Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
987 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolarini hal etishga ko‘maklashadi

O‘tkazilgan davra suhbatida koʻtarilgan masalalar xususan, markirovka va integratsiya jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan soliq xizmati organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv 2023-yil 21-dekabr (payshanba) soat 15:00da Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazida bo‘lib o‘tadi.📍Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 166.

Shuningdek, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha hududiy soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchunSoliq tekshiruvi yuzasidan shikoyat Telegram boti ishga tushirildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq choralarini yumshatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangan.
__________
#встреча

Налоговый комитет содействует решению проблем предпринимателей

Для решения вопросов, поднятых в ходе круглого стола, в частности, проблем, возникающих в процессах маркировки и интеграции, будет организована встреча органов налоговой службы и субъектов предпринимательства.

Встреча состоится 21 декабря 2023 года (четверг) в 15:00 часов в Научно-информационном центре "Янги технологиялар" Налогового комитета. 📍Адрес: улица Мукими, 166.

Также для рассмотрения жалоб на решения территориальных налоговых органов, вынесенные по проведенным контрольным мероприятиям, запущен Telegram-бот «Жалоба на налоговую проверку».

В целях поддержки субъектов предпринимательства Торгово-промышленной палатой подготовлен проект нормативно-правового документа, предусматривающего смягчение мер, связанных с применением статьи 227 прим.1 Налогового кодекса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax shahar soliq inspeksiyasi binosini ta’mirlash, jihozlash va moddiy resurs bazasini rivojlantirish uchun Xalq deputatlari Jizzax shahar kengashi tomonidan 2022-yilning IV-choragi va 2023-yil davomida jami 577.6 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Ayni paytda ushbu mablag‘lar hisobidan Jizzax shahar soliq inspeksiyasiga zamonaviy kompyuterlar, printerlar, yumshoq va qattiq stullar, konditsioner, muzlatkich va boshqa jihozlar xarid qilindi.

Ma’muriy binoga esa qayta tiklanuvchi energiya manbasi, quyosh panellari o‘rnatildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, xizmat xonalar va yo‘laklarni yoritish chiroqlarini almashtirish, boshqa qurilish ta’mirlash, isitish tizimlarini sozlash ishlari amalga oshirildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'i to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 4-SEKTORNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI

📌Yaqinda Jizzax shahar 4-sektor rahbari Jo‘rabek Axbo‘tayev rahbarligida Amir Temur mahallasi hududida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahalla yettiligi mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalla profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, soliqchi, ijtimoiy himoya agentligi vakili hamda mahalla xotin-qizlar faollari va murojaatchi fuqarolr ishtirok etdilar.

📌 Sayyor qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va Amir Temur mahallasi hududida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharof_Rashidov_tumani

Jizzax viloyat 4-sektor rahbarining Sharof Rashidov tumanidagi Ko'rpasoy MFY hududida aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.


🔰 Fuqarolar tomonidan kelib tushgan elektr energiyasi, asosiy va ichki kochalarni shagallashtirish, elektr tayanch ustunlarini almashtirish, 41-maktab o'quvchilari uchun mini stadion qurishda ko'maklashish, soylik ustiga beton ko'prik qurish va farzandlarini bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ichimlik suvi bilan ta'minlash kabi masalalar yuzasidan o‘z muammolari bilan murojaat qilishdi.

🔰 Sayyor qabulda fuqarolardan turli xil mazmundagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharof_Rashidov #sayyor_qabul

🔷Sayyor qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi

Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor tomonidan belgilangan reja-jadvalga asosan viloyatning tuman va shaharlarida fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabullarda tuman hokimligi, xalq qabulxonasi mas’ullari, sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

Sharof Rashidov tumanidagi Tinchlik MFYda o'tgan sayyor qabulda ham fuqarolarning qator muammolari xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo'llarni ta'mirlash, davolanish uchun order olishda ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM