Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#QQS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#munosabat

"Munosabat" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Soliq islohotlari, raqamlashtirish, soliq nazorati tadbirlari, jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i mavzusiga bag‘ishlandi

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonun_loyihasi

Deputatlar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

🔸11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti ogʻir” boʻlgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish;
🔸foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishini bekor qilish;
🔸davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish;
🔸kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer soligʻini hisoblash tartibi qoʻllanishini toʻxtatib turish;
🔸elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qoʻllab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish.

👉Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi
__________
#законопроект

Депутаты одобрили внесение изменений в Налоговый кодекс

На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса депутатами принят в первом чтении проект закона «О внесении изменений и дополнений в Налоговый кодекс Республики Узбекистан, в связи с совершенствованием отдельных положений порядка исчисления налогов».

Документом предусматривается:

🔸предоставление временных налоговых льгот 47 районам 11 областей с тяжелыми условиями;
🔸отмена повышенных ставок
налогов на имущество и землю в отношении собственников неиспользуемых объектов;
🔸совершенствование порядка налогообложения земельных участков, предоставленных в аренду, отведенных государственным органам, учреждениям и организациям на праве постоянного пользования;
🔸приостановление порядка исчисления земельного налога по налоговой ставке в трехкратном размере для собственников жилых домов без кадастровых документов;
🔸развитие специализированных центров электротехнических предприятий путем стимулирования внедрения инновационных технологий.

👉Общественное обсуждение законопроекта

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#KESHBEK

Savol: Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Javob: Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📩 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚Soliq kodeksining 393-moddasi

🔠🔠🔠🔠🅰️🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🅰️ asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

🔹mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

🔹ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

🔹moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

🔹ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📩 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#savol_javob
#PQ_57

Quyosh paneli o‘rnatgan tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari bor?

Prezidentning 2023-yil 17-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-Qarori bilan:

2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — o‘n yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📩 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Deputatlar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti ogʻir” boʻlgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish;
foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishini bekor qilish;
davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish;
kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer soligʻini hisoblash tartibi qoʻllanishini toʻxtatib turish;
elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qoʻllab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📩 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

To‘lanmagan ayrim soliqlar va jarimalardan voz kechiladi. Kimga qanday imtiyoz?

Mol-mulk va yer solig‘ini vaqtida to‘lamagan 4,4 mln fuqaroning penya to‘lovlaridan kechib yuborildi. Hujjatsiz yer uchastkalari uchun 3 karra oshirilgan soliq to‘xtatib turiladi. Ayrim YaTTlarning soliqlari va jarimalaridan voz kechiladi. Fermerlar va issiqxonachi tadbirkorlarga ham yengilliklar bor. DSQ matbuot kotibi Kun.uz’ga kimlarga qanday yengilliklar berilayotgani haqida batafsil gapirib berdi.

Prezident qarori bilan jismoniy shaxslar va tadbirkorlarga vaqtincha soliqlardan yengilliklar berilyapti. O‘zgarishlarni Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Dildora Hoshimova tushuntirib berdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📩 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

Kimlar uchun soliq qarzi, penya va jarimalar bekor qilindi?

Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi kun.uz muxbiri bilan suhbatda Prezident qarori bilan soliq to‘lovchilarga berilgan yengilliklar haqida batafsil tushuntirish berdi.

📹 Youtubeda tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliqchi_komakchi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 1,7 trln soʻmlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi

2023-yil 1-iyun holatiga:

🔹xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi;
🔹ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
👉 PQ-192-son 14.06.2023-yil

Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida:
▪️2144 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllanilgan jarima boʻyicha yuzaga kelgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi;
▪️1631 ta
subyektga 2,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi;
▪️4170 ta
subyektga 5,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

tadbirkorlik faoliyati va daromad olish uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlarida foydalanilgan suv uchun-
YaTTlar uchun belgilangan soliq stavkalari

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga - dehqon   xo‘jaliklari uchun belgilangan soliq stavkalari  qo‘llaniladi.

Soliq summalari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

2023-yil yanvar-may oylarida onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 87 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-iyun holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 488 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 339,7 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 87,4 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

🔸 Jizzax viloyatida 6 272 ta chek rasmiylashtirilib, ular bo`yicha aylanma 1 418 mlrd so`mni tashkil qildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan:
▫️ Onlayn-NKTdan foydalanadigan tadbirkorlik subyektlari 8 053 taga yoki 5%;
▫️cheklar soni 138,2 mln taga yoki 69%;
▫️tovar aylanmasi esa 25,9 trln so‘mga yoki 42% o‘sdi.

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

Joriy yilning 5 oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 61 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 61 286 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹57 202 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹2 435 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹97 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹1 552 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 34 412 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 22 569 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,6 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yil davomida to‘langan mukofot summalari 21 942 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 10,9 mlrd soʻmga yetdi.

Jizzax viloyatida 2023-yil davomida to‘langan mukofot summalari 823 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 4,1 mlrd soʻmga yetdi.

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-iyun

iyun oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 июня 2023 года последний день

за июнь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda 2025-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

🔸QQSni va boshqa soliqlardan mavjud ortiqcha toʻlovni qaytarish 1 kun muddatda amalga oshiriladi
🔸QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi
🔸Soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi
🔸
Ayrim soliq toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz bir yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Viloyat 4-sektor rahbari Baxmal tumanida sayyor qabul o'tkazdi

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #uchrashuv

“Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida Jizzax viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

Navbatdagi muloqot G'allaorol tuman soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik sho'basi xodimlari tomonidan korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda soliq tizimida ko'p uchrayotgan qonunbuzilish holatlari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Jizzaxda jurnalistlarga cho‘l hududlaridagi 4-sektor mahallalariga press tur uyushtirildi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun Arnasoy tuman soliq inspeksiyasi mas’ul bo‘lgan 4-sektor hududida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida press tur tashkil etildi. Unda tumanidagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sektor tomonidan olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishtirib o‘tildi.

Батафсил

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1