Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.3K subscribers
11.7K photos
1.52K videos
78 files
6.02K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
G‘allaorolda soliqchilar tomonidan “qizil” toifadagi yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

G‘allaorol tumanida 4- sektor mas’ullari “qizil” toifadagi 31 nafar yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarini o‘rganishmoqda.

Ular sektorga qarashli mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha ish olib borishmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzaxda soliq tizimini mahalla darajasigacha tushirish bo‘yicha yangi tizim ish boshladi

Hududlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash asosida soliq tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha Zomin tumanida ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Ishchi guruh tarkibida viloyat soliq boshqarmasi, iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, savdo – sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, tijorat banklari, davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari biriktirilgan.

Batafsil: https://bit.ly/3KbVVpz

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Diqqat, Diqqat! ChELLENJ «Men mol-mulk va yer solig‘imni to‘ladim”

Mazkur chellenjga kardiolog vrach Ozodbek Kamolov ham qo‘shildi

👉Siz solig‘ingizni to‘ladingizmi?

📌Bizni chellenjga Siz ham qo‘shiling!

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kreditga sotib olingan avtomobilni sotishda soliqlar qanday hisoblab chiqariladi

– Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi tomonlari shartnoma narxini kelishuvga ko‘ra belgilashga haqli FK 356-m.. Bunda tovarni kreditga sotish shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilishi mumkin FK-422-modda.

Keltirib o‘tilgan vaziyatda avtomobilga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishi kredit to‘liq so‘ndirilgan va bitim davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Avtomobilga bo‘lgan huquq o‘tkazilgandan so‘ng darhol uni sotmoqchi ekanligingiz bois, hisobda uni tovar sifatida aks ettirish lozim.

Avtomobilni sotishda sizning korxonangizda QQS va foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi.

QQS

Soliq bazasi unga QQS summasini kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi SK 248-modda.

Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to‘lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo‘li bilan nizolashishga haqli SK 248-modda. 4-qism. Sizning holatingizda bozor qiymati baholovchi tashkilotning xulosasi bilan tasdiqlangan.

Foyda solig‘i

Agar tovarning chiqib ketishi chog‘ida zarar yuzaga kelgan bo‘lsa, u iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi sharti bilan SK 305-modda, ya’ni avtomobil bozor narxida realizatsiya qilingan taqdirda chegirib tashlanadigan xarajat hisoblanadi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Jismoniy shaxslarning 970 mlrd so‘mdan ortiq qarzi hisobdan chiqarildi

2023-yil 14-iyundagi PQ-192-son qarorga asosan 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.

457,5 mingta yakka tartibdagi tadbirkor uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 476,8 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida 1 013 ta tadbirkorlik subyektlariga 613,9 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
👉Soliqlarni kechiktirish yoki bo'lib to'lash bo'yicha videoqo'llanma

👆Hududlar kesimida batafsil maʼlumotlar infografikada.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

“E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha my.soliq.uz va my3.soliq.uz (test rejimida) portalidagi soliq to'lovchi shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborish mumkin.
_________________
#e_imtiyoz

Для правильного и автоматического формирования в отчетности налоговых льгот необходимо подать заявление через “E-imtiyoz”.

Автоматизированная информационная система “E-imtiyoz” доступна для:
✔️ юридических лиц,
✔️ индивидуальных предприниматели, являющихся плательщиками налога с оборота и НДС.

👉Подать обращение по использованию налоговой льготы можно через персональный кабинет налогоплательщика на my.soliq.uz и my3.soliq.uz (в тестовом режиме).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Xabarlar

Baxmal tumani 4-sektor rahbari tomonidan Bunyodkor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

👉@JizzaxMTRKradio👈
Audio
#Xabarlar

Paxtakor tumani 4-sektor rahbari mahallalar mas'ullari faoliyatini o'rgandi.

👉@JizzaxMTRKradio👈
#Bilganingiz_foyda

MOLIYAVIY IJARA VA LIZING

📄Shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) o‘n ikki oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:👇🏻👇🏻

📍moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga o‘tkazilsa;

📍moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa;

📍moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga ega bo‘lsa;

📍moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.

♻️Moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni Soliq kodeksida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shartnoma bo‘yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.

❇️Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo‘lgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Yarim yilda onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 103 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-iyul holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 106 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 405,6 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 103,6 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan:
▫️ Onlayn-NKTdan foydalanadigan tadbirkorlik subyektlari 11,2 mingtaga yoki 7%;
▫️cheklar soni 163,1 mlntaga yoki 67%;
▫️tovar aylanmasi 29,8 trln so‘mga yoki 40% o‘sdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

📱Onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.

🖥 Virtual kassa
— fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslari.

👉VMQ-943 23.11.2019-yil

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilikda yangilik

To‘lovchilarning qaysi toifalariga ijtimoiy soliq 6 baravar kamaytirildi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z xodimlari uchun (cavdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) to‘lashi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq mikdori BHMning 6 baravaridan BHMning 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda.

Bu 16.06.2023 yildagi O‘RQ-847-son Qonunda nazarda tutilgan.
Shu hujjat bilan “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga – ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish qismida o‘zgartirishlar kiritildi.

Shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda:

– chorvachilik;
– issiqxona xo‘jaligi;
– parrandachilik;
– quyonchilik;
– asalarichilik;
– baliqchilik;
– bog‘dorchilik;
– limonchilik;
– gulchilik bilan shug‘ullanayotgan:

• shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi;
• shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band uning oila a’zolari;
• fuqarolar – ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar, mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

O‘RQ-681-son Qonunning ilgarigi tahririda quyidagilar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lashning sharti bo‘lgan:

1) kamida 0,04 gektar yer uchastkasi;
2) qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda.

📌Hujjat 2023 yil 17 iyundan kuchga kirdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Diqqat, Diqqat! ChELLENJ «Men mol-mulk va yer solig‘imni to‘ladim”

Mazkur chellenjga Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Bahtiyor Tog‘aev ham qo‘shildi

👉Siz solig‘ingizni to‘ladingizmi?

📌Bizni chellenjga Siz ham qo‘shiling!

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Diqqat, Diqqat! ChELLENJ «Men mol-mulk va yer solig‘imni to‘ladim”

Mazkur chellenjga O‘z.A muxbiri Abdujalol Qayumov ham qo‘shildi

👉Siz solig‘ingizni to‘ladingizmi?

📌Bizni chellenjga Siz ham qo‘shiling!

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#bilasizmi

🚫 Quyidagi turdagi tovarlarning ko‘chma savdosi taqiqlanadi:

❗️ texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar;

❗️tez buziladigan tovarlar (sovitkich yoki muzlatkich bilan jihozlangan hollar bundan mustasno);

❗️yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

❗️bolalar oziq-ovqat mahsulotlari;

❗️hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qo‘shimchalar;

❗️aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

❗️hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

❗️diniy mazmundagi materiallar;

❗️qonunchilik hujjatlari bilan ko‘chma savdo ob’ektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.

👉 VM-485-son qarori 03.08.2021 yil

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM