Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.45K subscribers
11.5K photos
1.5K videos
76 files
5.93K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#telegram_bot

Soliq qonunchiligi” telegram boti

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda ularning sohaga oid bilimlarini oshirish maqsadida Soliq qo‘mitasi tomonidan Soliq qonunchiligi telegram boti ishlab chiqilgan.

📚 Unda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilgan. Har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish)ga nimalar kiradi

Soliq kodeksining 223-moddasi.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) bo‘lib, mazkur maddaning 3-qismi soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:

tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;

yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;

rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish;

qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;

nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish;

foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash;

ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish;

qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi. (O‘zR 29.12.2021 y. O‘RQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov aholi muammo va tashvishlarini “mahallabay” tartibida o‘rganmoqda

Bugun navbatdagi uchrashuv Arnasoy tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan bo‘lib o‘tdi. Qabulda fuqarolarning moddiy yordam, salomatlikni tiklash, uy-joy, ta’lim kontraktiga oid masalalarda qilgan murojaatlariga yechim topildi.

Qabulda shu mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan 16 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning to‘rttasi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish uchun muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq boshqarmasida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Ayni damda Jizzax viloyati soliq boshqarmasida “Kitob – xazina, bilim – boylik” shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan yarmarkada kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada 600 dan ziyod nomdagi badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar sotuvga qo‘yildi. Jumladan, milliy va jahon mumtoz adabiyoti namunalari, zamondosh ijodkorlarning asarlari, ilmiy-ommabop, bolalar kitoblari soliqchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#4_sektor

Jizzax shahar 4-sektor rahbari J. Axbo'tayev hududdagi Toshloq MFYda bo‘lib, "Mahalla yettiligi" bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Sektor rahbari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishar ekan hududda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, moliyalashtirish masalalari, aholi orasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, migratsiya masalalari, aholi bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PF-37_Davlat_dasturi_2024.pdf
90.5 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi PF-37-son Farmoni
_____________
УП-37_Госпрограмма_2024.pdf
4.7 MB
#новое_в_законодательстве

Указ Президента Республики Узбекистан "О Государственной программе по реализации Стратегии "Узбекистан - 2030" в "Год поддержки молодежи и бизнеса" от 21 февраля 2024 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Sharof Rashidov tuman 4- sektor rahbari otaliqqa olingan maktablarda

Bugun Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiya rahbari 4- sektor hududiga qarashli 39,42, 46, 47-maktablarda bo‘lib, maktabda bolalarga yaratilgan shart-sharoit, dars jarayonlari, o‘quvchilarning kitob daftarlar bilan ta’minlanganligi va kutubxonada mavjud kitob fondi bilan tanishdi.

Maktab rahbariyati bilan maishiy va boshqa muammoli masalalar yuzasidan suhbatlashdi. Ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram