Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
"Fayzobod"da sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Baxmal tumanining "Fayzobod" MFYda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari H.Soatov boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hududida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarning rahbarlari va mahalliy aholi ishtirok etdi.

Qabul jarayonida muammolar atroflicha o‘rganilib, tumanda istiqomat qilayotgan 30 nafardan ortiq fuqaroning turli mavzulardagi murojaatlari muhokama qilinib, ularning muammolariga birgalikda yechim izlandi.

Aytish o‘rinliki, sayyor qabulda ko‘rib chiqilgan murojaatlarning asosiy qismi uy, yo‘lni ta’mirlash, elektr va gaz ta’minoti yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari, kredit olish, ishga kirish bilan bog‘liq murojaatlar ham bor.

Yakunda ayrim murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi. Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qanday soliqlarni to'laydi?

Daromadlari 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshsa, 4% stavkada (hisobot topshiradi) yoki qat’iy belgilangan miqdorda (hisobot taqdim etmaydi) AOS to‘lashga o‘tadi.

Daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar QQS va foyda solig‘ini to‘laydi.

👉 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari
_____
#самозанятость

Какие налоги уплачивают самозанятые?

Самозанятые лица с доходами до 100 млн сумов не уплачивают налоги.

Если доход превышает 100 млн сумов, они переходят на уплату налога с оборота по ставке 4% (сдают налоговую отчетность) или в фиксированной сумме (не сдают налоговую отчетность).

Самозанятые с доходам более 1 млрд сумов, уплачивают НДС и налог на прибыль.

👉Какими видами деятельности могут заниматься самозанятые?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
Soliqlarni guruhlash tartibini bilasizmi?

O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni obekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.


Soliqlar soliqqa tortish obektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.

4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.


Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi.

Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi.

Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i, yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 15-18-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 19-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 15-18 июня - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 19 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar respublikaning istalgan hududida faoliyat olib borishi mumkinmi?

Soliq mobil ilovasi orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishda faoliyat manzili koʻrsatiladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs aynan shu hududda faoliyatini amalga oshirishi lozim.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati
—————
#самозанятость

Могут ли самозанятые осуществлять свою деятельность в любом регионе республики?

При регистрации в качества самозанятого лица в мобильном приложении Soliq указывается место осуществления деятельности. Именно в пределах этого региона самозанятый может осуществлять свою деятельность.

👉Перечень видов деятельности, которыми могут заниматься самозанятые

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi va Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 13-iyun kuni Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) rektori Komiljon Karimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ilg‘or bilim va malakaga ega mutaxassislarni tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Soliq xizmati xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun TXVUning salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Konstruktiv muloqot natijasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Soliq qo‘mitasi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ikkala tomon ham uzoq muddatli va samarali hamkorlikdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002-yil 16-yanvarda tashkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya malakalari bo‘yicha g‘arbiy uslubda taʼlim beradigan birinchi xalqaro universitet hisoblanadi.
______
#сотрудничество

Подписан меморандум о сотрудничестве между Налоговым комитетом и Международным Вестминстерским университетом


13 июня текущего года состоялась встреча первого заместителя председателя Налогового комитета Мубина Мирзаева с ректором Международного Вестминстерского университета в Ташкенте Комилжоном Каримовым.

На встрече обсуждались вопросы налаживания двустороннего сотрудничества в подготовке специалистов с передовыми знаниями и навыками.

Рассматривались возможности использования академического потенциала Международного Вестминстерского университета для повышения квалификации и переподготовки сотрудников налоговой службы.

В результате конструктивного диалога были достигнуты договоренности по ключевым направлениям сотрудничества.

По итогам встречи был подписан Меморандум о сотрудничестве между Налоговым комитетом и Международным Вестминстерским университетом в Ташкенте.

Обе стороны подчеркнули свою заинтересованность в долгосрочном и продуктивном партнерстве.

Для справки: Международный Вестминстерский университет в городе Ташкенте (МВУТ) был основан 16 января 2002 года в сотрудничестве с Вестминстерским университетом в Лондоне. МВУТ является первым международным университетом в Центральной Азии, предлагающим образование в западном стиле с британской квалификацией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

19-iyun - may oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

19 июня - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за май

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Interaktiv kalendari soliq hisobotlarini topshirishga yordam beradimi

my3.soliq.uzdagi yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetlarida yangi servis – interaktiv kalendar paydo bo‘ldi.

Bu interaktiv kalendar har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan, ya’ni – personallashtirilgan. U tadbirkorni u to‘laydigan soliqlar bo‘yicha xabardor qilishi rejalashtirilmoqda.

Servis quyidagi axborotni batafsillashtiradi:

• o‘z vaqtida topshirilgan hisobotlar haqida;

• topshirish lozim bo‘lgan hisobotlar haqida;

• taqdim etilmagan hisobotlar haqida.


Shuningdek, kalendarda har bir soliq bo‘yicha kim va qanday muddatlarda soliq bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerakligi haqida qisqacha axborot mavjud.

Ehtimol, agar soz ishlasa, yangi kalendarning ushbu xususiyati uni haqiqatan foydali vositaga aylantiradi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda tuziladigan barcha buxgalterlar kalendarlari barcha soliqlar bo‘yicha hisobotlarni topshirishning (va to‘lashning) so‘nggi muddatlarining umumiy to‘plamidan iborat bo‘lgan.

Funksionalni sozlash yakunlanganidan keyin Soliq qo‘mitasi vebinarni rejalashtirgan, unda soliq to‘lovchilarga yangi servis qanday ishlashi batafsil tushuntirilib, ko‘rsatib beriladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram