Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.01K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirsh va ish oʻrinlarini legallashtirish hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish soliq organlarining muhim vazifasi

Respublika hududlarida mehnat tizimini yanada mustahkamlash va samaradorligini oshirish maqsadida soliq xizmati xodimlari mahallalar ("mahalla yettiligi" deb ataladigan) boshqaruvi tarkibiga kiritildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Namangan viloyati misolida soliq xizmati quyidagi natijalarga erishdi.

Namangan viloyatida joylashgan 788 ta mahallaga jami 284 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Olib borilgan manzilli ishlar, yashirin ish oʻrinlari va ish haqini legallashtirish, soliqdan qochish sxemalarining oldini olish, qonunchilikka rioya etish va soliq majburiyatlarini bajarishga koʻmaklashish natijasida 4 437 nafar soliq toʻlovchining tovar aylanmasi koʻpayib, qoʻshimcha 1,8 mlrd soʻmlik AOS toʻlanishi taʼminlandi.

Soliq toʻlovchilardan yana 3,5 mingta koʻchmas mulk obyekti aniqlanib, ular boʻyicha 2,4 mlrd soʻm soliq (mol-mulk soligʻi 1,4 mlrd soʻm va yer soligʻi 1 mlrd soʻm) hisoblandi.

662 ta boʻsh turgan obyektdan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilib, 1 542 ta ish oʻrni yaratildi. Ilgari vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan 1 910 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati tiklandi.

Norasmiy band boʻlgan 8 602 nafar xodimning faoliyati qonuniylashtirildi. Ularga toʻlangan 4,5 mlrd soʻm miqdoridagi ish haqi uchun qoʻshimcha 1,1 mlrd soʻm JSHODS hisoblandi.

Noqonuniy faoliyat yuritayogan 2 735 nafar tadbirkor va 38 ta dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Aholi tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash davom ettirilib, 29 mingga yaqin fuqaroning oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishiga koʻmaklashildi.

Jismoniy shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari uchun joriy yilda toʻlanishi lozim boʻlgan 300,7 mlrd soʻm soliqning 47,7 mlrd soʻmini toʻlagan.

Soliq inspektorlari faoliyatining koʻrsatkichlari tadbirkorlik faoliyatining barqarorligini taʼminlash, uning aylanmasini va rasman band boʻlgan xodimlar sonini oshirishga koʻmaklashish, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va aholining soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Maʼlumotlar 2024-yil 25-mart holatiga

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzaxlik soliqchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning uyini ta’mirlab berishmoqda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sharof Rashidov tuman "Yangi hayot" mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda.

Ayni damda “Oltinsoy” ko‘chasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan Komila Jumanazarovalar oilasi ko‘p yillardan beri ta’mirtalab uyda yashab kelgan.

Ularning ijtimoiy holati o‘rganilib, uyni ta’mirlashda 4-sektor vakillari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Sektor rahbarining tashabbusi bilan hovli atrofini o‘rash maqsadida 27 metr “Evrozabor” panellari va uyni ta’mirlash uchun 2 tonna sement mahsuloti keltirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#e_ijara

Yuridik va jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini soliq organlarida E-ijara xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi

Soliq to'lovchilar uchun eslatma:

👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
👉Tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo‘yicha tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham "E-ijara" da hisobga qo‘yish mumkin
👉"E-ijara" da yer maydoni ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
👉E-ijara xizmatida yerto‘la va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
👉Lizingga olingan mol-mulk uchun ijara shartnomasi “E-ijara” xizmatida qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Soliq mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin
👉Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasini qanday bekor qilinadi?
____________
#e_ijara

Юридические и физические лица регистрируют договоры аренды в налоговых органах через сервис E-ijara

Памятка налогоплательщикам:

👉Как устроен интерактивный сервис E-ijara?
👉Через E-ijara можно зарегистрировать договоры аренды недвижимого имущества, заключенные на основе арендной платы от оборота
👉В E-ijara можно зарегистрировать договор аренды земельного участка
👉В сервисе E-ijara можно зарегистрировать договоры аренды подвальных помещений и крыши
👉Как в сервисе "E-ijara" зарегистрировать договор аренды имущества, полученного в лизинг?
👉При постановке на учёт договоров аренды у студентов не требуется наличие электронной цифровой подписи
👉В мобильном приложении Soliq зарегистрировать договор аренды можно без электронной цифровой подписи
👉Как зарегистрировать договор аренды недвижимости в мобильном приложении Soliq - видеинструкция
👉Как в мобильном приложении Soliq зарегистрировать договор аренды автомобиля?
👉Как аннулировать договор аренды на сайте ijara.soliq.uz?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Soliq organlarida 337 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan

Talabalar
bilan 66,8 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 104,1 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 13 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

👉 Batafsil
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 337 тысяч договоров аренды

Со студентами заключено 66,8 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 104,1 тыс.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 13 млрд сумов.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
"Mustaqillik" MFYda viloyat 4-sektorining sayyor qabuli bo'ldi

Fuqarolar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq muloqot qilish, ularning mavjud muammolarini aniqlash va bevosita joyida hal etish maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Zomin tumanida tashkil etildi.


Mustaqillik MFYda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarni almashtirish, bandlik, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqa olishda ko‘maklashishish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida doimiy daromadga ega emasligi bois “Temir daftar”da turadigan ayollarga ko‘maklashish, ularni doimiy daromad manbasiga ega bo‘lishi uchun subsidiya asosida zamonaviy tikuv dastgohlari olishda ko‘maklashish yuzasidan hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoliga ko‘rsatma berildi.

Sayyor qabulda ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM