Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.38K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.97K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Audio
Yaqin yillar ichida Do‘stlik tumanida 4- sektorga qarashli hududlarda loy ko‘chalar qolmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qaroriga ko‘ra, Do‘stlik tumanida bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Yarim yilda 50 mingga yaqin yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan

2023-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 569 014 tani tashkil etdi. Oxirgi olti oyda 49 062 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh xodimlar uchun ijtimoiy soliq PF-61-son Farmon bo‘yicha qanday qaytariladi

2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda davlat ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini to‘liq qoplab beradi. Bu Prezidentning 26.04.2023 yildagi PF-61-son Farmonida nazarda tutilgan.

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, UF (UK)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno.

Barcha qolgan ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqni qaytarish uchun shart – bunday xodimning 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi. Qaytarish yettinchi oydan boshlanadi.

Ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi respublika byudjetidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Audio
#sayyor_qabul

Sayyor qabullarda 52 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-iyun oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 6 094 ta sayyor qabulda 70 ming murojaat yo‘llangan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi muammolarini hal etish – eng muhim vazifa

Bugun Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli G‘allaorol tumanining “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 78-sonli maktab binosida bo‘lib o‘tmoqda.

G‘allaorol tumani 4- sektorida 8 ta mahalla, 8168 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 10356 ta oila istiqomad qiladi. Aholi soni esa 42281 nafarni tashkil etadi.

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari J.Dostonov aholi bilan muloqotlar chog‘ida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni imkon qadar joyida hal etishga e’tiborni qaratdi.

Tadbirda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, aholining muammolarini bartaraf etish, ajratilayotgan kredit va subsidiyalar, ta’lim kreditlari berilishi borasida suhbatlashdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan elektr ta’minoti, tabiiy gazga ulanish, tibbiyot muassasasini jihozlash, tadbirkorlik faoliyatida duch kelinayotgan ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Ommaviy qabulda ko‘rib chiqilgan masala va muammolar muhokama qilinib, ularning aksariyati qonunchilik talablari asosida hal etildi. Qolgan masalalar yechimi bo‘yicha tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Audio
#Xabarlar

Jizzax viloyati 4-sektor rahbari Forishda mas'ullar bilan muloqot qildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Audio
#Sayyor_qabul

Aholi muammolarini hal etish – eng muhim vazifa

Bugun Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli G‘allaorol tumanining “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 78-sonli maktab binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilikdagi yangiliklar

❗️“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

Hukumat qarori bilan (279-son, 07.07.2023y.) “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik sub’ektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi

🔰 Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, bunda:
Kamol Irgashev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1- o‘rinbosari

➡️Batafsil
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Audio
#imtiyoz

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM