ЖАМОАТ НАЗОРАТИ 🇺🇿
10.6K subscribers
21.7K photos
16.4K videos
84 files
22.3K links
Саҳифадаги ҳолатлардан маълумот олиш учун ёки мурожаатингизни шахсийимга юбориш учун қуйидаги Nickname орқали юзланинг!

@Alain_Christophe

Мурожаат учун: @Murojaatchilargabot
Download Telegram
#tezkor_tadbir

Toshkent viloyatida metan “zapravka” 37 mlrd 534 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi


Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda gaz taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda 17 fevral kuni Toshkent viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “O.P.P.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri koʻzdan kechirilganida, yashirin yoʻllar bilan qoʻshimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 37 mlrd 534 mln soʻm (25 mln 23 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍9👏1
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida suv nasosi stansiyasi va 1 ta AGTKSH 3 mlrd so‘mlikdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “E.G.S.” MCHJga qarashli AGTKSHning elektron gaz hisoblagichi monifolt qismiga ‘rnatilgan tamg‘a uzilib, jami 2,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Toshloq tumanida joylashgan Farg‘ona nasos stansiyasi energetika boshqarmasi Toshloq tumani bg‘limiga qarashli suv nasosi uskunalarini elektr tarmoqlariga noto‘g‘ri ulanishi natijasida 2 ta holat aniqlandi. Buning natijasida jami 808,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hurmatli Iste’molchilari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
😇2🔥1👏1😁1
#Tezkor_tadbir

Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan "Sh.I.D." MChJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 7 mlrd 143 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Hurmatli Iste’molchilar!
Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Жамоат назорати
👍2🤔1
#Tezkor_tadbir

Qarshi shahridagi tibbiyot muassasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovutish tizimini (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 mlrd 182 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI
👍1
#Tezkor_tadbir

Marg‘ilon shahridagi
AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida joylashgan “S.F.G” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida elektron gaz hisoblagich konfiguratsiyasiga gaz quvuri diametri 100,09 mm bo‘lishi o‘rniga 109,09 mm kiritilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.


Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI
👍2
#Tezkor_tadbir

AI-80 rusumli avtobenzinni asossiz sotmasdan saqlab turgan AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi to‘xtatildi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYOQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlandi.

Xususan, Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MChJga qarashli AYOQSH o‘rganilganda joriy yilning oktabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganligiga qaramasdan, 10-, 16-, 18-oktabr kunlari davomida jami 11,3 tonna AI-80 rusumli avtobenzin birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmasdan xaridorlarga sotilmaganligi aniqlandi.


Bu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MChJga qarashli shoxobchada ham kuzatilib, 19 931 litr miqdordagi AI-80 rusumli avtobenzin asossiz sotmasdan saqlab turilganligi hamda 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr miqdordagi avtobenzin shoxobcha hududida saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 5 ta AYOQShda ya’ni “S.O.757” MCHJ, “O.X.” MCHJ , “B.O.X.” MCHJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYOQShlarda AI-80 rusumli avtobenzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
👍1
#Tezkor_tadbir

Gaz taʼminoti korxonasiga qarashli maishiy gaz ballonlari fuqaro xonadonida noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro xonadonida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Xususan, Izboskan tumani, "Anorzor" MFY, "To‘raobod" ko‘chasi fuqaro I. S. ga qarashli xonadonda tashkil etilgan "bunker"da gaz taʼminoti korxonasiga qarashli boʻlgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 140 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda saqlanayotgani maʼlum boʻlgan.


Mazkur qoidabuzarlik holati boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilidi.

https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI
👍2
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona tumanida 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQSHlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona tumanida joylashgan “V.H.O."MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI
👍10🤣5🔥4👏2😱1
#tezkor_tadbir

Sirdaryo viloyatida “Metan zapravka” 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

Joriy yilning 8-fevral kuni “O‘zenergoinspeksiya” markaziy apparati mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida joylashgan “P. M. G.” MChJga qarashli AGTKSHDA nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Mutaxassislar tomonidan AGTKSHning gaz hisoblagichini ko‘zdan kechirishga borilganda, shoxobchaning gaz hisoblagichi o‘rnatilgan xonadan noma’lum shaxs qo‘lida har xil kabellar bilan chiqib, ushbu joydan qochib ketgan. Shundan so‘ng, gaz hisoblagich ko‘zdan kechirilganda hisoblagichning aloqa tarmog‘i (porti) uzilmaganligi kuzatilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi shubha qilinib, hisoblagich konfiguratsiyalarini tekshirtirish uchun yechib olinishi bildirilganda, AGTKSH rahbarlari tomonidan to‘sqinlik qilingan va hisoblagichni yechib olishga qarshilik ko‘rsatilgan.

Shu vaqtda kutilmaganda Sirdaryo tumani IIB tezkor vakili kelib, “O‘zenergoinspeksiya” mutaxassisi A.N. ga tegishli avtomashinani ko‘zdan kechirib, shubhali ravishda noma’lum modda topib, voqeya joyidan mutaxassisni olib ketishgan.

Ushbu holat yuzasidan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra (AGTKSHning video kameralarida qayd etilgan lavhalarga ko‘ra) AGTKSH tegishli shaxslar tomonidan qasddan uyushtirganligi aniqlandi.

Tadbir davomida, jamiyatga qarashli gaz hisoblash uskunasini ma’lumotlar bazasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblariga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 740 mln so‘mni (2,2 mln m3) tashkil etgan.

Aniqlangan holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Prokuratura organiga yuborildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu tadbirkorlik subyektida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish takroran sodir etilgan bo‘lib, ya’ni inspeksiya mutaxassisi tomonidan 2024-yilda mazkur AGTKSH rahbariga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan 2 ta AGTKSHda (“S.A.L.” va “M.G.” MChJlar) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlab, jami 28,3 mlrd so‘mlik zarar hisob-kitob qilingan.


Жамоат назорати
👍4🔥2👏2👀1
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida 858,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yozyavon tumanida fuqaro M. M. ga qarashli choyxonaning gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘idan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 858,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI
2