Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.46K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
76 files
5.91K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Murojaatlar bilan ishlash oyligida so’nggi sayyor qabul Zarbdor tumanida o’tkazildi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi mas’ul bo’lgan 4-sektor tomonidan Baxmal, G’allaorol, Forish, Sh.Rashidov hamda Zarbdor tumanlariybyu 12 ta mahallasida sayyor qabullar o’tkazildi.

O'zining ijobiy natijalari bilan aholining og'irini yengil qilayotgan sayyor qabullar xalq bilan hamnafas yashash, uning murojaat va muammolarini tinglash hamda to'g'ri yechim ko'rsatish maqsadida tashkil etilmoqda. Zarbdor tumanining “Alisher Navoiy” mahallasida Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 8 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aksariyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda kelib tushgan muammoli masalalar, asosan, yo’lning qatnov qismiga svetafor va yo’l belgilari o’rnatish, ishsizlik, elektr energiya, ichimlik va texnik suvlardan foydalanish bo'yicha mas'ullarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 50-sessiyasi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan soliq solish maqsadida 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.
_________
#новое_в_законодательстве

Установлены минимальные ставки арендной платы на 2024 год


Законом Республики Узбекистан №886 в целях налогообложения утверждены минимальные ставки арендной платы для физических и юридических лиц, сдающих имущество в аренду, на 2024 год.

Данные ставки также распространяются на договора бесплатного пользования недвижимым имуществом (кроме договоров между близкими родственниками).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #imtiyoz

Joriy yilning 11 oyida 21 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanildi

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 117 069 ta tashkilot umumiy qiymati 21,5 trln so‘mdan ortiq miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:
▫️2 610 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,3 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
▫️7 577 ta korxona 25,7 trln so‘m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
▫️QQS – 11,6 trln so‘m;
▫️foyda solig‘i – 3,5 trln so‘m;
▫️yer solig‘i – 1,7 trln so‘m;
▫️ijtimoiy soliq – 1,7 trln so'm;
▫️aksiz solig‘i – 1,2 trln so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i – 1 trln so‘m;
▫️JShODS – 810,7 mlrd so‘m;
▫️AOS – 61,1 mlrd so‘m;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 15 mlrd so‘m.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
___________
#цифровизация #льготы

За 11 месяцев этого года организации воспользовались льготами на сумму более 21 трлн сумов

За январь-ноябрь 2023 года 117 069 организаций воспользовалась налоговыми льготами на общую сумму более 21,5 трлн сумов.

Вместе с этим:
▫️2 610 организаций осуществили операции по финансовым услугам без НДС на сумму 13,3 трлн сумов.
▫️7 577 организаций применили нулевую ставку по НДС на сумму 25,7 трлн сумов.

В разрезе видов налогов:
▫️НДС - 11,6 трлн сумов;
▫️по налогу на прибыль - 3,5 трлн сумов;
▫️по земельному налогу - 1,7 трлн сумов;
▫️по социальному налогу - 1,7 трлн сумов;
▫️по акцизному налогу - 1,2 трлн сумов;
▫️по налогу на имущество - 1 трлн сумов;
▫️по НДФЛ - 810,7 млрд сумов;
▫️по налогу с оборота - 61,1 млрд сумов;
▫️по налогу за пользование водными ресурсами - 15 млрд сумов.

На основании заключения международных экспертов учет сумм по НДС для финансовых услуг и в результате применения нулевой ставки ведется отдельно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oilaviy tadbirkorlarga 5 nafargacha xodimni yollash huquqi berildi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-890, 27.12.2023) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi).

Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlish huquqi berildi.

Ma'lumot uchun! Oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq to‘laydi:
▫️oilaviy YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi uchun – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari uchun – oyiga 170 000 so‘m (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno);
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;
▫️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so‘m.
__________
#новое_в_законодательстве

Семейным предпринимателям предоставлено право нанимать до 5 работников


Законом, подписанным Президентом, (№ЗРУ-890 от 27.12.2023) внесены изменения и дополнения в некоторые законодательные акты.

Согласно изменению, внесенному в Закон “О семейном предпринимательстве", субъектам семейного предпринимательства без образования юридического лица предоставлено право нанимать до 5 постоянных работников с заключением с ними трудового договора (ранее до 3-х человек).

Также участник одного семейного предприятия вправе быть одновременно участником другого семейного предприятия.

Для информации. Семейные предприниматели уплачивают социальный налог в следующих размерах:
▫️за члена семьи, зарегистрированного в качестве индивидуального предпринимателя, — 340 000 сумов в месяц;
▫️за других членов семьи (за исключением не достигших 18 лет)170 000 сумов в месяц;
▫️за наемных работников семейных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 170 000 сумов в месяц;
🔹за наемных работников других семейных предпринимателей — 340 000 сумов в год.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#bilasizmi

🖊 Vazirlar Mahkamasining 148-son qarori bilan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan maxsus QR-kodni joylashtirish normalari belgilangan.

Unga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.

🔸yuridik shaxslar –
korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.

Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.

Isteʼmolchilar ushbu QR-kodni skanerlash orqali savdo nuqtasi haqida to‘liq maʼlumotlarni bilib olishi, shuningdek soliq huquqbuzarligi sodir etilganda QR-koddagi maʼlumotlar asosida “Soliq hamkor” orqali xabar berishi mumkin.

#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

◾️ Korxona rahbari yoki hisobchisi o‘zgarganda nima qilish kerak

◽️Tashkilot (korxona) rahbari yoki hisobchisi o‘zgarganda ma'lumotlarni o'zgartirish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib elektron shaklda ariza yuborish lozim.

Buning uchun:
▫️ soliq to'lovchining shaxsiy kabinetida "YuSh hisobga olish ma'lumotlari" bo‘limiga kiriladi;
▫️"Yuridik shaxslarning ro‘yxat ma'lumotlariga o'zgartirish kiritish" oynasi tanlanadi va ma'lumotlar yangilanadi (JShShIR, IFO, aloqa raqami).

🔎"Arizalar reyestri" oynasida o'zgarishlarni tekshirish mumkin.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?
#QQS

IMPORT QILINGAN TOVAR UCHUN 2-MARTA QQS TO`LANMAYDI.

♻️Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo’lgan tovarlar xizmatlar soliq to’lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to’lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni xizmatlarni realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu bo’limning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi.

❗️Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq tolovchidan, u soliq tolovchi ekanligidan yoki soliq tolovchi emasligidan qati nazar, uni ushlab qolishi va byudjetga o'tkazishi shart.

🔸Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar bo’yicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga otkazishi shart.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natijalar

Soliq qo‘mitasining rasmiy Telegram kanali – 2023 yil natijalari:

Reytingda "Iqtisodiyot" yo‘nalishi bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi;
21 ming
nafarga yaqin yangi obunachilar a'zo bo‘ldi;
Xabarlar 48 mln marta o‘qildi.

Biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur!
___________
#итоги

Результаты официального Telegram-канала Налогового комитета за 2023 год:

7 место в рейтинге по направлению "Экономика";
почти 21 тысяча новых подписчиков;
48 млн просмотров.

Спасибо, что вы с нами!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va qadrli vatandoshlar!
Hurmatli soliq to’lovchilar!


Jizzax viloyati soliq organlari qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2024-yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilaymiz.

Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Bekzod Tashpulatov,
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig’i
#tabrik #yangi_yil_2024

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!


Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda davlat soliq xizmati organlarining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimi joriy etildi. Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar tashlandi.

9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning ish samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi
hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.

Davlat soliq xizmati organlarining sadoqatli va mehnatkash jamoasi yangi yilda ham jonajon Vatanimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli kunlarda xalqimizni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor muborakbod etaman!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
SOLIQ_TAQVIMI_YANVAR_2024.pdf
178.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi

Quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi
▫️tibbiy xizmatlar;
▫️veterinariya xizmatlari;
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
dori vositalari,
veterinariya dori vositalari,
tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar,
shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram

Izoh: Mazkur imtiyozlar 2024-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uy sharoitida daraxt ko‘chatlarini yetishtirish o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi

Prezidentning 2023 yil 31 maydagi farmoni bilan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida o‘rmon xo‘jaliklari hududida ko‘chat yetishtirish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, o‘rmonzorlar barpo etish ishlari autsorsing asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida xo‘jaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari belgilanadi. Bunda davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Sharof Rashidov tuman 4-sektor rahbari buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazgan bemor holidan xabar oldi

Bemorning holidan xabar olish – ezgu ish. Bu nafaqat xasta inson, balki xabar olguvchining qalbiga ham yorug‘lik baxsh etadi.

Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiya rahbari E.Erkaboev yangi yilning uchunchi kunidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda uning bemori bor oilalar holidan xabar olib, ularga yordam berishni boshladi.

Bugun tuman 4- sektor rahbari “Nonisangil” maxallasida yashovchi buyrak jarrohligini o‘tkazgan bemor Xurshid Sindarov xonadonida bo‘ldi, unga 2 dona eshik romlari olib berildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram