Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.59K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Sayyor qabul: aholi bilan ochiq muloqot

Bugun viloyat soliq boshqarmasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Baxmal tumanining “Madaniyat” mahallasida aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur mahallada o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 50 dan ziyod fuqaroning qishloq infratuzilmasi, kadastr, ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri, subsidiya ajratish, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda bir oyda 2 mingga yaqin QQS to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tdi

2023-yil 1-dekabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 193 889 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ko‘p.

👉 Batafsil
___________
#цифровизация
#НДС

В Узбекистане за месяц зарегистрировано около 2 тысяч плательщиков НДС

По состоянию на 1 декабря 2023 года число плательщиков НДС достигло 193 889. Это на 12,3% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#xabarnoma

Nazorat qilinadigan bitimlarni tuzgan korxonalarga takroran xabarnomalar yuborilmoqda


Soliq toʻlovchilar kalendar yilda oʻzlari tuzgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilishi shart.
👉Soliq kodeksi 182-modda

Xabarnoma yil yakuni bilan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay (15-fevral, 1-mart, 25-mart) yuborilishi lozim.

Biroq, ayrim korxonalar 2022-yilda nazorat qilinadigan bitimlarni tuzgan boʻlsada, bu haqda soliq organini xabardor qilmagan.

Soliq toʻlovchilarga Soliq kodeksi bilan belgilangan majburiyatlarini eslatish uchun Soliq qoʻmitasi tomonidan takroran eslatma-xabarnomalar yuborilmoqda.

Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma Soliq qoʻmitasining my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Xabarnomani soliq organiga yuborish uchun saytdagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉Xizmatlar;
👉Normativ-huquqiy hujjatlarda soliq maʼmurchiligi doirasida koʻzda tutilgan xabarnomalarni davlat soliq xizmati organlariga yuborish;
👉Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma.


Xabarnomani yuborish bo‘yicha qoʻshimcha savollar yuzaga kelganda Soliq qoʻmitasining 71 244-98-09 (ichki raqam: 01879, 01243, 01622, 01620, 01281) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Jizzaxda 180 ta tadbirkorlik sub’ektlari “yashil yo‘lak” da faoliyat olib bormoqda

Ilk marotaba “insofli soliq to‘lovchi” atamasi Prezidentning 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son qarori bilan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” tamoyilini joriy etish uchun kiritilgandi.

Ushbu Qaror soliq organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirishni boshlab berdi.

Soliq to‘lovchilarni ularni soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etish xavfi darajasi bo‘yicha segmentlashdan iborat soliq ma’muriyatchiligining umuman yangi tizimini yaratish soliq organlarining oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri bo‘lgan.

Ushbu tamoyil Prezidentning 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasida aks etgan.

Qaror bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasida belgilanishicha, soliq organlari insofli soliq to‘lovchilarga “yashil yo‘lak” tartibida xizmat ko‘rsatadi, “sariq yo‘lak”da xavflilik darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘lsa, “qishil yo‘lak”da xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar ajratiladi.

Jizzax viloyatida joriy yilning 19 dekabr holatiga “Yashil yo‘lak” tartibida 180 ta soliq to‘lovchilarning xavflilik darajasi yo‘q. O‘tgan 2022 yilning shu davrida “yashil yo‘lak"da 166 ta soliq to‘lovchi xizmat ko‘rsatgan.

Sodda qilib aytganda, soliq to‘lovchilarni toifalarga bo‘lish va ularning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etish xavfi darajasiga qarab qo‘llab quvvatlash yoki soliq nazoratini amalga oshirish topshirilgan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
O‘zini o‘zi band qilishning qanday foydalari bor?

Buning foydali ekanligiga bir qancha sabablar bor.

1. Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq tekshiruvlari, jarimalar va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ayblovlardan qo‘rqmasliklari mumkin.

2. Tasdiqlangan ish staji va pensiya. O‘zini o‘zi band qilganlarning ish staji ketaveradi, shuning uchun keksalikda kafolatlangan pensiya naqd deb hisoblash mumkin.

3. Rasmiy daromad. Iste’mol kreditlari, imtiyozli qarzlar olish, shuningdek, soliq imtiyozlarini qo‘llash mumkin.

4. Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya.

5. O‘ziga o‘zi xo‘jayin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar uchun mehnat shartnomasi, rahbar va qat’iy ish jadvali yo‘q. Sevimli ish bilan xohlagan vaqtda shug‘ullanish va bundan qonuniy daromad olish mumkin.

6. Mijozlar bazasini kengaytirish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik shaxslardan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni qabul qilish uchun bankda osongina hisob ochishlari mumkin. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sheriklar orasida ishonchni uyg‘otadi.

7. Minimal hujjatlar. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda Soliq ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Jizzax_shahri #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda aholi muammolari ijobiy yechim topmoqda

So‘ngi paytlarda fuqarolar ham, aholining ehtiyojlari bilan ishlovchi idora va tashkilot mas'ullari ham sayyor qabullarning xalq rozilgini olishda naqadar ahamiyatli ekanligini anglab yetmoqda.

Shu maqsadda, Jizzax shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining ko‘rsatmasi bilan Jizzax shahridagi "Toshloq" mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda jami 10 nafardan ortiq fuqaro o‘z murojatlari bilan ishtirok etdi va shundan sog‘lig‘ini tiklash, tikuv mashinasi olish, o‘qish kontraktining bir qismini to‘lab berish hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlarini yo'lladilar. Barcha masalalar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Xalq bilan muloqot: Joylarda ommaviy sayyor qabullar


Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangililari

4-sektor sayyor qabuli


Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Umumiy ovqatlanish va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va soliq xizmati organlari mutasaddilari o‘rtasidagi uchrashuv faqat oflayn tarzda bo’lib o’tmoqda.

Zoom orqali translyatsiya onlayn tarzda ishtirok etayotgan ayrim ishtirokchilarning etika qoidalariga amal qilmaganliklari sababli to’xtatildi.
_____
#встреча

Встреча с предпринимателями в сфере общественного питания и производства алкогольной продукции проходит только в оффлайн-формате.

В связи с несоблюдением правил этики некоторыми онлайн-участниками встречи трансляция через платформу Zoom прекращена.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
E-auksion: onlayn-auksionda g‘olib bo‘ling va sovrinli aksiya ishtirokchisiga aylaning!

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali davlat aktivlarini sotilishini yanada ommalashtirish maqsadida sovrinli aksiya o‘tkazadi.

Sovrinli aksiya 2 bosqichda:
- 10.12.2023 yildan 30.12.2023 yilga qadar;
- 03.01.2024 yildan 31.01.2024 yilga qadar o‘tkaziladi.

Aksiyada yuqorida belgilangan muddatlarda davlat ko‘chmas mulki va korxonalardagi davlat ulushlari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn-auksion g‘oliblari qatnasha oladi.

1-bosqich g‘oliblari 10-yanvar kuni, 2-bosqich g‘oliblari 10-fevral sanasida jonli efirda ixtiyoriy tanlov agregatorlari yordamida aniqlanadi.

Jizzax viloyatida 176 ta davalat aktivlaridan (ko'rish) sotib oling va 30 ta qimmatbaho sovg‘alardan birining egasiga aylaning!

Savdo g‘oliblari sovrinli aksiya ishtirokchisiga aylanadilar. Bunda ishtirok etish uchun ariza yuborish talab etilmaydi.

@onlineauksionuz
Sayyor qabulda ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topadi

Kuni kecha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov boshchiligida Forish tumani “Uchquloch” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, aholining yo‘l, yo‘lakcha va sport maydoni qurib berish yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram