Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.47K subscribers
11.5K photos
1.5K videos
76 files
5.92K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Kuni kecha Zarbdor tumanida sportning stol tennisi bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi Zarbdor tuman soliq inspeksiyasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining tuman hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu musobaqada tumandan tashrif buyurgan 50 nafarga yaqin 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Jahon banki va Soliq qo‘mitasi hamkorligi yanada tizimlashgan holda davom etadi


Joriy yilning 15-iyul kuni Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining Davlat va moliyaviy boshqaruv masalalar departamentining global ishlari boʻyicha menejeri Adrian Fozzard o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi.

“Soliq maʼmuriyatchiligi va soliq siyosatini isloh qilish hamda oʻrta muddatli tahlil boʻyicha texnik yordam koʻrsatish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish hamda kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida hamkorlik ishlarini yanada tizimlashtirilgan holda davom ettirishga kelishib olindi.

Janob Adrian Fozzard tomonidan kelgusida Jahon bankining texnik koʻmagi davom ettirilishini taʼkidladi.

Shuningdek, joriy yilning 15-22-iyul kunlari ushbu missiya doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summani tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответ отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzax viloyati soliq boshqarmasida tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib bormoqda

Jizzax viloyati soliq boshqarmasida tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi bo‘yicha chora- tadbirlar belgilangan.

Har bir soliq idorasi vakili soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat vakolatlari doirasidan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlari o‘tkazmoqda.

Ularning faoliyati davomida soliq xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallariga murojaat qilishlari tushuntirildi, tadbirkorlarga maxsus buklet va broshyuralar tarqatildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlariga soliqlar qanday solinadi

Jismoniy shaxslarning daromadlariga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olgunga qadar JShDS va ijtimoiy soliq solinadi.

Sizning vaziyatingizda jismoniy shaxs qachon o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana muhim ahamiyatga ega.

Agar bu xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma tuzilgandan keyin sodir bo‘lgan bo‘lsa, korxonangiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzgan bo‘ladi.

Bu holatda fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning daromadlari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga SK 371-m. 2-q. kiradi, ularga korxonangizda JShDS va ijtimoiy soliq solinadi (SK 365-m. SK 403-m..)

Agarda siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, uning daromadlari jami daromadga kiritilmaydi (SK 369-m. 1-q. 9-b.). O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliqlarni mustaqil ravishda to‘laydi (SK 369-m. 2-q. 408-m. 2-q..)

Jismoniy shaxs tomonidan xizmatlar ko‘rsatish bir martalik xususiyatga ega bo‘lishi kerakligi, unda mehnat shartnomasining belgilari bo‘lmasligi kerakligini inobatga oling.

Agar korxonangizning jismoniy shaxs bilan o‘zaro munosabatlari mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilsa, uning daromadlari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb malakalanadi SK 371-m. 2-q.. Bu holda korxonangizda soliq agenti sifatida JShDS bo‘yicha majburiyatlar, shuningdek ijtimoiy soliq bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi (SK 365-m. SK 403-m..)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati Prezidentning 8.06.2020 yildagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#chektahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Сheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin

Soliq to‘lovchilar 01.01.2023-yildan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz da "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidagi "Chek maʼlumotlari" boʻlimida muddatsiz tahrirlashi mumkin:

▫️Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%)
▫️Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK)
▫️Komitent STIRini;
▫️mahsulot miqdorini;
▫️o‘lchov birligini;
▫️to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).


“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.

Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
_______
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Помимо суммы в чеках можно без временных ограничений исправлять другие ошибки


Налогоплательщики, воспользовавшись на my3.soliq.uz функционалом "Информация о чеках" в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц", помимо суммы могут без временных ограничений корректировать в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ, выданных с 01.01.2023 года, следующие данные:

▫️ сумму и ставку (0 /12%) налога на добавленную стоимость (НДС);
▫️ идентификационный код продукции и услуг
(ИКПУ);
▫️ ИНН комитента;
▫️ количество продукции;
▫️ единицу измерения;
▫️ способ оплаты (наличными или банковской картой).


В завершение нажмите "Сохранить".

Предпринимателю следует прикрепить обращение (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.

В случае корректировки чеков необходимо пересдать налоговые отчетности. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads