Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.05K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markirovkalangan mahsulotlar bilan to‘g‘ri ishlash uchun nimalarga e’tibor berish lozim

1. Hisobvaraq-fakturalarni oy yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirish amaliyotidan voz keching. Buni tovarni haqiqatda jo‘natgan zahoti amalga oshiring. Bunda EHFda ko‘rsatilgan markirovka kodlari xaridorga berilayotgan o‘ramdan o‘qilishi kerak.

2. Jo‘natilgan tovarlarning raqamli markirovka kodi berilgan zahoti EHF rasmiylashtirilishi uchun ekspeditor va hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish uchun mas’ul buxgalter o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ying.

3. Tovarni butlovchi yoki jo‘natuvchi xodimni markirovka kodlarini o‘qiydigan ilova o‘rnatilgan smartfon yoki boshqa gadjet bilan ta’minlang. Xodimlarni ushbu mobil ilovadan foydalanishga va hisobvaraq-fakturalarni to‘g‘ri rasmiylashtirishga o‘rgating.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ovchilik xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari beriladi

"Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risi"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-105-son, 23.07.2024

Farmonga ko‘ra:

🗓2024-yil 1-sentabrdan yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
▫️AOSni 1 % stavkada to‘laydi.


Ovlangan o‘ljalardan hamda tabiat in’om etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritiladi.

Ular 2025-yil 1-yanvarga qadar kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha AOS stavkasini 50 foizini to‘laydi.

Izoh! Farmonda nazarda tutilgan AOS bo‘yicha 1 foizlik imtiyozli stavka Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi
2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-avgustdan
...

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi;

🔹metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkash joriy etiladi.
_______
#новое_законадательство

#новое_законадательство

С 1 августа 2024 года...

- до 1 января 2027 года налог на прибыль за оказанные услуги в базах прохождения практики высших образовательных учреждениях, осуществляющих подготовку кадров в сфере туризма, уплачивается по ставке, сниженной на 50 % от установленной налоговой ставки;

- внедряется обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков в металлической, в том числе алюминиевой, таре.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #keshbek

I yarim yillikda qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘ldi?

Joriy yil boshidan (29-iyul holatiga) iste’molchilarga 421,1 mln chek uchun 429,5 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan qariyb 71,5 mlrd so‘mi iyun oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 176,9 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 42,5 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 36,8 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 31,4 mlrd so‘m;
📍Qashqadaryo viloyati - 20,5 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim
______
#цифровизация #кешбэк

За I полугодие в каких регионах потребителям выплатили больше всего кешбэка?

С начала года (по состоянию на 29 июля) потребителям выплачено 429,5 млрд сумов кешбэка за 421,1 млн чеков. Из них почти 71,5 млрд сумов выдано в июне.

Самые крупные суммы кешбэка приходятся на
следующие регионы:

📍г.Ташкент - 176,9 млрд сумов;
📍Ташкентская область - 42,5 млрд сумов;
📍Самаркандская область - 36,8 млрд сумов;
📍Ферганская область - 31,4 млрд сумов;
📍Кашкадарьинская область - 20,5 млрд сумов.

👉 Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Jizzax #stol_tennisi

Stol tennisi boʻyicha “Soliq qoʻmitasi raisi kubogi” uchun tashkil etilgan mahallalararo musobaqasining Sharof Rashidov tuman bosqichi oʻtkazildi.


Taʼkidlash kerakki, Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Havaskor sportchilar oʻrtasidagi bahslarda 70 nafardan ortiq sportchi oʻgʻil-qizlar ishtirok etdilar. Qiziqarli kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Eʼtiborlisi, tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar chekka hududlardagi yoshlarni sportga jalb etish, bu orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Bellashuvlar uchta yosh toifasida, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining amaldagi qonun-qoidalari asosida oʻtkazildi.

Bellashuvlar yakunida gʻoliblar aniqlanib, ularga diplom, medal va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads