Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.58K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #raqamli_markirovka

Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi
👉VMQ-478-son 03.08.2024-yil.

Qaror ijrosi doirasida Soliq qoʻmitasi quyidagi vazifalar yuklatildi:

🔹 01.09.2024-yilga qadar alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligini nazoratga olish.
Bunda 2024-yil 10 avugstga qadar markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan oʻtkazilganligi haqida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda rasmiy eʼlon joylashtiriladi;

🔹2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan va/yoki kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi subyektlarga nisbatan mazkur mahsulotlarni musodara qilgan holda, jinoiy javobgarlikka tortish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy xujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹Bir hafta muddatda Soliq qoʻmitasida raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha alohida tuzilma tashkil etish;

🔹2024-yil davomida Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli markirovka qoidalari, shuningdek, raqamli markirovka tizimi bilan ishlash boʻyicha oʻquv va koʻrgazmali seminarlar oʻtkazib borish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrish;

🔹Bir oy muddatda majburiy raqamli markirovkalash tartiblari shu jumladan, markirovka kodlarini chop etuvchi (tipografiya) hamda tegishli uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-sayti hamda “Soliq” mobil ilovasida joylashtirish;

🔹2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz shaklda sotish talabini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy xujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹2024-yil 1-dekabrga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, ulgurji va chakana savdoni tizimlashtirish hamda markirovkalash qoidalarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Savdo toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Shu bilan birga, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini toʻxtatmoqchi boʻlganda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasini bir oy oldin xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq inspektori 3 ish kunida chakana savdo huquqi uchun yigʻimlarning toʻliq toʻlanganligi hamda alkogol, tamaki va pivo mahsulotlarining ombordagi qoldiqlarini xatlovdan oʻtkazadi.

Bundan tashqari, qaror bilan majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


Joriy yil iyul oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 85,8 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar – Top-3:

📍Toshkent shahri – 88,4 %;
📍Jizzax viloyati – 87,1 %
📍Buxoro viloyati – 86,4 %.


Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyun oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 932 nafar, (shundan 62 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Reyting koʻrsatkichi:
▫️80 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 2 155 nafar.
▫️75 dan 80 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 929 nafarni tashkil etdi.

Ish samaradorligi bo‘yicha 75 dan past ball toʻplagan inspektorlar soni 327 nafar.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 445 ta mahallada 4 343 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.
—————
#махаллабай

Деятельность налоговых органов в махаллях


В июле текущего года в информационной системе "Деятельность налоговых органов в махаллях" показатель эффективности (KPI) налоговых инспекторов составил 85,8 баллов.

ТОП-3 региона, в которых налоговые инспекторы внесли наибольший вклад в общий рейтинг:

📍Город Ташкент – 88,4 %
📍Джизаксая область – 87,1 %

📍Бухарская область – 86,4 %.

Показатели рейтинга закрепленных за махаллями инспекторов за июль:

выше 90 баллов – 932 сотрудников (из них 62 набрали 100 баллов) были рекомендованы к вознаграждению по итогам месяца.

Рейтинговые показатели:
▫️у 2 155 сотрудников составляют от 80 до 90 баллов;
▫️у 929 сотрудников составляют от 75 до 80 баллов.

327 инспекторов набрали менее 75 баллов по эффективности работы.

Для информации. В системе «махаллабай» в 9 445 махаллях страны осуществляют деятельность 4 343 налоговых инспектора.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:

- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar;

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-martdan orfan dori vositalari markirovkalanmoqda.

2024-yil 1-martdan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etildi.

2024-yil 1-avgustdan metall, shu jumladan alyuminiy idishlardagi suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalashga start berildi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉 Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar
__________
#цифровая_маркировка

О цифровой маркировке

С 1 января 2021 года
внедрена обязательная маркировка табачных изделий и алкогольной продукции.

С 1 апреля 2021 года маркируется пивоваренная продукция.

С 15 апреля 2022 года стартовала обязательная цифровая маркировка бытовой техники - в частности, пылесосов, стиральных машин, холодильников и морозильников, телевизоров и мониторов.

С 1 августа 2022 года осуществляется маркировка второй группы товаров - бытовых газовых плит, кухонных вытяжек, духовок и плит, микроволновых печей, утюгов, водонагревателей.

С 1 сентября 2022 года внедрена обязательная цифровая маркировка лекарств во вторичной (внешней) упаковке.
👉Предусмотрена ли маркировка ветеринарных препаратов?

С 1 ноября 2022 года стартовал III этап обязательной цифровой маркировки бытовой техники - отопительных котлов, кондиционеров, соковыжималок, блендеров, миксеров, кофемашин, мясорубок, ламп всех видов,

а также II этап обязательной цифровой маркировки лекарственных средств - в первичной (внутренней) упаковке и ангро-продукции.

С 1 марта 2023 года маркируются орфанные препараты.

C 1 марта 2024 года внедрена обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков.

С 1 августа 2024 года стартовала цифровая маркировка воды и прохладительных напитков в металлической, в том числе алюминиевой, таре.

❗️Субъекты предпринимательства, которые реализуют продукцию с цифровой маркировкой в розницу, должны использовать специальные устройства для правильного считывания и идентификации штрих-кодов и кодов цифровой маркировки. Сюда относятся 2D-сканеры, терминалы сбора данных либо специальные устройства иного типа.
👉За приобретение устройств для считывания цифровой маркировки предоставляются льготы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Bugungi kunda O‘zbekistonda:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 340 ming so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘mni tashkil etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-avgust:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va ShJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 августа 2024 года - последний день:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Zarbdor va Yangiobod tumanlarida “Soliq – korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi

Kuni kecha Zarbdor va Yangiobod tuman soliq inspeksiyasilarida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi davra suhbatining asosiy mavzusiga aylandi.

Tadbirda har bir davlat soliq xizmatchisi xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmasligi, jinoiy qilmishlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifani halol va vijdonan bajarishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilgan taqdirda unga jazo muqarrarligi ham alohida qayd etildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 374 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 373 178 ta;
xizmatlar uchun – 853 ta.

2024-yil yanvar-iyul oylarida respublika boʻyicha:
▫️228,5 mingta korxona 25,4 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 69 819 ta MXIKdan foydalangan;
▫️183,6 mingta korxona tomonidan berilgan 604,1 mln xarid chekida 140,3 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация #ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 374 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 373 178;
для услуг – 853.

В январе-июле 2024 года по республике:
▫️228,5 тыс. организаций оформили более 25,4 млн ЭСФ с использованием 69 819 ИКПУ;
▫️183,6 тыс.
организаций выдали около 604,1 млн чеков онлайн-ККТ с использованием более 140,3 тыс. ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzax Davlat pedagogika universitetida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan yarmarka doirasida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi soliq organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar, ish sharoitlari bilan tanishtirib o‘tdilar.

Yarmarkada sektor rahbarlari, tuman korxona va tashkilotlar vakillari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari bilan tanishdilar.

Yarmarkada ishsiz va ish bilan band bo‘lmagan 300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 19 nafari ishga joylashtirildi, bir qator nomzodlarga kasbga qayta o‘qish uchun yo‘llanma berildi.

Ish so‘rab murojaat qilib kelgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM