Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.57K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Jizzax shahar hokimligi soliq inspeksiyaga mahalliy byudjetdan 240 mln so'm ajratdi

Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi.


Joriy yilning birinch yarim yilligida Jizzax shahar soliq inspeksiyasi tomonidan shahar mahalliy byudjetini ortig'i bilan bajarilganligi hisobidan shahar hokimligi tomonidan inspeksiya ixtiyoriga jami 240 mln. so'mlik moddiy-texnik vositalar xarid qilindi. Jumladan, 15 dona zamonaviy monoblok, 10 dona Canon 3010 printeri, 2 turdagi 140 dona stullar, 3 dona konditsioner va 2 dona muzlatkich xarid qilindi.

Mazkur vositalar isnpeksiyada faoliyat yuritayotgan xodimlarga qulay sharoit yaratish orqali ish unumdorligi oshishiga sabab bo'ladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Солиқ бўйича 10 саволга 10 жавоб

Бугун кўпчиликда солиқ тизими юзасидан савол мавжуд. Қуйида муҳим саволларга жавобларни илиндик.

1️⃣ Савол: Меҳнатга лаёқатсизлик кунлари учун тўланадиган тўловдан даромад солиғи ундириладими?
Жавоб

2️⃣ Савол: Ўзимнинг ҳовлимда помидор етиштираман. Етиштирилган ҳосилни маҳалламдаги кўчада сотсам, мен қанча ва қандай солиқ тўлайман?
Жавоб

3️⃣ Савол: Юридик шахс қайта ташкил этилганда солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар қандай тўланади?
Жавоб

4️⃣ Савол: Агар фуқаро асосий иш жойидан ташқари, яна қўшимча равишда 2 та ташкилотда ишласа, ушбу ҳар учта ташкилотдан оладиган иш ҳақидан 12 фоизлик ставкада жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ҳисобланаётган бўлса, у жами йиллик даромадлари ҳақида солиқ идорасига декларация топшириши шартми?
Жавоб

5️⃣ Савол: Ипотека кредитига олинган мол-мулк сотилса, кредит ва фоизлар учун даромад солиғи тўланадими?
Жавоб

6️⃣ Савол: Ходимнинг 26 ёшга кирмаган фарзанди олий ўқув юртига суперконтракт асосида ўқишга кирса, ЖШДСдан имтиёз қўллаш мумкинми? Суперконтракт суммаси катта эканлиги бу имтиёзни қўллашга тўсқинлик қилмайдими?
Жавоб

7️⃣ Савол: Солиқнинг ортиқча тўланган суммасини қайтариб олиш мумкинми?
Жавоб

8️⃣ Савол: Кимларга мол-мулк солиғи бўйича имтиёзлар берилган?
Жавоб

9️⃣ Савол: Болалари хусусий мактаб ва боғчага борадиган ота-оналарга қандай солиқ имтиёзи бор?
Жавоб

🔟 Савол: Кредит уюшмасига маблағ қўйилган тақдирда олинадиган фоиз ва бошқа даромаддан қандай ставкада солиқ тўланади?
Жавоб

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

"Mahalla byudjeti" tizimini joriy etish orqali mahallalarining moliyaviy imkoniyati yanada kengaytirilmoqda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning birichi yarmida soliq huquqbuzarliklari haqida 68 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 68 129 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan: Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida 2780 mingga yaqin murojaat yo‘llangan

🔹2 348 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹121 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹38 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹273 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

🔍Murojaatlar asosida 982 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100 % holatda (982 ta) huquqbuzarlik tasdiqlangan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Qanday hollarda korxona kameral soliq tekshiruviga tushishi mumkin

Kameral soliq tekshiruvi – bu soliq organlari tomonidan masofadan turib, soliq to‘lovchining majburiy tashrifisiz amalga oshiriladigan nazoratdir.

Odatda ushbu tekshiruv uchun hujjatlarni almashish kifoya qiladi. Ammo, bunga aslo yengil qaramang, chunki uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish ancha qiyin bo‘ladi.

Kim kameral soliq tekshiruvidan o‘tadi

Soliq inspeksiyasi kameral soliq tekshiruvi davomida yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan ishlayotgan tadbirkorlar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini tekshiradi.

Kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan soliq hisoboti va soliq organi ixtiyorida bo‘lgan boshqa hujjatlarni tahlil etish natijasida tayinlanishi mumkin.

Tahlil «Tahlika-tahlil» avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu dasturni joriy etish inson omilini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, buning natijasida soliq to‘lovchilardan biri e’tibordan chetda qolishi yoki aksincha, soliq organlarining jiddiy e’tiboriga tushishi mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Stavka o‘zgargan bo‘lsa, import qilingan tovarni sotishda QQS qanday hisoblanadi

O‘zbekiston hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chog‘ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chog‘ida byudjetga haqiqatda to‘langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas SK 248-m. 5-qisim.

Tovarlarni realizatsiya qilish chog‘ida realizatsiya qilish sanasida amalda bo‘lgan stavka qo‘llaniladi SK 258-m.. Binobarin, sizning vaziyatingizda tovarlarni realizatsiya qilish chog‘ida QQS summasi realizatsiya qilish qiymatidan (biroq bojxona qiymatidan past bo‘lmagan qiymatdan) 12% stavka bo‘yicha aniqlanadi.

Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli ekanligini hisobga oling.

Siz bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etgan holda nizolashishga haqlisiz SK 248-m. 4-qisim.

Tovarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda byudjetga 15% stavka bo‘yicha to‘langan QQS summasini siz barcha hisobga olish shartlariga rioya qilingan taqdirda hisobga olishga haqlisiz SK 266-moddasi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
e-auksion.uz platformasi orqali 380 dan ortiq ko'chmas mulklarni sotib oling.

💒Arnasoy tumani 16 ta👉🏼 (ko'rish)
💒 Baxmal tumani 20 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 G'allarol tumani 23 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 Sh.Rashidov tumani 21 ta👉🏼 (ko'rish)
💒 Do'stlik tumani 37 ta 👉🏼(ko'rish)
💒Zomin tumani 12 ta 👉🏼(ko'rish)
💒 Zarbdor tumani 29 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 Mirzacho'l tumani 16 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 Zafarobod tumani 10 ta 👉🏼(ko'rish)
💒 Paxtakor tumani 14 ta 👉🏼(ko'rish)
💒 Forish tumanidan 5 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 Yangiobod tumani 10 ta 👉🏼 (ko'rish)
💒 Jizzax shahridan 167 ta 👉🏼 (ko'rish)

Mazkur mulklarni shaffof tarzda, xarid qilishingiz mumkin.

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Soliqchilar nogironligi bor shaxslarning xonadonlarini ta’mirlashda ko‘maklashadilar

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish, muammolarini hal etish borasida ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida manzilli ishlarni olib bormoqda.

Kuni kecha sektor rahbari Forish tumani “Ko‘lba” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, nogironligi bor oilalarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tez kunlarda 4- sektor rahbarining tashabbusi bilan nogironi bor shaxslarning xonadonlarida ta’mirlash ishlari boshlab yuboriladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram