Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Jizzax viloyat soliq boshqarmasida ustozlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.

Jizzax viloyat soliq organlarida ham sohada uzoq yillar xizmat qilib, yurt iqtisodiyotini mustahkamlash yo‘lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Mamlakatimizda keng miqyosida nishonlanib kelayotgan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami munosabati viloyat sorliq boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov tadbirda ishtirok etgan soliq faxriylarini tabriklab ularga bayram sovg‘alarini ulashishdi.

Faxriylar ham o‘zlariga qaratilayotgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Shuningdek, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish - ezgu an’anaga amal qilgan xolda soliq xodimlari, boshqarma bog‘iga uzoq yillar xizmat qilib, ayni vaqtda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari bilan birga, yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qishloq va shaharlarimiz rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shing va xotirjam bo‘ling!

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat soliq boshqarmasida ustozlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 7-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️3 октября 2023 года - последний день

за 2023 год:

- уплаты налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами
(ч.7 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
AKT sohasidagi xizmatlar uchun TXIK yangi kodlari majburiydir

AKT sohasidagi xizmat turlari ro‘yxati yangilandi (04.09.2023 y. 447-sonli VMQ). Shuning uchun tasnif.soliq.uz Yagona katalogida TXIK inventarizatsiyasi o‘tkazildi, natijada kodlarning tuzilishi va tarkibi o‘zgartirildi.

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab AKT sohasida yangi TXIK foydalanish uchun majburiydir. Qonunni buzmaslik uchun ushbu sanadan oldin nima qilish kerakligi haqida bu yerda o‘qing «AKT uchun TXIK kodlari o‘zgarmoqda».

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq sohasidagi eng muhim, to‘g‘ri va tezkor ma'lumotlarni Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifasi – "Soliq xizmati xabarlari" telegram kanali orqali kuzatib boring!

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Korxonamiz tomonidan xizmatlar elektron shaklda import qilinsa, QQSga o‘tish kerakmi

– O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan olinadigan soliq tatbiq qilinmaydi SK 461-m. 2-qism.

Dasturiy ta’minotdan (shu jumladan Internet tarmog‘i orqali yetkazib beriladigan o‘yinlardan), shuningdek ma’lumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi ma’lumotlardan va qo‘shimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yo‘li bilan foydalanishga bo‘lgan huquqlarni taqdim etish elektron shakldagi xizmatlarga kiradi SK 282-m. 1-qism.

Agar sizning korxonangiz dasturiy ta’minotdan elektron shaklda foydalanish huquqini sotib olsa, ya’ni sizga mahsulotni Internet orqali yuklab olish, faollashtirish uchun parollar yoki kalitlar taqdim etilsa, u holda sizda QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha majburiyat yuzaga kelmaydi. Ammo, agar dasturiy ta’minot sizga diskda yoki flesh-tashuvchida (fleshkda) yuborilsa, siz QQS to‘lashga o‘tishingiz kerak bo‘ladi, chunki O‘zbekiston chegaralaridan tovar kesib o‘tishi amalga oshadi.

Norezident daromadidan foyda solig‘i

Dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi uchun norezidentga qilingan to‘lov royalti hisoblanadi. Royalti soliq agentida norezident daromadidan soliqqa tortiladi SK 351-m. 2-q. 4-b.

Agar yetkazib beruvchi soliq rezidenti sanalgan mamlakat bilan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa, soliq agenti Soliq kodeksining 357-moddasiga muvofiq uning normalarini qo‘llashi mumkin.

QQS

Dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi xaridori – o‘zbek korxonasi. QQS solig‘ini solish maqsadida O‘zbekiston xizmatlarni sotish joyi sanaladi SK 241-m. 1–2-qism.

O‘zbekiston korxonasi soliq agenti sifatida QQSni hisoblashi, chet el korxonasidan ushlab qolishi va byudjetga to‘lashi kerak. Agar shartnoma O‘zbekiston byudjetiga to‘lanadigan QQSni hisobga olmagan holda tuzilgan bo‘lsa, soliq agenti uni o‘z hisobidan to‘laydi.
QQS to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati Soliq kodeksining 37-bobiga muvofiq to‘langan soliq summasini hisobga olish huquqini beradi SK 255-moddasi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_klinikasi
📍Zomin

🎥 Zominda «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan korxonalar soni ko‘paymoqda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM