Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.39K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.96K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#hayat

Hayʼat majlisi: I yarim yillik yakuni va III chorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi.
Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi.

Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi.

Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda.

“DSB maʼmurchiligi” (korxonabay)
2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi.

Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi.

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay)

Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi.

Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.

Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq mobil ilovasi qanday imkoniyatlarga ega

Bir vaqtlar soliqlarni to‘lash uchun soliq to‘lovchilar banklarda navbatda turishar, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar uchun esa penya yozilib ular ortiqcha xarajatlarga tushar edilar.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq qo‘mitasi tomonidan zamonaviy mobil ilova ishga tushirilib, qator imkoniyatlar yaratilmoqda.

Boshlanishida xarid chekidan keshbek yig‘ish uchun foydalanilgan ilovaning imkoniyatlari doimiy ravishda kengayib bormoqda.

Foydalanuvchilar ushbu ilova yordamida yashab turgan xonadonlari uchun shakllanayotgan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash, soliq qarzi mavjud yoki yo‘qligini aniqlash, elektron imzo kaliti, fiskal modulga to‘lov, jarimalar to‘lash kabi funksiyalar ham mavjud.

Hozirda ilovada to‘lov xizmatlari, umumiy xizmatlar, personal xizmatlar va xodimlar uchun bo‘limlari mavjud.

Soliq keshbekdan iyun oyida 81 mlndan ko‘proq foydalanildi

Joriy yilning 1-iyul holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 7 mln dan oshdi.
Iyun oyida mobil ilova xizmatlaridan 82,4 mln martadan ko‘p foydalanilgan.
Yangi xizmatlar:
1. 1. Elektron kalitga to‘lov
2. 2. Fiskal modulga to‘lov
3. 3. YaTT soliqlarini to‘lash.
Eng ommabop xizmatlar:
1. Xaridlar uchun keshbek
2. Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
3. O‘zini o‘zi band qilish
4. Soliqlarni to‘lash
5. Soliq hamkor

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi servis kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

“Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. PQ-234 25.06.2024

Mazkur qaror bilan eksperiment tariqasida mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” (Servis kompaniyasi) faoliyatini tashkil etish belgilandi.

Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, mahalla aholisiga boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlaridan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qo‘llaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Xususiy ta'lim sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida xususiy ta'lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar shakllantirilmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Sog’liqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
________
#встреча

Встреча с предпринимателями сферы частного образования

В эти минуты в Ташкенте проходит встреча с представителями сферы частного образования.

В мероприятии, посвященному предстоящему Открытому диалогу предпринимателей с Президентом, будут рассмотрены существующие проблемы сферы и обсуждены предложения по их решению.

В мероприятии участвуют руководство и ответственные сотрудники Налогового комитета, Торгово-промышленной палаты, представитель Бизнес-омбудсмана, Министерства дошкольного и школьного образования, а также министерств высшего образования, науки и инноваций, здравоохранения и других соответствующих ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Xususiy ta'lim sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari J.Abdiyev PQ-3276-son Prezident qarori bilan berilgan imtiyozlar amal qilish muddatining tugashi soha vakillariga ta’sir qilmasligini tushuntirib berdi.

PQ-3276-son Prezident qarori bilan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar 01.01.2025-yilgacha barcha soliqlardan ozod qilingan.

Mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi soha vakillariga ta’sir qilmaydi. Ta’lim sohasi uchun soliq imtiyozlarini Soliq kodeksiga muvofiq qo‘llash mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


Joriy yil iyun oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar – Top-3:

Buxoro viloyati – 91,9%;

Xorazm viloyati – 91,5%;

Navoiy viloyati – 90,6%.


Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyun oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 balldan yuqori ball jamg‘argan 1 617 nafar, (shundan 270 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Reyting koʻrsatkichi 70 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 2 687 nafarni tashkil etdi.

Ish samaradorligi bo‘yicha 70 baldan past ball toʻplagan inspektorlar soni 64 nafar. Ushbu xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, sabablari o‘rganilyapti.

Maʻlumot uchiun, “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 445 ta mahallada 4 368 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.
—————
#махаллабай

Деятельность налоговых органов в махаллях


В июне текущего года в информационной системе "Деятельность налоговых органов в махаллях" показатель эффективности (KPI) налоговых инспекторов составил 88,7 баллов.

ТОП-3 региона, в которых налоговые инспекторы внесли наибольший вклад в общий рейтинг:

Бухарская область – 91,9%;

Хорезмская область – 91,5%;

Навоийская область – 90,6%.


Показатели рейтинга закрепленных за махаллями инспекторов за июнь:

выше 90 баллов – 1 617 сотрудников (из них 270 набрали 100 баллов) были рекомендованы к вознаграждению по итогам месяца.

У 2 687 сотрудников рейтинговые показатели составляют от 70 до 90 баллов.

64 инспектора набрали менее 70 баллов по эффективности работы. С ними проводится разъяснительная работа и выясняются причины.

Для информации. В системе «махаллабай» в 9 445 махаллях страны осуществляют деятельность 4 368 налоговых инспекторов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning II choragi davomida soliq tushumlari 45 trln so’mdan ortdi

Respublika bo‘yicha 2024-yil II choragida soliq organlari tomonidan budjetga 45,5 trln so‘mga yaqin tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 %ga ko‘p.

Soliq turlari kesimida tushum (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
🔸foyda solig‘i - 9,5 trln so‘m (📈 10,6%);
🔸QQS - 9,4 trln so‘m - (📈 26,5%);
🔸JShODS - 9,2 trln so‘m - (📈 18,7%);
🔸aksiz solig‘i - 4,6 trln so‘m - (📈 36,6%);
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 4,1 trln so‘m (📈 16,2%);
🔸yer solig‘i - 2,2 trln so‘m (📈 32,1%);
🔸mol-mulk solig‘i - 1,8 trln so‘m (📈 45%);
🔸AOS - 756,1 mlrd so‘m (📈 1,7%);
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 186,1 mlrd so‘m (📈 0,4%).
_____
#цифровизация #налоговые_поступления

За II квартал этого года налоговые поступления достигли почти 45 трлн сумов

В II квартале 2024 года налоговыми органами по республике обеспечено около 45,5 трлн сумов поступлений. Это на 18,4 больше, чем за аналогичный период прошлого года.

В разрезе видов налогов (в сравнении с таким же периодом прошлого года):
🔸9,5 трлн сумов по налогу на прибыль (📈10,6%);
🔸9,4 трлн сумов поступлений по НДС (📈26,5%);
🔸
9,2 трлн сумов по НДФЛ (📈18,7%);
🔸
4,6 трлн сумов по акцизному налогу - (📈36,6%);
🔸4,1 трлн сумов по налогу за пользование недрами (📈16,2%);
🔸2,2 трлн сумов по земельному налогу (📈32,1%);
🔸1,8 трлн сумов по налогу на имущество (45%);
🔸
756,1 млрд сумов по налогу с оборота (📈1,7%);
🔸186,1 млрд сумов по налогу за пользование водными ресурсами (📈04%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 372,9 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 372 082 ta;
xizmatlar uchun – 851 ta.

2024-yil yanvar-iyum oylarida respublika boʻyicha:
▫️200,2 mingta korxona 20,9 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 66 751 ta MXIKdan foydalangan;
▫️179,2 mingta korxona tomonidan berilgan 506,1 mln xarid chekida 136,8 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация #ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 372,9 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 372 082;
для услуг – 851.

В январе-июне 2024 года по республике:
▫️200,2 тыс. организаций оформили более 20,9 млн ЭСФ с использованием 66 751 ИКПУ;
▫️179,2 тыс.
организаций выдали около 506,1 млн чеков онлайн-ККТ с использованием более 136,8 тыс. ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM