Iysoxon Yahyo | Blog
1.22K subscribers
58 photos
11 videos
35 links
▫️Biznesmen | Praktik
▫️Ta'lim loyihalari boshqaruvida 3+ yillik tajriba
▫️Ustozlarga o'quvchi yig'ishda yordam beraman

📌 Hayotda va ishda o'rganganlarimni ulashib boraman.

📱Murojaat uchun: @Manager_Iysoxon
Download Telegram
Qaysidir bosqichgacha eng katta risk «faloncha summa» bilan qilingani deb o’ylaysiz. Keyinroq bu aslida u qadar katta emasligini tushunib qolasiz. Lekin ungacha ancha vaqt o’tgan bo’ladi. )

📌 @Iysoxon
💔53❤‍🔥2
Qanchalik ko‘p narsani sinab ko‘rsangiz, shunchalik tezroq natija bo‘ladi.

Loyihalarimizda har doim nimadir yangi narsani sinab ko‘ramiz.
Ba’zisi o‘xshaydi, ba’zisi esa yo‘q.

Keyin jarayonni tahlil qilamiz:
o‘xshaganini takrorlaymiz va yaxshilaymiz.
O‘xshamaganini esa takrorlamaymiz.

Siz ham sinovdan qo‘rqmang.
Chunki nazariyalar qog‘ozda bo‘ladi, natija esa amaliyotda.

📌 @Iysoxon
12🔥4❤‍🔥2👍2
Har doim nimadirlar boshlab yuraman. O’zim bilib yoki bilmay yelkamga nimadir mas’uliyat ovolaman. Agar shunday qilmasam, yashamayotgandek his qilaman o’zimni.

Ko’pincha muammoga kirib qolishimning asosiy sababi ham shu bo’lsa kerak.

Bugun ham @ustozlar_jamiyati’da yangilik boshlayapmiz. Agar siz ustoz bo’lsangiz, keyingi 30 kun siz uchun ham foydali bo’lishi aniq.

Kanalga ulanishga ulgurmagan bo’lsangiz, 👉 hoziroq qo’shilib oling.

📌 @Iysoxon
🔥63👍2❤‍🔥1👏1
Sarafan marketing, ya’ni tavsiya orqali mijoz topish — xizmat ko‘rsatish sohasidagilar uchun eng muhim usul.

Atrofimdagi yigitlar tavsiya orqali bir vaqtning o‘zida 20 dan ortiq loyiha bilan ishlayapti. Lekin ko‘pchilik e’tibor bermaydigan jihat bor:

Kimdir sizni boshqalarga tavsiya qilganini eshitsangiz, imkon qadar o‘sha insonga rahmat ayting.

Bu — avvalo odob.
Undan tashqari, bu siz bilan o‘sha inson orasidagi munosabatni mustahkamlaydi. Natijada u sizni yana boshqalarga tavsiya qiladi. U ham, siz ham xursand.

Ko‘pchilik bu kichik detalni e’tiborsiz qoldiradi. Siz unday qilmang, shunda uzoqqa borasiz.

📌 @Iysoxon
14🤝9❤‍🔥4
Shunaqasi ham bo’lib turadi…

Xabaringiz bor, do’stim Zakariyya ijtimoiy tarmoqlarda arab tili bo’yicha kontentlar joylashni boshladi. Lekin Instagramda 12 mingdan oshiq obunachisi bor profilni o’chirishimizga to’g’ri keldi.

Chunki profil «o’lib qolgan», jonlantirish imkoni bo’lmadi. Yangi profilga ilk kontentlarni joylashni boshladik.

Profilga o’tib, videoga izoh yozsangiz va layk bossangiz, ko’pchilik uchun foydali bo’ladi. Rahmat)

👉 Profilga o’tish
🔥85❤‍🔥2👍1🤝1
Bolalikda qahvani shakar va sut aralashtirib ichardik. Sekin-sekin sut qo’shmaslikni boshladik. Keyin shakarsiz, keyin esa ikki hissalik amerikano.

Agar qahvada shu darajaga kelgan bo’lsangiz, demak, hayotingizda bundan ko’ra achchiqroq nimadirlar bor.

***

Ishlarni to’g’ri taqsimlay olishni boshlagan vaqtingizda haqiqiy biznesmenga aylanishni boshlaysiz. Bir akamizning ta’rifi bilan aytganda, kuchli tadbirkor — kuchli mutaxassis emas, to’g’ri joyga to’g’ri insonlarni qo’ya olgan odamdir.

***

Hech kim his qilolmaydigan va biror inson yechim berolmaydigan og’riqlarni tun va yolg’izlikka topshirish kerak. O’sha paytda ko’p narsa hal bo’ladi.

***

Men uchun risk qilmasdan, mas’uliyat olmasdan yashash — o‘limga teng ekan. Ana shu energiya 50 yoshdan keyin ham bo’lishini va to’xtab qolmaslikni juda-juda istardim…

***

Yana nimadir demoqchi edim, buguncha yetadi. )

📌 @Iysoxon
👍107❤‍🔥6🔥2
«Zapusk» jarayonlari ajoyib — aniq ishlaydi degan narsang umuman ishlamaydi. Unchalik yaxshi chiqmadi deganing zo’r bo’lib ketadi. Shunaqa paytda natija bizning qo’limizda emasligini yana bir bor his qilaman.

📌 @Iysoxon
❤‍🔥98🔥4👍1
Sohada kuchli mutaxassis ko’p, lekin muomalali, jamoa yoki hamkor bilan ishlay oladigan va eng muhimi yo’qolib qolmaydiganlar juda kam.

📌 @Iysoxon
👍11❤‍🔥7👏42🔥1
Kimdir “menda hammasi joyida, umuman kamchilik yo‘q” desa, bu odam yo boriga shukr qilib yashayapti yoki aldayapti.

Chunki bu dunyoda hammasi 100% mukammal bo‘lishi mumkin emas. Nimadir baribir yetmay qoladi. Shunisi bilan ham qiziq bu dunyo.

***

Yillar davomida bir narsani sezdim: hayotdagi voqealar bizni yaxshiroq tarbiyalaydi. Avval hissiyotlar bilan yashaymiz — keyin esa asta-sekin aqlni ustun qo‘yishni o‘rganamiz.

***

Har qanday insonni yurakka yaqin olish — eng katta xatolarimizdan biri bo‘lishi mumkin. Quyosh ham uzoqroqda bo‘lsa, iliqlik beradi. Juda yaqinlashsa, kuydiradi.

***

Hasad — qalbni sekin yemiradi.
Agar biror sohada eng zo‘ri bo‘lishni istasang, hasadni to‘xtat. Faqat o‘zing bilan ovora bo‘l…

***

Insondagi tezlik — ikki qirrali qurol.
U seni cho‘qqiga olib chiqishi ham, qulatishi ham mumkin.
Ammo unga biroz ehtiyotkorlik qo‘shilsa, katta marralarga yetish mumkin.

📌 @Iysoxon
❤‍🔥7👍43🔥3
MentorPro — katta onlayn maktabiga ilk qadam qo’ydik, alhamdulillah. 🥹

Darslar uchun alohida dizayn, logolar tayyorlandi.

Eng muhimi onlayn maktabimiz uchun platforma tashkil qilindi. Baholash tizimi, uyga vazifalarni topshirish va mukofotlash joriy qildik.

Eh, qayda bor bunday kurs deyapman o’zimga-o’zim. Kimga maza, o’quvchilarimga maza bo’ladi endi, nasib. 🫠

@ustozlar_jamiyati
👍105🔥5❤‍🔥4
Shaharlar — depressiya manzili. Buning bir sababi sun’iylik ko’pligi bo’lsa, ikkinchisi shovqin.

Tabiat qo’ynidagi yolg’izlik buning davosi deb o’yladim. Chunki ruh tabiiylikni sevadi.

Ayni kunlarda ko’ngil ana shunday sokinlik va uzun yo’l istaydi..

📌 @Iysoxon
🔥83❤‍🔥2
Taksi haydovchisi uxlab qolmaslik uchun 3 ta energetik ichdi va insultga uchradi.

Toshkentda qizlar sovg’aga olgan gullarni sotadigan auksion paydo bo’ldi
.

Men vaziyatga realroq qarashni yaxshi ko'raman, lekin bu ikki voqea meni ga’lati holatga tushirib qo’ydi.

Chunki shu ikkisini birlashtirganda aksar o’zbek erkaklarining hayotini ko’rish mumkin: u uxlamasdan ishlaydi, o’zini unutadi va sevganiga gul sovg’a qiladi. Gul orqali mehr-muhabbatini ko’rsatmoqchi bo’ladi.

Va o’sha hissiyotlar sariq chaqaga sotiladi…

📌 @Iysoxon
👍1411❤‍🔥6💯4🔥1
Level up

Bolaligimda telefonda strategik o’yinlar o’ynardim. Barchasida qandaydir pul birligi va dushmanlar bo’lardi.

Boshida kichik pul evaziga nimadir qura olasiz, keyinroq hammasi qimmatlashib boradi.

Avvaliga kichik dushmanlar bilan olishasiz, sizga faqat o’zingizga mos raqib chiqadi. Keyinroq siz kuchayganingizda ularning o’rniga kuchliroqlari keladi.

Hozir o’ylasam, hayotda ham shunday ekan: Talabalik vaqtlarimda moliyaviy masalalarim uzog’i 100-200 ming so’m bilan hal bo’lardi.

Keyinchalik yuzlik dollarlarga o’tdi. Yana keyin mingliklar haqida gaplashadigan bo’ldik, usiz ishimiz bitmaydigan bo’ldi.

Ya’ni muammolar tugamadi, o‘zgarmadi ham.
Shunchaki kattalashdi va davom etyapti.

Demak, vahima qilish emas keyingi bosqichga moslashish kerak.
Bu — level up.

📌 @Iysoxon
❤‍🔥9🔥87👍1
Shikoyatdan yechimga

Sizga istalgan vaziyatda yordam bera oladigan bitta muhim ko‘nikma bor — bu muammoni hal qila olish.

Bilim, tajriba yoki aniq kasbingiz bo‘lmasligi mumkin. Lekin muammoni hal qilishga harakat bo‘lsa, uzoqqa borasiz.

Oddiy inson vaziyatni «muammo=shikoyat» sifatida ko‘radi.
Muammoni hal qiladigan inson esa “nima bo‘ldi va endi nima qilamiz?” formatida fikrlaydi.

Aynan shu fikrlash tarzi bugun hammaga kerak. Masalan, menga ham bilimdan ko‘ra fikrlash tarzi va «soft skill» muhimroq.

Jamoamda shunday yigit-qizlarni ko‘rishdan xursand bo‘laman. Va bor bilimlarimni ularga o‘rgatishga tayyorman.

Agar jamoada men bilan birga rivojlanmoqchi bo‘lsangiz, menejerim kontaktini o‘zingiz toping va yozing.

Bu siz uchun birinchi topshiriq bo‘ladi.
Kutaman. 😉

📌 @Iysoxon
7🔥6❤‍🔥2👍2
Ba’zida seni shunchaki gap-so’zlarsiz anglashlarini istaysan. Chunki bu paytda na gapirishga, na tushuntirishga qodir bo’lmay qolasan...

📌 @Iysoxon
👍10🔥5💯5❤‍🔥22
Kechki tavsiya

Achchiq qahvani yaxshi ko’raman. Ish bilan bir joyga kirgandim, qahvasi juda zo’r ekan. Va men 2 hissalik espressodan 3 ta ichib yuboribman.

Va’da beraman, bu xatoni boshqa qilmayman. Siz ham buni takrorlamang. Bo’lmasa, 02:30 da post yozib o’tirasiz. 😅

📌 @Iysoxon
😁243🔥1
Oldinlari “sen bilan ichilgan choy boshqacha” degan gaplarni ich-ichimdan anglamasdim.
Endi tushundim — sog‘inchli choy ekan. )

***

Ichingda olov bormi, uni jilovlashga urin.
Eplolmasang, qayergadir yo‘naltir. Ishon, ‘yondirib yuborasan’.

***

Yaqinlar ham ikki xil bo‘ladi:
ruhga yaqinlar va shunchaki qaysidir manfaat yo‘lida birlashganlar.

Birinchisini topish qiyin.
Topildimi — yo‘qotib qo‘yma.

***

Jamoa yig‘ishda ichki sezgini ham hisobga olish kerak. Aks holda noto‘g‘ri ruhiyat shakllanadi va qurilib bitgan bino buzilib ketadi.

📌 @Iysoxon
10👍5❤‍🔥2💯2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍149❤‍🔥6🔥3👏2💯2
— Shu ishingdan nima topasan?
— O’zimni…

📌 @Iysoxon
👍63❤‍🔥3🔥1
Akrom Malikning “Halqa” asarida qahramonlar ko‘p.
Ammo Abdulloh Yorqin hikoyasi ich-ichigacha va eng nozik nuqtalariga ta’riflangan, ta’sirli yozilgan. Nega?

Chunki insonning tasavvur ufqi qanchalik keng bo‘lmasin,
u o‘zi bosib o‘tgan, yashab ko‘rgan narsani tasvirlagandek boshqa narsani tasvirlab bera olmaydi.

Muallif qaysidir ma’noda Abdulloh Yorqin hayotini yashab ko‘rgani uchun ham bu hikoya shunchalik ta’sirli chiqqan, deb o‘ylayman.

Demak, tajriba shunchaki bilim yoki tasavvur emas — ancha kuchliroq narsa.

📌 @Iysoxon
👍105👏3💯2❤‍🔥1🔥1