Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.46K subscribers
11.5K photos
1.5K videos
76 files
5.92K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Zominda «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan korxonalar soni ko‘paymoqda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi hamda hududlardagi soliq inspeksiyalari hamkorligida vohamizda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yurtdoshlarimizni tadbirkorlikka yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy hamda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida korxonalar faoliyati o‘rganilib, korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish choralari ko‘rilayapti.

Bu esa o‘z navbatida hududlarda ishsizlikka barham berilib, ko‘plab muammolarga yechim topilmoqda.
Zomin tumanidan dasturga kiritilib, soliqlardan alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan “WR TEXTILE” tekstil korxonasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Bu yerda tikuv-trikotaj sexi ishga tushirilishi natijasida 100 ta ish o‘rinlari yaratildi va ishchi-xodimlar 200 nafardan oshishi rejalashtirilgan. Hozirda o‘z brendi bilan Rossiya davlatiga tayyor mahsulotlar eksport qilinmoqda. Bir oyda 50 ming dona 3 turdagi tayyor mahsulotlar sotilmoqda.

Turkiyadan mutaxassislar jalb etilgan mazkur korxonada yangi loyihalar ishga tushirilib, yillik eksport hajmini oshirish maqsad qilingan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

❗️Izoh
. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.
_________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 сентября 2023 года последний день

за сентябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает
5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

❗️Комментарий
. Ранее сообщалось, что предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов.

Налогоплательщики вправе представить в налоговые органы справку о сумме авансовых платежей не позднее 15 числа первого месяца каждого квартала.
👉ст.340 НК

Согласно этому, за текущий квартал справка была представлена до 15 июля налогоплательщиками, совокупный доход которых превышает 5 млрд сумов.

В связи с этим, за сентябрь уплата налога производится, исходя из представленной за III квартал информации.

Начиная с октября уплачивать авансовые платежи по налогу на прибыль будут налогоплательщики, у которых совокупный доход превышает 10 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Bilasizmi

Ayrim tadbirkorlar ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi

Qonunchilikka ko‘ra, hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2025 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:

📌 bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa;

📌poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Farxod Umarov soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, fuqarolik burchini bajardi

Soliqlar yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi.

Soliq to‘lovchilarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning mohiyati qanchalik tushunarli bo‘lsa, ular mazkur majburiyatlarini ongli ravishda amalga oshiradilar.

Sharof Rashidov tumanida istiqomad qiluvchi Farxod Umarov bojxona xizmati faxriylaridan biri. U hozirda jismoniy shaxs sifatida tadbirkorlik qilib, chorvachilik bilan shug‘illanmoqda.

Yaqinda Farxod aka ongli ravishda o‘ziga tegishli mol-mulk va yer solig‘i uchun joriy yil uchun 17 mln so‘m to‘lab berdi va o‘z fuqarolik burchini bajardi.

Afsuski, ayrim jismoniy shaxslar, ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan fuqarolar, korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘z majburiyatlarini unitib, hozirgacha soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda.

Vaholanki soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab berilishi belgilangan.

Avgust oyida yig‘ilgan keshbek summalari 22-sentabrdan buyon tasdiqlanmoqda, tasdiqlangan keshbeklarni bugun kartaga o‘tkazish imkoniyati ochiladi.

Sentabrda yig‘ilayotgan keshbek summalari oktabr oyining 25-sanasidan so‘ng to‘lab beriladi.
__________
#кешбэк

Когда подтверждаются суммы кешбэка

Кешбэк в размере 1% от суммы покупки
выплачивается потребителям после 25 числа месяца, следующего за месяцем, в котором в мобильном приложении Soliq зарегистрированы чеки онлайн-ККТ.

Суммы накопленного за август кешбэка подтверждаются с 22 августа, возможность перевода подтвержденного кешбэка на карту будет доступна сегодня.

Суммы кешбэка, накопленного за сентябрь, будут выплачены после 25 октября.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

30 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan 30 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi.
Xususan:
📍Toshkent viloyati
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati
soliq inspeksiyalarida yangi tayinlangan boshliqlar ish boshladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq tizimini mahalla darajasigacha tushirish bo‘yicha ish boshlagan yangi tizim faoliyati o‘z samarasini bermoqda

Soliqchilar tomonidan Zomin tumanidagi 38 mahallada tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganish ishlarini amalga oshirildi.

Hududlarda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishimiz natijasida shu paytga qadar 100 dan ortiq muammoli masalalar aniqlandi. Ularning har biri o‘rganilib hal bo‘lmaganlari tegishli tartibda tuman, viloyat va respublika darajasida hal etiladigan toifalarga ajratildi.

“Mahallabay” ishlash tizimi orqali soliq organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, aholi va tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda ularni samarali hal etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilandi. Joylarda tadbirkorlar sonini oshishi bilan birga yangi ish o‘rinlarini yaratishga zamin yaratilayapti.

Zomin tumanidagi “Versal Azizbek- Lazizbek” ishlab chiqarish korxonasi ish boshlaganiga 2 yil bo‘layapti.
Soliqchilarning ko‘magi bilan mazkur korxona ham “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilib, qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayni damda bu yerda 20 xil turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
📌Soliqlarni to‘lab, xotirjam bo‘ling

🔖15 oktyabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

Soliq mobil ilovasiorqali to‘lovni amalga oshirishda:
• ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
• ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
• jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
• "Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

• Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
• Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
• Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#QQS #EHF #imtiyoz

EHF shakllantirishda "Mahsulot (xizmat) uchun nomuvofiq imtiyoz kodi ko‘rsatilgan" yozuvli xatolik chiqyapti. Ushbu xatolikni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

EHF shakllantirishda
QQSdan imtiyozga ega mahsulot (xizmat)lar uchun stavkaga mos imtiyoz tanlanadi.

Misol uchun, EHF toʻldirishda “QQS stavka %” ustunida “0%” koʻrsatilsa, “Imtiyoz” ustunida ushbu stavkaga mos ID (imtiyozli) tanlanishi shart.

Ushbu ustunlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir-biriga mos kelmasa EHF shakllantirish operator tomonidan avtomatik rad etiladi.

Bu soliq to'lovchilarda xatolarni oldini olish va soliq hisobotlarida imtiyozli aylanmani to‘g‘ri shakllantirish uchun xizmat qiladi.
__________
#НДС #ЭСФ #льготы

При формировании ЭСФ всплывает уведомление "Указан недопустимый код льготы для товара (услуги)". Что нужно сделать, чтобы исправить эту ошибку?

При формировании ЭСФ для товаров (услуг), имеющих льготу по НДС, нужно выбрать льготу, соответствующую ставке НДС.

Например, если при заполнении ЭСФ в столбце "Ставка НДС %" указать "0%", то в столбце "Льгота" нужно выбрать соответствующий этой ставке ID льготы.

Если информация, отраженная в этих столбцах, не совпадает друг с другом, в формировании ЭСФ будет автоматически отказано оператором.

Это служит предупреждению ошибок налогоплательщиков и правильному формированию льготного оборота в налоговой отчетности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM