Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.55K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.87K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
“Ochiq eshiklar kuni”da eronlik mutaxassislar tajriba almashdi

Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Bu jarayonda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Jizzax viloyat bo‘limining alohida o‘rni bor.

Kuni kecha Jizzax shahrida viloyat soliq boshqarmasi va mazkur bo‘lim hamkorligida viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar uchun “Ochik eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Tadbirda ko‘zlangan maqsad ayollar tadbirkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, uning zaif tomonlarini aniqlash, to‘siqlarni aniqlash va qishloq hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiya choralarini ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, tadbirkor ayollarning eksport imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Mazkur tadbirga eronlik mutaxassis Xamid Nazar janoblari ham ishtirok etdi. U tadbir ishtirokchilariga to‘plangan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. E’tiborlisi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, mamlakatimiz tadbirkor ayollari uchun agro sohasida xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha navbatdagi strategiya ishlab chiqiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarish reytingda yuqori bahoni olishga yordam beradi

2024 yil 1 fevraldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy qilindi 23.01.2024 y. PF-39-son. Vazirlar Mahkamasi uni belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi (30.01.2024 y. 55-sonli VMQ).

Reyting avtomatik tarzda (onlayn) Soliq qo‘mitasining elektron platformasida shakllantiriladi. Tadbirkor to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballar soni – 100.

Baholash tadbirkorlik sub’ektining qonunchilik talablariga qanday rioya qilayotgani haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu ma’lumot idoralararo ma’lumotlar almashinuvi orqali platformaga uzatiladi. Reytingni yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Baholashda ko‘p narsa buxgalteriya bo‘limining professionalligiga bog‘liq. Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarish reytingda yuqori bahoni olishga yordam beradi.
Baholash mezonlari uchta toifaga bo‘linadi – umumiy, pasaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 15-fevral – AOS toʻlovchilar uchun 2023-yil dekabr va 2024-yil yanvar oylarida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Bugun Sharof Rashidov tumani, Yangi hayot MFY da yoshlar ishtirokida Harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.
Festival doirasida turli sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlar taqdim etildi.

Viloyat soliq boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik festivali davomida Milliy gvardiya tomonidan jangovar texnika va qurol-aslahalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi, qoʻl jangi, kinologiya xizmati, viloyat FVB yong’in xavfsizligi xizmati hamda faxriy qorovul qoʻshinlari chiqishlari ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.

Yoshlar o’rtasida arqon tortish, shashka, voleybol kabi sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqa g’oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Tadbir Yangi hayot mahallasi Qo’rg’ontepa qishlog’I hududida joylashgan 51-maktabda bolib o’tdi. Eslatib o’tamiz, ayni paytda mahallada “Obod xonadon-obod ko’cha-obod mahalla” dasturi doirasida keng ko’lamdagi obodonlashtirish oshlari olib borilmoqda.

Navro’z bayramigacha davom etadigan obodonlashtirish ishlari natijasida yuzga yaqin elektr simyog’ochlari yangilanishi, yo’llar asfatlanishi, xonadonlar va tomorqalar obodonlashtirilishi, yangi MFY binosi bitkazilishi ko’zda tutilgan. Bundan tashqari gaz tarmoqlari va suv quvurlari sozlanib, to’plangan chiqindilardan hududni tozalash ishlari olib borildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠

🟣Forish tumanida qishloq ayollari uchun biznes-trening boshlandi

⚡️Avval xabar berilganidek, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida "Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida o‘quv-treninglari bo‘lib o‘tmoqda. Jahon banki va Yaponiya Ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasining moliyaviyaviy ko‘magi doirasida olib borilayotgan treninglar Baxmal, Zomin, Yangiobod va Forish tumanlarida tashkil etildi.

⚡️Treningda "Ayollar daftari"ning 3-,4-,6-toifalariga kiritilgan xotin-qizlardan iborat eng faol guruhlar saralanib, ularga biznes yuritish tartiblari o‘rgatilyapti. Loyiha “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

💠Qishloq ayollariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish va shaxsiy rivojlanish uchun treninglar juda ham foydali bo'lmoqda. Boisi ular bu treninglar orqali yangi bilim va ko'nikmalar olishlari, o'zlarini rivojlantirishlari mumkin bo’ladi.

Trening davomida soliqqa oid bilimlar eng muhimi sanaladi. Chunki soliq tizimidagi o’zgarishlardan xabardor bo’lish va uning talablariga rioya qilish biznesni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Forish tuman soliq inspeksiyasi xodimlari soliqqa oid tushunchalar berish orqali qishloq ayollarining moliyaviy huquqlarini tushunish, soliq to'lovlarini amalga oshirish va moliyaviy hisob-kitoblarni yaxshi olib borishlarida ko’maklashishlari borasida tushuncha berdilar.

💵Bu kabi bilimlar ayollarning o’z bizneslarini rivojlantirish, moliyaviy natijalarini yaxshilash va o'zlarining iqtisodiy holatini mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradi. Umid qilamizki, Forish tumanida qishloq ayollariga soliqqa oid bilimlar o'rgatilishi ularning bizneslarini o'zlashtirishda va moliyaviy rivojlanishlarini ta'minlashda katta foyda keltiradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM