Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.58K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Jizzax viloyatida 7000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlariga barqarorlik reyting ko‘rsatkichlari mezonlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ularning shaxsiy kabineti orqali yetkazilishi ta’minlandi


Ma’lumki, 2024 yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etildi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etilmoqda:

🔺 «AAA» toifadagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi, (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno) shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlarga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;

🔺 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.

«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga:

🔺 soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi;

🔺 tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

Barqarorlik reyting bo‘yicha tadbirkorlar faoliyat davri, rentabellik darajasi, to‘lov intizomi, aholi bandligidagi o‘rni va ish haqi kabi 23 ta mezon asosida 4 ta toifaga ajratilishi aytilgandi.

Bu soliq, adliya va sud organlari ma’lumotlari asosida shakllanadi. Har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini real vaqtda bilib borishi mumkin bo‘ladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2024-yil 1-may holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 168,4 mlrd so‘mlik 88 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 154,5 mlrd so‘mlik 62 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 13,9 mlrd so‘mlik 26 ta;

Natijada:
▫️ 5,6 mlrd so‘mlik 10 ta murojaatda (shundan, 9 tasi 5,1 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
▫️ 140,7 mlrd so‘mlik 72 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️22,1 mlrd so‘mlik 6 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

👉 Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 мая 2024 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 88 жалоб на общую сумму 168,4 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 62 жалобы на сумму 154,5 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 26 жалоб на сумму 13,9 млрд сумов;

В результате:
▫️удовлетворены в пользу налогоплательщиков 10 жалоб на сумму 5,6 млрд сумов (в том числе, 9 жалоб на общую сумму 5,1 млрд сумов частично);
▫️по 72 жалобам на сумму 140,7 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 6 жалоб на сумму 22,1 млрд сумов.

👉 Решения по результатам выездных налоговых проверок и налоговых аудитов можно обжаловать напрямую в суд

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
“Yoshlar innovatsion markazi”da huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining sayyor qabuli bo‘ldi

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mutasaddilarining Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari qatorida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Bekzod Toshpo‘latovga soliq tizimiga oid bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi.

O‘z navbatida aholini qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shu o‘rinda aytish joiz, sayyor qabulda ko‘tarilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni O‘zbekiston Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan nazorat qilinadi. Ana shunday sayyor qabul tez orada Zarbdor, Zomin, Yangiobod tumanlari aholisi uchun Zarbdor tumanida o‘tkaziladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida 2024 yil 21 may holatiga ko‘ra 46 ming 670 nafardan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘tgan 2020 yildan boshlab bu ko‘rsatgich 142 ming 663 nafarni tashkil etmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 million so‘mdan oshsa qanday soliqlarni to‘laydi

Ma’lumki, 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinishi belgilandi.

Soliq kodeksining 461-moddasining birinchi qismi 2-bandiga asosan soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanishi belgilangan.

Shunga asosan soliq davrida mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran ushbu kodeksning 467-moddasiga asosan 4 foizlik stavkada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash lozim bo‘ladi.

Xuddi shunday, agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar elektron tijorat ishtirokchisi hisoblanib, ya’ni elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirsa, u holda aylanmadan olinadigan soliq 2 foizlik stavkada to‘lanadi.

Shu kabi, O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonining 1-ilovasida tasdiqlangan beshinchi toifaga kiritilgan hududlardagi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 2026 yil 1 yanvarga qadar 1 foiz miqdorida qo‘llanadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (340 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (306 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

2023-yil uchun deklaratsiya asosida daromad solig‘ini toʻlashning oxirgi muddati 3-iyun*.

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 340 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari170 000 so‘m;
▫️faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 340 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.

Ma'lumot uchun. O‘zbekistonda 1-may holatiga, 274 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Bilasizmi?

O‘zbekistonda aylanmadan olinadigan soliq (AOS) soliq turi emas, balki soliq rejimidir

Bu shuni anglatadiki, bu soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga nisbatan qo‘llanadigan maxsus qoidalar to‘plamidir.

O‘zbekistonda AOS yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va QQS o‘rnini bosuvchi soddalashtirilgan soliq rejimi hisoblanadi.

AOS muhim ahamiyatga ega, chunki u kichik biznes uchun soliq qonunchiligiga rioya qilishni osonlashtiradi va arzonlashtiradi. Bu davlatga ma’muriy boshqaruv yukini kamaytirishga ham yordam beradi.

Soddalashtirilgan soliq rejimini taklif qilish orqali davlat kichik biznesni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirishi mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram