Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.27K subscribers
11.7K photos
1.52K videos
78 files
6.04K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:jizzax@soliq.uz
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
July 16, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 16, 2024
July 16, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
July 16, 2024
Jizzax viloyati soliq boshqarmasida tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib bormoqda

Jizzax viloyati soliq boshqarmasida tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi bo‘yicha chora- tadbirlar belgilangan.

Har bir soliq idorasi vakili soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat vakolatlari doirasidan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlari o‘tkazmoqda.

Ularning faoliyati davomida soliq xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallariga murojaat qilishlari tushuntirildi, tadbirkorlarga maxsus buklet va broshyuralar tarqatildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
July 16, 2024
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlariga soliqlar qanday solinadi

Jismoniy shaxslarning daromadlariga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olgunga qadar JShDS va ijtimoiy soliq solinadi.

Sizning vaziyatingizda jismoniy shaxs qachon o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana muhim ahamiyatga ega.

Agar bu xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma tuzilgandan keyin sodir bo‘lgan bo‘lsa, korxonangiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzgan bo‘ladi.

Bu holatda fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning daromadlari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga SK 371-m. 2-q. kiradi, ularga korxonangizda JShDS va ijtimoiy soliq solinadi (SK 365-m. SK 403-m..)

Agarda siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, uning daromadlari jami daromadga kiritilmaydi (SK 369-m. 1-q. 9-b.). O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliqlarni mustaqil ravishda to‘laydi (SK 369-m. 2-q. 408-m. 2-q..)

Jismoniy shaxs tomonidan xizmatlar ko‘rsatish bir martalik xususiyatga ega bo‘lishi kerakligi, unda mehnat shartnomasining belgilari bo‘lmasligi kerakligini inobatga oling.

Agar korxonangizning jismoniy shaxs bilan o‘zaro munosabatlari mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilsa, uning daromadlari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb malakalanadi SK 371-m. 2-q.. Bu holda korxonangizda soliq agenti sifatida JShDS bo‘yicha majburiyatlar, shuningdek ijtimoiy soliq bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi (SK 365-m. SK 403-m..)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati Prezidentning 8.06.2020 yildagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
July 16, 2024
July 16, 2024
July 16, 2024