Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi

2024-yil 1-iyul holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari 793 ta, ularning jami qarzdorligi 1 242,8 mlrd so'm. Shundan 385,8 mlrd so‘mi, ya'ni 31 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI –771,7 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri – 129,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 74,8 mlrd so‘m.
____________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налоговая задолженность производственных организаций

По состоянию на 1 июля 2024 года у 793 организаций в производственной сфере имеется налоговая задолженность (выше 100 млн сумов) в размере 1 242,8 млрд сумов. Из них 385,8 млрд сумов или 31 % приходится на 10 организаций.

📊Показатели налоговой задолженности организаций в сфере производства в разрезе регионов – TOП-3:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 771,7 млрд сумов;
📍Город Ташкент – 129,4 млрд сумов;
📍Ташкентская область – 74,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 501 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2024-yil 1-iyul holatiga 215 392 ta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1,2 mlndan ortiq soliq obyekti bo‘yicha 501,3 mlrd so‘m (yer solig‘i - 295,1 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 206,2 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️83,4 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️14,9 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️403 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 62,6 mingta tashkilotda ishlovchi 161,4 ming nafar xodimning soliq qarzi - 106,5 mlrd soʻm;

▪️sanoat sohasidagi 25,8 mingta tashkilotda ishlovchi 206 ming nafar xodimning soliq qarzi 94,3 mlrd soʻm;

▪️savdo sohasidagi 54,2 mingta tashkilotda ishlovchi 98,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 66,6 mlrd soʻm;

▪️qurilish sohasidagi 12,1 mingta tashkilotda ishlovchi 64,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 45,2 mlrd soʻm;

▪️tashish va saqlash sohasidagi 6,8 mingta tashkilotda ishlovchi 45,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,9 mlrd soʻm;

▪️yashash va ovqatlanish
boʻyicha xizmatlar sohasidagi 11,9 mingta tashkilotda ishlovchi 23,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,1 mlrd soʻm;

▪️sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,9 mingta tashkilotda ishlovchi 12,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 6 mlrd soʻm;

▪️axborot va aloqa sohasidagi 2,6 mingta tashkilotda ishlovchi 11,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 4,5 mlrd soʻm;

▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 82,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 42,9 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻 Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 5,7 mlrd so‘m;
🔻“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 5,6 mlrd soʻm;
🔻 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 4,8 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
👍1
Tarix sahifalarida Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Margaret Tetcherning (1979-1990) soliqga oid ajoyib fikrlari

Farzandingiz ilk bor muzqaymoqqa yetarli pul ishlab topganida, shunday qiling:

1. U muzqaymoqni paqqos tushirishidan oldin undan muzqaymoqni tortib oling va 20% ini yeb qo‘ying.

2. Farzandingiz sizga hayron bo‘lib qarab turganida yana 30% ini yeb qo‘ying.

Shundan keyin, qolgan muzqaymoqni uning qo‘liga tutqazing va davlat har bir kishining ishlab topgan pullari bilan shunday qilishini, u topgan pullar bilan ham shunday bo‘lishini unga tushuntiring.

Agar har bir ota-ona shunday qilsa, mamlakatda davlat o‘z pullariga ega emasligi, u faqatgina soliq to‘lovchilarning pullariga egalik qilishini tushunadigan avlod voyaga yetishiga umid bor.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham bolalar quvonchiga sherik bo‘lib, dildan quvona olasizmi?

Unda mahallalar obodligi uchun soliqlarni vaqtida to‘lashni unutmang!

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax viloyatining savdo tarmog‘ida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining savdo tarmog‘ida 502,4 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yuqoridir.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏠Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari

Jizzax viloyatida 150 dan ortiq yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ommaviy savdolarga chiqarilgan bo'lib, savdo jarayonlari davom etmoqda.

🔹 Arnasoy tumani 27 ta (batafsil)
🔹 G‘allaorol tumani 2 ta (batafsil)
🔹 Sh.Rashidov tumani 22 ta (batafsil)
🔹 Do‘stlik tumani 66 ta (batafsil)
🔹 Zomin tumani 18 ta (batafsil)
🔹 Zarbdor tumani 7 ta (batafsil)
🔹 Zafarobod tumani 3 ta (batafsil)
🔹 Paxtakor tumani 3 ta (batafsil)


➡️Batafsil ma'lumot olish uchun e-auksion.uz savdo platformasi bo'yicha Jizzax viloyati hududiy vakillariga murojaat qilishingiz mumkin.

📞Auksion vakili: (99)-2072608 (99)-207-3608
(( soat 09:00 dan 18:00 gacha))


Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barqarorlik reytingi: tadbirkorlarni qanday imtiyozlar kutmoqda?

Bugun Mirzacho‘l tumanida soliq inspeksiyasi, tuman hokimligi va "Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston prezidentining shu yil 1 fevralidan kuchga kiradigan qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarida tumandagi 20 nafarga yaqin tadbirkorlar, kichik, o‘rta va yirik biznes vakillari ishtirok etishdi. Ularga biznesning barqarorlik reytingi to‘g‘risidagi yangi qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi,deya xabar berdi.

«Bu yerda 10 ta asosiy mezon mavjud. Agar ularning har biri bo‘yicha10 ball to‘plasangiz, jami 100 ballga ega bo‘lasiz (tahr. eslatma: maksimal ball miqdori). Bundan tashqari, yana to‘rtta mezon bo‘yicha Jamoat Kengashi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa idoralar tomonidan qo‘shimcha ball beriladi. Faqat ulardan foydalanib, taxminan 35 ball olishingiz mumkin. Shu yo‘l bilan boshqa mezonlarda yo‘qotgan ballarning o‘rnini to‘ldirishingiz mumkin», — deb tushuntirdi "Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Nozima Tugalova.


Tuman soliq xodimi shuningdek, agar korxonada "temir" daftarga (mahalla organlari tomonidan ishsizlar, kam ta’minlangan yoki muhtojlar orasidan tuziladigan ro‘yxatlar) kiritilgan xodimlar bo‘lsa, avtomatik ravishda 10 ball qo‘yilishini qo‘shimcha qildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
🔰 Kuni kecha Zomin tumanida o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo'mitasi raisi kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


➡️ Unda ushbu sport turiga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar o‘zaro bellashib, sportdagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Gʻolib va sovrindorlar Zomin tuman 4-sektor rahbari G.Xudaykulov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📌 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan musobaqa jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#imtiyoz #JShODS

Kontrakt to‘lovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Kontrakt toʻlovidan 12 % daromad soligʻini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi “my3.soliq.uz” saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya yuborish kerak.

Deklaratsiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha toʻlov shakllanadi va shundan soʻng ushbu ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida bank plastik kartasi rekvizitlarini koʻrsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.

Ariza 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa ortiqcha toʻlov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.

Ma'lumot uchun: professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksi 378-modda


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 20-iyul dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-iyulga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 20 июля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 22 июля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Soliqlarni guruhlash tartibini bilasizmi?

O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni obekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.

Soliqlar soliqqa tortish obektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.

4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi.

Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi.

Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i, yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️22-iyul - iyun oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️22 июля - последний день представления отчетности по НДС за июнь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads