Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.16K subscribers
11.8K photos
1.53K videos
78 files
6.09K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
TO‘QSONBOSTI EKINLARI – MO‘L DAROMAD MANBAI

Xalqimizning “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan naqli zamirida katta ma’no bor, - deydi Zarbdor tuman soliq inspeksiya boshlig‘i E.Erkaboev .

To‘qson deganda qishning to‘qson kuni nazarda tutiladi. Kuz faslida ekib, ko‘kartirib olingan sabzavot yoki ko‘katlar qor ostida qolib, yaxshi kuch to‘playdi, o‘sishga tayyorlanib oladi.

Erta bahorda ekilgan ko‘kat yoki sabzavot unib chiqib, rivojlanaman deguniga qadar, to‘qsonbosti usulida ekilgan ekin hosilga kiradi.

Qolaversa, qish bo‘yi yetarli kuch to‘plagani bois bahorgi sabziga qaraganda unumdorligi yaxshi bo‘ladi.
Shu bois 4- sektor mas’ullari uyma-uy yurib, aholiga targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#ochiq_muloqot

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan


🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.

🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).

🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.

🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.

🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
______________
#открытый_диалог

Итоги открытого диалога Президента с предпринимателями

🔹При покупке предпринимателем земли на аукционе НДС не будет начисляться.

🔹При выделении земли под строительство будет предоставляться льгота по земельному налогу в размере 50% (кроме областных центров).

🔹При ввозе оборудования и комплектующих не будет образовываться задолженность, если срок договора не будет нарушен. (В настоящее время, независимо от срока договора, если закупленное оборудование не прибудет в течение 180 дней, возникает просроченная дебиторская задолженность).

🔹Электронные данные таможенного органа, подтверждающие экспорт, будут основанием для возврата НДС без истребования других документов.

🔹ЭСФ и ТТН будут приведены к единой форме, где достаточно ввести всего 4 вида данных.

🔹С 1 октября гостиницам и туроператорам будет возвращаться 20% уплаченного НДС.

🔹С 1 января предпринимателям в сфере общественного питания будет возвращаться часть уплаченного НДС в виде кешбэка.

🔹Налог на прибыль ресторанов и кафе будет снижен в 2 раза.

🔹С 1 декабря при оприходовании сельхозпродукции, приобретенной за наличные, у предприятий общепита не потребуются никакие документы.

🔹Рестораны и кафе смогут нанимать работников по краткосрочным, упрощенным трудовым договорам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq – korrupsiyadan xoli tizim

Kuni kecha Forish tuman soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi. 

Tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi davra suhbatining asosiy mavzusiga aylandi.

Tadbirda har bir davlat soliq xizmatchisi xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmasligi, jinoiy qilmishlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifani halol va vijdonan bajarishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilgan taqdirda unga jazo muqarrarligi ham alohida qayd etildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir

Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning “Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat, yangi sharoit” mavzusidagi jonli efiri bo‘lib o‘tmoqda.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin!

Mavzuga oid savol va takliflarni @xalqaropressklubbot orqali yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TADBIRKORLIK SUB’EKTI TOMONIDAN ONLAYN-NKM YoKI VIRTUAL KASSA QO‘LLANIShI TARTIBI

Onlayn-NKM yoki virtual kassani qo‘llash jarayonida ma’lumotlarni operatorga real vaqt rejimida yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan, Internet tarmog‘idagi vaqtincha uzilishlar bo‘lganda xaridorlarga (mijozlarga) amalga oshirilgan xarid uchun cheklar offlayn rejimida berilishi mumkin.

Bunda birinchi offlayn rejimda shakllangan chekni 48 soat ichida, shuningdek, onlayn rejimiga o‘tgandan keyin 24 soat ichida operatorga uzatilishi ta’minlanishi zarur. (23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilova, Nizomning 31-bandiga asosan)

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq to‘lovchilarga 2023 yil 1 yanvardan keyin berilgan savdo cheklaridagi ba’zi xatolarni vaqt cheklovlarisiz tuzatishga ruxsat berildi

Unga ko‘ra istalgan vaqtda quyidagilarni tuzatish mumkin:
• QQS summasi va stavkasi (0 / 12 %);
• MHIK;
• komitentning STIRi;
• mahsulot miqdori;
• o‘lchov birligi;
• to‘lov usuli (naqd pul yoki bank kartasi orqali).

Ushbu ruxsat xarid qiymatiga taalluqli emas. Uni, avvalgidek, 23.11.2019 yildagi VMQ-943-sonli qarorga 1-ilovaning 38-1-bandiga muvofiq tuzatish mumkin:
• QQS to‘lovchilari uchun - hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
• aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari uchun - hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay.

Yana bir yangilik: xatoni tuzatish uchun arizaga faqat bitta fayl ilova qilish kifoya, unda soliq to‘lovchi kiritilgan tuzatishning barcha oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tasdiqlaydi.

Tabiiy, hamma yaxshi biladiki, chek summasi yoki QQSni o‘zgartirish "avtokameral" farqlarga salbiy munosabat bildirmasligi uchun o‘sha davr uchun hisobotni qayta topshirishga olib keladi.

Agar komitentning STIRi tuzatilgan bo‘lsa, komissioner ham, komitent ham hisobotlarni qayta topshirishiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#4_sektor
#Sayyor_Qabul

Ayni kunlarda Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan reja jadvalga muvofiq viloyat sektor rahbarlari joylarda aholi bilan uchrashib, ular muammolarini sayyor tartibda o‘rganishmoqda. Kecha shunday sayyor qabul viloyat 4-sektori tomonidan Baxmal tumanida bo‘lib o‘tdi.


Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Baxmal tumanidagi Navbahor MFYda o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tumanning ushbu hududi Samarqand viloyati bilan chegaradosh bo‘lib, aholisining asosiy mashg‘uloti chorvachilik va dehqonchilikdan iborat. Shuningdek, tadbirkorlik, xususan ayollar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga ham ehtiyoj mavjud.

5300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan MFYda ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, eski elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, artezian suv qudug‘i o‘rnatish, tikuvchilik faoliyati uchun subsidiyalar ajratish, ijtimoiy nafaqa olishda ko‘maklashish, nogiron farzandiga nafaqa tayinlash, kredit rasmiylashtirishga oid qator muammolar mavjud.

4-sektor rahbari B.Tashpulatov boshchiligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sho‘basi mas’ullari har bir murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirib, tegishliligi bo‘yicha mas’ul idoralarga yo‘naltirdilar.

Ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilinadigan bo‘ldi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM