Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.47K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
75 files
5.9K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#bilasizmi

🚫 Quyidagi joylarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

▫️madaniy meros obyektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
▫️bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida;
▫️muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida;
▫️chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;
▫️maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlariga 20 metr masofa orasida;
▫️sun’iy inshootlarda (to‘xtash bostirmalari, erosti o‘tish joylari, ko‘priklar, tunnellar, transport bog‘lamalari va yo‘l o‘tkazgichlar);
▫️piyodalar o‘tish joylarida;
▫️velosiped yo‘laklarida;
▫️qatnov qismining xavfli burilishlarida;
▫️loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
▫️qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
▫️transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
▫️“To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.

👉 VM-485-son qarori 03.08.2021 yil

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SOLIQ_KODEKSI
#107_modda

⚡️Soliqlarni to'lash majburiyati mol-mulk garovi bilan taminlanishi mumkin.

👉Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo'yuvchi o'rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to'lovchining o'zi yoki uchinchi shaxs garovga qo'yuvchi bo'lishi mumkin.

Soliq to'lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to'lash bo'yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo'yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxlik soliqchilar olti oy davomida 5252 ta tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarni bartaraf etib berdi

Viloyat soliq boshqarmasi va uning shahar-tuman inspeksiyalari xodimlari tomonidan “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoyiliga ko‘ra yangicha – “tadbirkorbay” tizimi asosida 4 bosqich va 9 ta yo‘nalishda tadbirkorlarga tizimli ko‘mak ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

“Harakatlar rejasi”ga muvofiq joriy yilning o‘tgan davrida 604 ta yangi tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlarning yuridik manziliga borgan holda ularning rahbar va hisobchilariga uchrashgan holda qonun buzilishlaridan saqlash maqsadida soliq ma’murchiligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Segmentlash natijasida 6511 ta tadbirkorlik sub’ektlarning muammolari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, soliq organlariga aloqador 5252 ta tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam berilib, kamchiliklari bartaraf qilindi.

Jumladan; ortiqcha xarajatlar va qonun buzilishlaridan saqlash maqsadida 4935 ta tadbirkorlik sub’ektlarining soliq hisobot-kitoblarini to‘ldirib, elektron yuborishda ko‘maklashildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Yarim yilda qurilish korxonalari 4 trln so‘mga yaqin ortiq soliq to‘langan

2023-yil yanvar-iyun oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 911 ta yuridik shaxs tomonidan 3,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 546,1 mlrd so‘mi, ya’ni 13,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 5,2 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 33,1 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS238 mlrd so‘m;
foyda solig'i123,5 mlrd so‘m;
JShODS - 75,5 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 72,3 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 13,8 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 13 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 10 mlrd so‘m.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Ishlab chiqaruvchilar yarim yilda 19 trln so‘m soliq to‘lagan

2023-yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 70 814 ta yuridik shaxs tomonidan 19,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 9 trln so‘m 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 73,8 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1 trln so‘mni tashkil etgan.

👆Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS - 3 trln so‘m;
aksiz solig'i - 1,7 trln so‘m;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 1 trln so‘m;
foyda solig'i - 783,7 mlrd so‘m;
JShODS - 486,9 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 442,2 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 381 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 179,3 mlrd so‘m;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 47,3 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 911,5 mlrd so‘m.

*NKMK va OKMK AJdan tashqari.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra,
Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,0 % ga o‘sdi va 13 414,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_marka

Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2023-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. (VMQ-313 26.07.2023 yil)

▪️Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab:
▫️ ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishda (import kilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
▫️yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda “Davlat belgisi” DUKga murojaat qilishlari mumkin.
▫️ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda savdodan olinadi.

🗓 Aroq mahsulotlarining saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha, Sog‘likni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda 24 oydan ortiq etib belgilanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

2023-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan tekshirishlarda umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘mga teng alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 397 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 42 962 dona 725,7 mln soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.
Xususan:
- 335 ta tadbirkorlik subyektida 30 087 dona 600,8 mln soʻmlik;
- 62 nafar
fuqaroda 12 875 dona 124,9 mln soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 286 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 39 680 quti 450,1 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:
- 33 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 15 206 quti 212,3 mln soʻmlik;
- 253 nafar
fuqarodagi 24 474 quti 237,7 mln soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

👉Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
___________
#маркировка

Пресечен незаконный оборот алкогольной и табачной продукции стоимостью более 1 млрд сумов

В ходе проверок, проведенных в январе-июне 2023 года, выявлена незаконная торговля алкогольной и табачной продукцией на общую сумму 1,2 млрд сумов.

У 397 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию алкогольной продукции, предотвращена незаконная продажа 42 962 единиц алкогольной продукции на сумму 725,7 млн сумов без акцизных марок, с акцизными марками старого образца и поддельными акцизными марками, без соответствующих документов, а также без цифровой маркировки.

В частности, изъята нелегальная алкогольная продукция:
- у 335 субъектов предпринимательства 30 087 единиц на сумму 600,8 млн сумов;
- у 62
граждан 12 875 единиц на сумму 124,9 млн сумов.

У 286 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию табачной продукции, предотвращена незаконная продажа 39 680 пачек табачной продукции на сумму 450,1 млн сумов без акцизных марок, а также без цифровой маркировки:
- у 33 субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную торговлю 15 206 пачек на сумму 212,3 млн сумов;
-
у 253 граждан 24 474 пачек на сумму 237,7 млн сумов.

👉Подать обращение о незаконной торговле алкогольной и табачной продукцией можно через систему "Налоговый партнер"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Diqqat, Diqqat! ChELLENJ «Men mol-mulk va yer solig‘imni to‘ladim”

Mazkur chellenjga ustoz jurnalist Asad Mustafev ham qo‘shildi
.

👉Siz solig‘ingizni to‘ladingizmi?

📌Bizni chellenjga Siz ham qo‘shiling!

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzaxda davlat byudjeti: Asosiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi

Jizzax viloyatiga 2023 yilning birinchi yarim yilligi uchun viloyat byudjet daromadlariga 970,7 mlrd so‘m prognoz belgilanib, haqiqatda 1090,1 mlrd so‘mga yoki 112 foizga bajarilib 119,4 mlrd so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlandi.

O‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan tushumlarni o‘sish sur’ati 138 foizni (+298,6 mlrd so‘m) tashkil etdi.

Shu jumladan, joriy yilning 2-choragi uchun byudjet daromadlariga belgilangan 522,8 mlrd so‘m prognoz, haqiqatda 573,9 mlrd so‘mga (110 foiz) bajarilib 51,1 mlrd so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlanib, o‘tgan 2022 yilning 2-choragiga (421,7 mlrd so‘m) nisbatan 152,3 mlrd so‘m (136 %) ko‘p mablag‘ undirishga erishildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston qonunchiligida 2023 yil 1 avgustdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi.

Tadbirkorlar hisob raqamidan mablag‘larni noqonuniy ravishda yechganlik uchun — jinoiy javobgarlik

📌11 avgustdan tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Ota-onalar farzandlarining ta’limi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha daromad solig‘idan ozod etiladi

📌2023 yil 1 avgustdan

Farzandlarning respublika ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab

📌2023 yil 1 avgustdan

Endilikda ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Yangi tizim ish boshladi

Jizzaxda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish va qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash asosida soliq tushumlarini ko‘paytirish maqsadida Zomin tumanida viloyat ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda.

Ishchi guruhi tarkibida viloyat soliq, iqtisodiyot va moliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, savdo-sanoat hamda davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmalari, tijorat banklari, viloyat prokuraturasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari biriktirilgan.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#raqamlashtirish

Yarim yilda sohalar bo‘yicha korxonalar qancha soliq toʻlagan?

Ishlab chiqarish - 19 trln so‘m;
Xizmat - 9 trln so‘m;
Savdo - 8 trln so'm;
Qurilish - 4 trln so‘m;
Umumiy ovqatlanish - 445 mlrd so‘m.
________
#цифровизация

Сколько налогов уплатили за полгода организации в различных сферах?

Производство - 19 трлн сумов;
Обслуживание - 9 трлн сумов;
Торговля - 8 трлн сумов;
Строительство - 4 трлн сумов;
Общественное питание - 445 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasidan 1,4 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘landi

Joriy yilning iyun oyida 2,5 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 134,2 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 1,8 mlndan ortiq iste'molchiga 98,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun hisoblangan yana 2,3 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📱
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1,4 trln so‘mdan oshdi.

Tasdiqlanish jarayonida bo‘lgan keshbeklar qachon tasdiqlanadi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉“Soliq” mobil ilovasida qaysi cheklarga va nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini oson bilib olish mumkin
__________
#кешбэк

Через мобильное приложение Soliq выплачено свыше 1,4 трлн сумов кешбэка

В июне
этого года более 2,5 млн потребителей накопили 134,2 млрд сумов кешбэка. Из них около 1,8 млн потребителей выплачен кешбэк в размере 98,1 млрд сумов.

Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 2,3 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📱Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1,4 трлн сумов.

Когда будет подтвержден кешбэк
, находящийся в процессе подтверждения

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyihalar yaratilayapti

Oliy Maslis huziridagi NNT va boshqa fuqarolik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi granti bilan ishbilarmonlik ayollar assotsiatsiyasi Jizzax viloyat bo‘limi «Tadbirkorlik-rivojlanish omili” loyihasini bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etayapti.

Loyiha doirasida ayni paytga qadar shahrimizdagi “Alisher Navoiy”, “Tinchlik” va “ Madaniyat” mahallarida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari, kir sovun, kir yuvush kukini qanday ishlab chiqarilishi, daromad va xarajatlar mustaqil ishlash uchun besnes-reja tuzish asosida o‘rgatildi.

Eng muhimi, qisqa vaqt oralig‘ida bu ishga qiziquvchilar soni sezilarli ortmoqdva.

Binobarin, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirishga, turmush farovonligini yuksaltirishga imkon yaratmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM