Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-iyul

iyun oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

III chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi3 40-modda 11-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 июля 2024 года - последний день

за июнь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

за III квартал:
- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzaxda soliq qarzi mavjud korxonalar hisobidan 171,2 milliard so‘m mablag‘ undirildi

Joriy yilning 1 iyul holatiga Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning byudjet oldidagi jami qarzdorligi 187,3 milliar so‘mni tashkil etib, yil boshiga (251,7 milliard so‘m) nisbatan 64,4 milliard so‘mga kamaygan.

Ushbu mavjud soliq qarzdorliklarini bevosita sohalar kesimida tahlil qilsak. Bu borada “birinchilik” fermer xo‘jaliklarida. Ularning bugungi kundagi qarzdorliklari 108,6 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, vazirlik tarkibidagi korxonalarda 113,4 milliard so‘m, savdo (chakana va ulgurji) tizimidagi korxonalarda 24,0 milliard so‘m, qurilish tizimidagi korxonalarda 22,3 milliard so‘m, transport tizimidagi korxonalarda 0,8 milliard so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalarda 2,3 milliard so‘m, boshqa korxonalarda 24,5 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Ta’kidlash lozimki, soliq qarzini undirish va qisqartirish borasida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzi mavjud korxonalar hisobidan 171,2 milliard so‘m mablag‘ undirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Banklardagi axborot tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar sababli, Soliq qo‘mitasining to‘lovlar bilan bog‘liq elektron xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilishi bilan elektron soliq xizmatlaridan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

В связи с возникшими неполадками в информационных системах банков, наблюдаются временные перебои в электронных сервисах Налогового комитета, связанных с платежами.

В случае устранения неполадок на внешних ресурсах работа налоговых информационных услуг будет восстановлена в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilganligi sababli elektron soliq xizmatlari odatdagi tartibda ishlamoqda.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

В результате устранения неполадок на внешних ресурсах электронные налоговые услуги работают в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

Mazkur yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarni ai.soliq.uz saytidagi virtual yordamchi xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

▫️2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o‘tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratildi.

▫️Soliq maʼmurchiligiga xizmat qiladigan yana bir sunʼiy intellekt — bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan maʼlumotlarni tahlil uchun yuboradi. Mazkur texnologiya Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karyerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olishda qo‘llanilmoqda.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
Kuni kecha Zarbdor tumanida sportning stol tennisi bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi Zarbdor tuman soliq inspeksiyasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining tuman hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu musobaqada tumandan tashrif buyurgan 50 nafarga yaqin 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Hurmatli foydalanuvchilar !

Bugundan virtual soliq maslahatchi – Davr-On faoliyat boshladi va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar keng tarqaldi. E’londan so‘ng unga uch mingga yaqin murojaat bo‘ldi. Bu qiziqish bizni quvontirdi va virtual yordamchiga savollaringiz uni Sizga bergan javoblari bilan tanishib borayapmiz.

Davr-Onning javoblari Sizga ma’qul kelgani bilan birga ayrim noaniq yoki yanglish javoblariga ham duch kelayotganizni guvohi bo‘ldim. Virtual soliq yordamchingiz endi ish boshlaganini inobatga olishingizni va u hozircha o‘qitish jarayonida ekanligini e’tiborga olishingizni so‘rayman. Uning javoblari har doim ham aniq va to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Unga yuborilgan turli so‘rovlar uni ko‘proq ma’lumot izlashga, o‘qishga va o‘rganishga undaydi. So‘rovlaringizga to‘g‘ri javob ololmagan holatlarga duch kelsangiz men bilan bo‘lishing va bu orqali kelgusida to‘g‘ri javoblar berilishini ta’minlagan bo‘lamiz.

Davr-On siz uchun ishonchli yordamchi bo‘lishga intiladi va ishonchimiz komilki, har kuni uning bilim va ko‘nikmalari yaxshilanib boraveradi.

Bu jarayonda bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

Hurmat bilan Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Dildora Xashimova