 185,7 mingta subyektda esa ish haqi fondi 13,9 trln soʻmga koʻpaygan.

Shuningdek, 129,1 mingta korxonada oʻtgan yilga nisbatan 604,4 ming nafar ishchi xodimiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)dan ortiq ish haqi hisoblangan.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishlariga ko‘maklashish maqsadida Arnasoy tumani soliq xizmati mas'ul xodimlari tomonidan joylarda soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.

“Ismoil Begali Muhiddin” xususiy korxonasidagi uchrashuv ham samarali bo‘ldi. Ayni paytda korxona reytingning o‘rta toifasida faoliyat yuritmoqda.


Korxona ish yurituvchisi bilan uchrashuvda reytingni o‘rta toifadan yuqori toifaga o‘tkazish hamda belgilangan mezonlar asosida kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi tushuntirilib, korxonaga biriktirilgan soliq xodimi tomonidan amaliy ko‘maklar berilishi ma’lum qilindi.

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 Nima uchun ba'zi taksi xizmatlari uchun cheklarga keshbek beriladi, ba'zilariga esa rad etiladi?

🔵 O'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan cheklarga keshbek hisoblanmaydi.
👉PQ-5252 04.10.2021y.

Demak, agar siz foydalangan taksi haydovchisi o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, keshbek hisoblash avtomatik ravishda rad etiladi,
Agar xizmat yuridik shaxs tomonidan ko'rsatilgan bo'lsa, keshbek hisoblanadi.
______________
#самозанятость

🔴 Почему по одним чекам за услуги такси кешбэк дают, а по некоторым отказывают?

🔵 Кешбэк не начисляется по чекам, выданным самозанятыми лицами.
👉ПП-5252 от 04.10.2021г.

Следовательно, если водитель такси, услугами которого вы воспользовались, оформлен в качестве самозанятого лица - в начислении кешбэка будет отказано автоматически.
В случае, когда услуги оказаны юридическим лицом, кешбэк будет начислен.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.

Soliq qo'mitasida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham ko'tarinki ruhda o‘tkazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Qurilish materiallarining MXIK yangilandi

Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi bilan integratsiya qilindi. Bu haqda tasnif.soliq.uz portali xabar bermoqda.

Qurilish resurslari milliy klassifikatorida qurilish materiallarining batafsil texnik tafsilotlari berilgan. Endi ular asosida qurilish materiallari uchun 172 mingta yangi batafsillashtirilgan MXIK, shuningdek ularning o‘lchov birliklari yaratildi.

Tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda interaktiv xizmat orqali soliq to‘lovchilar yangi MXIKni “Tanlangan” toifasiga qo‘shishlari va EHF va onlayn-NKT cheklarini shakllantirishda ulardan foydalanishlari mumkin.

Qurilish materiallarining amaldagi umumiy MXIK inventarizatsiya qilinadi va keyinchalik bosqichma-bosqich faol bo‘lmagan holatga o‘tkaziladi.

Shu bois soliq to‘lovchilarga qurilish materiallari uchun qo‘llagan umumiy kodlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni yangilariga almashtirish tavsiya etiladi.

➡️Katalog operatoriga savollarni 71 202-32-32 telefon raqami orqali berish mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
👍21
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida farmongagi ko‘ra

2024 yil 1 oktyabrdan:

• byudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, "Muruvvat" internat uylari, bolalar uylari va "Mehribonlik" uylari, bolalar sanatoriyalaridagi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi;

• boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshiriladi;

• eng kam ish haqi miqdori oyiga 1 155 000 so‘mni tashkil etadi;

• bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘mni tashkil etadi.


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:

▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;

▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

👉16.02.2023-yildagi № PQ-57

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.

2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
"E-auksion.uz" platformasida Jizzax viloyati bo'yicha 3163 ortiq dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini auksionda qatnashib sotib oling!

DEXQON XO'JALIGI YERLARI:

🟢 Arnasoy tuman 424 ta (ko'rish)
🟢 Baxmal tuman 25 ta (ko'rish)
🟢 G'allarol tuman 80 ta (ko'rish)
🟢 Sh.Rashidov tuman 554 ta (ko'rish)
🟢 Do'stlik tuman 472 ta (ko'rish)
🟢 Zomin tuman 186 ta (ko'rish)
🟢 Zarbdor tuman  232 ta (ko'rish)
🟢 Mirzacho'l tuman 536 ta (ko'rish)
🟢 Zafarobod tuman 454 ta (ko'rish)
🟢 Paxtakor tumani 162 ta (ko'rish)
🟢 Forish tuman 62 ta (ko'rish)
🟢 Yangiobod tuman 6 ta (ko'rish)

Eslatma: Ushbu yerlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.01.2024 yildagi PF-15-son farmoni xamda 05.04.2024 yildagi PQ-153 sonli qarorlari asosida savdolarga chiqarilgan.


Auksion vakili: 99-2073608 ; 99-2072608(( soat 09:00 dan 18:00 gacha))

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 16-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3 va 4-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 16 сентября 2024 года последний день

за август:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM