Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.04K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Tadbirkorlar NKTning qaysi modellaridan foydalanishi lozim

– Naqd tushumga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishlari kerak. O‘zbekistonda faqat belgilangan tartibda Davlat reestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalarni qo‘llashga ruxsat etiladi .

Quyidagilar:
• Davlat reestriga kiritilmagan,

• kassa cheklarida Mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan,

• shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish qurilmalari va skanerlarni ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tadbirkorlar Davlat reestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalar orasidan qiymati, ishlashi, foydalanishdagi qulayligi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning modelini erkin tanlashga haqli.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning may oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
____________
#самозанятость

Как облагаются налогом доходы самозанятых свыше 100 млн сумов?

С этого года в Налоговый кодекс внесены изменения.

Теперь доходы самозанятых свыше 100 млн сумов облагаются налогом в порядке, установленном для индивидуальных предпринимателей.
❗️При этом социальный налог по-прежнему уплачивается самозанятыми добровольно.

Доходы самозанятых будут формироваться в базе данных Налогового комитета на основании информации из внешних источников.

При доходе от 100 млн сумов до 1 млрд сумов самозанятые будут уплачивать налог с оборота.
👉Ставки налога с оборота

К примеру, если в мае этого года доходы самозанятого составили 104 млн сумов, то доходы в размере 100 млн сумов не будут облагаться налогом, а с 4 млн сумов (превысившая установленный размер часть доходов) будет уплачен налог с оборота в размере 4% (160 тыс. сумов).

Самозанятые, которые осуществляют деятельность в районах, отнесенных к 5 категории, и у которых доход превысил 100 млн сумов, будут уплачивать налог с оборота по ставке 1%.

Для налогоплательщиков, осуществляющих электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%. Исходя из этого, если самозанятые продают свои товары на электронной торговой площадке и их доход превысит 100 млн сумов, то они будут уплачивать налог с оборота по ставке 2%.

Если доходы самозанятых превысят 1 млрд сумов, они переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉suv va salqin ichimliklar.

Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

2024-yil 1-sentabrdan:

▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;

▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zarbdor tuman soliq inspeksiyasida tadbirkorlarning barqarorlik reytingini oshirish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalariga oid yig‘ilish o‘tkazildi

Zarbdor tuman prokurori R.Masharipov, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Q.Nurmatov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari E.Erkaboev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda soliq xodimlari va tadbirkorlar taklif etildi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun mohiyati, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’ektlarining reyting ko‘rsatgichlarini yaxshilash bo‘yicha soliqga oid zarur ko‘rsatmalar berildi.

Unda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini keskin qisqartirish orqali mamlakatda sog‘lom raqobat va xususiy biznesni rivojlantirish zarurligi aytildi.

Xufiyona ishlab chiqarish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga barham berish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash darkorligi va qonunga itoatkor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi, rag‘batlantirilishi ta’kidlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram