Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.47K subscribers
11.5K photos
1.5K videos
76 files
5.92K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.
#Barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi


Kuni kecha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov Mirzacho‘l tumanida tadbirkorlar bilan uchrashdi va ularning muammo va takliflarini tingladi.

Uchrashuvlarda tuman hokimlari, tuman soliq inspeksiya rahbari, tijorat banklari mas’ullari, hokim o‘rinbosarlari hamda tumanda turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda tashabbuskor yosh tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida belgilab berilgan vazifalar hamda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda barqarorlik reytingi tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanishi, ya’ni, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqarishiga imkon yaratilishi ta’kidlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#hunarmandchilik

Kimlar hunarmad hisoblanadi?


Hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida an’anaviy texnologiyalar asosida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs. Bunda buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi.

15 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar hunarmandning shogirdi bo‘lishi mumkin.

Qanday hunarmandlar davlat ro‘yxatidan o‘tadi?

Hunarmandchilik faoliyati subyektlari new.birdarcha.uz sayti yoki davlat xizmatlari markazi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tadi.

Ularga YTTlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.

Ular uchun davlat boji miqdori YTTlarga belgilangan davlat boji miqdorining 50 %ini, ya'ni BHMning 0,5 barobarini tashkil etadi.

Hunarmandlar qanday faoliyat yuritadi?

Hunarmandlar 43 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Roʻyxat bilan bu yerda tanishish mumkin
👉https://lex.uz/docs/-6490321#-6491425

Hunarmand ko‘pi bilan 5 nafar shogird jalb etish huquqiga ega va YTT kabi 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Yollanma xodimlarni soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim.

Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar uchun shogirdlar soni cheklanmagan.

Qanday hunarmandlar Milliy katalogga kiritiladi?

Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar kiritiladi:
▫️nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
▫️tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
▫️“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;

Qanday hunarmandlar Reyestrga kiritiladi?

Hunarmandlar reyestriga “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
▫️turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
▫️o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
▫️Milliy katalogga kiritilganlar;
▫️“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.

Hunarmandlarga soliq solish

“Hunarmand” uyushmasi a’zolari hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganda qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Agar hunarmand Uyushma a’zosi bo‘lmasa, qat'iy belgilangan miqdorda JShODS to‘laydi.

01.06.2023-yildan 01.01.2025-yilga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 %ga kamaytiriladi, ya'ni ular soliqni 40% stavka o‘rniga 20% stavkada to‘laydi. AOSni ham qatʼiy belgilangan summada to‘lash mumkin.

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlar mehnat stajini hisoblash uchun o‘zlari va xodimlari uchun yiliga kamida 1 BHM (340 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi lozim.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliq to‘lashdan ozod etiladi.

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlarga professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqi beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Oʻzbekiston Savdo -sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushirildi.

👍 Unga murojaatlarni taklif2024.uz orqali yoʻllash mumkin.

👍 Ushbu platformadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0 versiyasini yuklab oling!

Ilovadagi asosiy yangiliklar:

🔹"Soliq biznes"– tadbirkorlar shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli;
🔹Barqarorlik reytingi;
🔹ID karta, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shaxsiy ma'lumotlar.

📹 Yangiliklar bilan batafsil videorolikda tanishing.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2-avgust soat 22:00 dan 4-avgust 13:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining elektron xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

____________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных 2 августа с 22:00 часов до 4 августа 13:00 часов будут проводиться профилактические работы.

В период профилактики будут наблюдаться временные сбои в электронных услугах налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 августа 2024 года - последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
📌Soliq va boshqa hisoblarni vaqtida va sifatli topshiring!

Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi har bir qaror, shu jumladan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim qilmaslik soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etiladi va u chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi (SK 56-m.)

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram