Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi
❔ Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?
Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.
Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_markirovka
Tadbirkorlar va xaridorlar diqqatiga!
Markirovkalanmagan tamaki, alkogol, maishiy texnika hamda dori vositalarini sotish taqiqlanadi.
Hurmatli iste'molchilar, ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉 2021-yil 1-yanvardan tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉 2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari;
👉 2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalari: changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor;
2022-yil 1-avgustdan gaz plitasi, oshxona dudbo‘roni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar;
👉 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan.
Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

#nazorat_tadbirlari #markirovka
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.
Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.
Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.
Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:
Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.
Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.
Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.
Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

#AOS
📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️
AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Saqlash shartnomasi ijara.soliq.uzda qanday ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak
1. Soliq to‘lovchining ERIsi yordamida ijara.soliq.uzga kiring.
2. “Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish”ga, so‘ngra “Saqlash bo‘yicha xizmatlar (ombor)”ga bosing.
3. “Foydalanishga kiritilgan ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limini to‘ldiring.
Mijozingizning mol-mulki saqlanayotgan ob’ektning kadastr raqamini kiritganingizdan so‘ng qo‘shimcha satrlar ochiladi. Ularni to‘ldirish uchun shartnomadan quyidagi axborotni olib o‘tish kerak: shartnomaning amal qilish muddati, maydon turi (bino yoki yer), saqlash bo‘yicha xizmatlar qiymati.
4. “Mijoz to‘g‘risida axborot” bo‘limini to‘ldiring. Sizdan faqat mijozingiz jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanishi va shunga qarab – uning STIRi yoki JShShIRini ko‘rsatish talab qilinadi. Qolgan axborot avtomatik tarzda soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan olib o‘tiladi.
5. “Jo‘natish” tugmasiga bosing.
Shundan so‘ng saqlash shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanaladi.
Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
Telegram | Facebook | Instagram

Zominda sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ijobiy natijaga erishish maqsadida Zomin tuman soliq inspesiya rahbari tuman Xalq qabulxonasi rahbari hamkorligida ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Mustaqilliq mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hamda yechimini kutayotgan muammolariga bevosita tuman rahbaridan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda fuqarolardan ta’lim, tibbiy yordam, bandlik, moddiy yordam, auksion savdosiga yer bilan bog‘liq masala, tadbirkorlik faoliyatini yuritishga oid 17dan ortiq murojaatlarning 6 tasi joyida yechimga keltirilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushuncha berildi, ma’lum bir vaqt talab etadigan murojaatlar tegishliligi yuzasidan daxldor mutasaddilarga biriktirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Telegram
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#AOS
Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.
AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
👉Soliq kodeksi 461-modda

❇️ Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Tashpulatov Baxmal tumani hududidagi Shodlik mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
❇️ Sektor rahbari Shodlik mahallasining “mahalla yettiligi” bilan mavjud muammolarni tahlil qildi.
✅ Sayyor qabulda murojaatchilar tomonidan yo‘llarni shag‘allashtirish, serqatnov yo‘llarning o‘quvchilar kesib o‘tadigan qismiga yo‘l belgilari o‘rnatish, ko‘mir va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, kredit olishda ko‘maklashish, ichimlik suvi keltirish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM