Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.36K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
77 files
5.98K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Aksiz solig‘i solinadigan ob’ekti bo‘lib nima hisoblanadi

Soliq to‘lovchi aksiz to‘lanadigan tovarlar bilan amalga oshiradigan operatsiyalari, ayrimlari bundan mustasno, soliq solish ob’ektining yuzaga kelishiga olib keladi.

Bunday operatsiyalarga quyidagilar kiradi :

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ayirboshlash uchun berish:

– tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;

– garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) mehnatga haq to‘lash hisobidan berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni dividendlar to‘lash hisobiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav kapitaliga hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning tugatilishida aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan...

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi #soliq_imtiyozi

Urush qatnashchilari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilingan

Urush nogironlari va qatnashchilari
, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda
👉 Soliq kodeksi 421-modda
________
#налог_на_имущество #земельный_налог #льготы

Участники войны освобождены от уплаты налогов на имущество и землю

Инвалиды и участники войны,
а также приравненные к ним лица, круг которых устанавливается законодательством, освобождаются от уплаты налогов на имущество и землю.

Налоговые льготы распространяются только на один объект недвижимого имущества или земельный участок по выбору собственника.

👉ст.436 НК
👉ст.421 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Xotira – muqaddas, inson qadri – aziz

O‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini yod etish xalqimiz uchun asrlar davomida ezgu an’ana, ezgu odatga aylanib qolgan.

Inson har doim o‘tmish ajdodlarini, muhtaram ustozlarini, aziz avliyolarni xotirlar ekan, xalq va jamiyat oldidagi burch va vazifalarini yana bir bor mas’uliyat bilan his etadi, o‘zidan yaxshi nom qoldirish va ezgu ishlarni qilishga shoshiladi, o‘zgalarni ham shunga chorlaydi.

Xushbaqov Umirqul Saydaxmatovich Baxmal tuman soliq inspeksiyasida 25 yildan ortiq mehnat qilib, bu yorug‘ olamni 50 yoshida tark etgan bo‘lsalar ham o‘zlaridan juda ko‘p yaxshi xotiralar va yaxshi amallar qoldirdi.

U saxovatli qalb egasi, kamtarin inson, odamlarga g‘amxo‘r va e’tiborli, o‘zining beg‘araz xizmatlari bilan aloxida ajaralib turgan mexridaryo, ko‘plab shogirtdarni tarbiyalagan marxum ustoz edi.

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, mehnatini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati uning xotirasini yana bir bor yod etdilar.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
4-sektor: Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi

Kuni kecha Jizzax viloyati 4-sektor rahbarining Sharof Rashidov tumanidagi "Samarqandquduq" MFYda navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tgan edi.

Sayyor qabulda fuqarolarni kundalik hayotida qiynab kelayotgan aksariyat muammolar ijobiy yechimini topmoqda.

Bugun Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan sayyor qabuldagi yana bir murojaat o‘z yechimini topdi.

"Samarqandquduq” mahallasidagi chiqindixonadan chiqindilar olib chiqildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasining yangi 1.4.7 versiyasi taqdim etildi

Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.

Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019

❗️Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
➡️ Android / iOS

Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
__________
#мобильное_приложение

Появилась новая версия 1.4.7 мобильного приложения Soliq

В обновленной версии доступна услуга оплаты за фискальный модуль.

Для информации. За обеспечение фискальным модулем и оказание услуг оператором фискальных данных с субъектов предпринимательства 1 раз в год взимается плата - 1 БРВ (340 000 сумов).
👉п.55 ПКМ от 23.11.2019 №943

❗️Скачивать и обновлять мобильное приложение Soliq нужно только с официальных платформ.
➡️ Android / iOS

Мобильным приложением Soliq активно пользуются уже около 6,5 млн человек.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Tashpulatov Zarbdor tumanining "Tinchlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

“Tinchlik”, “A.Navoiy”, “Eski Bo‘ston” mahallalari aholisi ishtirok etgan qabul davomida fuqarolarning moddiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Ba’zi masalalarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM