Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.57K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Soliq qo‘mitasi vakillari va respublika tijorat banklari mas’ullari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Bugun Sharof Rashidov tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi , “mahallabay” tizim asosida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan dasturlari doirasida kredit olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Soliq qo‘mitasi mas’ullari va Biznesni rivojlantirish banki rahbariyati so‘zga chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, bank kreditlarini ajratilishi nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradi, balki aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratib, ularning turmush sharoitini yaxshilashga ham yordam berishi ta’kidlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Viloyat 4-sektor ma'sullari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabul

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiqlik_indeksi

Soliq qoʻmitasi ochiqlikni taʻminlashda yetakchilar qatorida


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2023-yil yakunlariga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi boʻyicha yakuniy natijalar eʼlon qilindi.

Soliq qoʻmitasi ochiqlikni taʼminlash sohasida qo‘mita va inspeksiyalar ichida 82,6 ball bilan 2-oʻrinni egalladi.

Baholashda ishtirok etgan 103 ta davlat tashkiloti va organlari ichida esa 8-oʻrinda qayd etildi.

👉 Barcha natijalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#taksi

Taksi sohasini legallashtirish faollashmoqda

Avvalroq Soliq qoʻmitasi tomonidan taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha ishlar davom ettirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasida 124 ta agregator – 32 tasi mobil ilova va 92 tasi telefon orqali taksi xizmati ko‘rsatayotgani aniqlandi. Biroq, ushbu agregatorlarning 17 tasi faoliyat yuritmaydi.

Soliq organlari bilan 3 ta agregator (Yandex, Uklon va MyTaxi) to‘liq integratsiyalashgan. Yana 24 ta agregator integratsiya jarayonida va 80 ta agregator esa integratsiya uchun ariza topshirgan.

Hududlardagi onlayn agregatorlar va taksi xizmatlariga soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, shuningdek, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun naqd va naqdsiz to‘lovlarni fiskallashtirishga ko‘maklashilmoqda.

Bunday manzilli uchrashuvlar Toshkent shahrida, Andijon, Navoiy, Xorazm, Buxoro, Farg'ona viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.
_____
#такси

Активно легализуется деятельность в сфере такси

Ранее сообщалось, что Налоговый комитет продолжает работу по легализации сферы услуг такси и ведению учета оборотов на этом рынке через узаконивание деятельности официально нетрудоустроенных лиц.

В результате предварительного изучения, проведенного налоговыми органами, выявлено 124 агрегатора - 32 агрегатора используют мобильные приложения и 92 агрегатора оказывают услуги такси через вызов по телефону. При этом 17 из этих агрегаторов не осуществляют деятельность.

Полностью интегрированы с налоговыми органами 3 агрегатора (Yandex, Uklon и MyTaxi). Еще 24 агрегатора уже в процессе интеграции и 80 агрегаторов подали заявку на осуществление интеграции.

Онлайн-агрегаторам и службам такси в регионах оказывается содействие в интеграции с информационными системами налоговых органов, а также фискализации наличных и безналичных платежей за оказываемые ими услуги. Такие адресные встречи прошли в Ташкенте, Андижане, Навои, Хорезме, Бухаре, Фергане.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyati kengashi hamkorligida yoshlar uchun “Bonu shirinliklari” fabrikasiga ekskursiya tashkil etildi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #keshbek

Qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘lgan?

Joriy yil boshidan (1-aprel holatiga) iste’molchilarga 62,6 mln chek uchun 101,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 53,2 mlrd so‘mi fevral oyida berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 46,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 6,9 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 4,4 mlrd so‘m.
📍Jizzax viloyati - 1,8 mlrd so‘m.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat soliq boshqarmasida soliq xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Soliq qo‘mitasi mutaxassislar tomonidan “Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limida faoliyat olib borayotgan 42 nafar xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkillashtirildi.

O‘quv seminarida ishtirokchilar soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish yuzasidan zarur bilim ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tengladilar.

Unda soliq xodimlarining sohalar kesimida 23 ta mezon asosida faoliyat olib borishlariga oid bilim ko‘nikmalari oshirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


OʻRQ-923-son Qonun (02.04.2024) bilan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga:
▫️mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
▫️barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

🔹Ushbu imtiyozlar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga ular bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishga qabul qilinganda, ularga 1 yil davomida har oy 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan ish haqi toʻlaganda;
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
Ushbu imtiyoz va preferensiyalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hisob-kitoblarga koʻra mazkur imtiyozlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 135 mlrd soʻm mablagʻlar qolishi kutilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?
👉 Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Quyosh panellarini o‘rnatgan kompaniyalarga qo‘yidagi soliq imtiyozlari mavjud

Kompaniya quvvati 0,1 mVt va undan ortiq bo‘lgan energiya qurilmalarini o‘rnatgan bo‘lsa

📌Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar nominal quvvati 100 kVt (0,1 mVt) va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga ozod etiladi (SK 414-m. 3-q. 2-b. 21.05.2019 y. O‘RQ-539-son, 14-m..)

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram