Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
YaTTlar uchun qanday imtiyozlar berilgan?

– YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya’ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.
Hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq – korrupsiyadan xoli tizim

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga faoliyati davomida soliq xodimlari ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshyuralar tarqatildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#seminar #qqs

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Mamlakatimizda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilish maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun seminar o‘tkaziladi.

🗓 Seminar boshlanish vaqti: 2023-yil 7-noyabr soat 15:00.

📍Manzil: Jizzax viloyat soliq boshqarmasi (Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 116-uy).

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat soliq boshqarmasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi


Davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatimizda loyiha doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari kengayib bormoqda.

Ushbu jarayonga viloyat soliq boshqarmasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qator tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, bugun boshqarma xovlisiga keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Boshqarma atrofi bo‘ylab bo‘sh yer maydonlari tekislanib, shudgor qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda bir necha ming manzarali ko‘chatlar ekildi.

Soliq xodimlari tomonidan bunday tadbirlar boshqa hududlarda ham amalga oshirib kelinmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
#seminar  #QQS

🔷Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.

“Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Jizzax viloyat soliq boshqarmasida mazkur farmonning mazmun-mohiyati hamda unda eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jihatlar haqida atroflicha tushuntirish berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jizzax viloyat soliq hamda bojxona boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan seminarda eksportyor korxonalar hamda soliq boshqarmasida hisobda turuvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#QQS

Yirik soliq to‘lovchilarning 1,6 trln so‘m QQS summasi soliq va bojxona organlarida o‘zaro hisobga olingan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga muvofiq, Hududlararo soliq inspeksiyasida soliq maʼmurchiligi yuritilayotgan korxonalar tovarlarni bojxona orqali import qilishlarida to‘lanadigan QQS summalarini soliq organlaridagi mavjud ortiqcha to‘lovlari hisobiga qoplash (hisobga olish) bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro hisobga olish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 10 oyida mazkur imkoniyatdan 119 ta korxona foydalangan holda 5 635 holatda bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 1,6 trln so‘mlik QQS o‘zaro hisobga olindi.

Buning natijasida, ushbu korxonalarning soliq organlaridagi QQS bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lovlari hisobidan tovarlarni bojxonadan ortiqcha mablag‘ sarflamasdan tezkor ravishda rasmiylashtirilishiga erishildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga o'n oyda 45 mingga yaqin murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar 44 808 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 38 906 ta (86,8%);
🔹ogʻzaki – 3 800 ta (8,5%);
🔹yozma – 2
102 ta (4,7%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 14 131 ta (31,5%);
🔸Samarqand viloyati – 4 098 ta (9,1%);
🔸Toshkent viloyati – 4 018 ta (9%);

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali 9 266 ta murojaat yoʻllangan. Shundan 9 263 tasiga javob berilgan. Yana 3 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads