Ba’zida seni shunchaki gap-so’zlarsiz anglashlarini istaysan. Chunki bu paytda na gapirishga, na tushuntirishga qodir bo’lmay qolasan...
📌 @Iysoxon
📌 @Iysoxon
👍10🔥5💯5❤🔥2❤2
Kechki tavsiya
Achchiq qahvani yaxshi ko’raman. Ish bilan bir joyga kirgandim, qahvasi juda zo’r ekan. Va men 2 hissalik espressodan 3 ta ichib yuboribman.
Va’da beraman, bu xatoni boshqa qilmayman. Siz ham buni takrorlamang. Bo’lmasa, 02:30 da post yozib o’tirasiz. 😅

😁22❤3🔥1
Oldinlari “sen bilan ichilgan choy boshqacha” degan gaplarni ich-ichimdan anglamasdim.
Endi tushundim — sog‘inchli choy ekan. )
***
Ichingda olov bormi, uni jilovlashga urin.
Eplolmasang, qayergadir yo‘naltir. Ishon, ‘yondirib yuborasan’.
***
Yaqinlar ham ikki xil bo‘ladi:
ruhga yaqinlar va shunchaki qaysidir manfaat yo‘lida birlashganlar.
Birinchisini topish qiyin.
Topildimi — yo‘qotib qo‘yma.
***
Jamoa yig‘ishda ichki sezgini ham hisobga olish kerak. Aks holda noto‘g‘ri ruhiyat shakllanadi va qurilib bitgan bino buzilib ketadi.

❤10👍5❤🔥2💯2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤8❤🔥6🔥3👏2💯2
👍6❤3❤🔥3🔥1
Akrom Malikning “Halqa” asarida qahramonlar ko‘p.
Ammo Abdulloh Yorqin hikoyasi ich-ichigacha va eng nozik nuqtalariga ta’riflangan, ta’sirli yozilgan. Nega?
Chunki insonning tasavvur ufqi qanchalik keng bo‘lmasin,
u o‘zi bosib o‘tgan, yashab ko‘rgan narsani tasvirlagandek boshqa narsani tasvirlab bera olmaydi.
Muallif qaysidir ma’noda Abdulloh Yorqin hayotini yashab ko‘rgani uchun ham bu hikoya shunchalik ta’sirli chiqqan, deb o‘ylayman.
Demak, tajriba shunchaki bilim yoki tasavvur emas — ancha kuchliroq narsa.

👍10❤5👏3💯2❤🔥1🔥1
Muammolarga ikki xil qarash mumkin — og‘ir tosh yoki yengil paxta kabi.
Ularni hal qilishga kirishganda og‘ir toshni ko‘tarishga bel bog‘lagandek jiddiy yondashish kerak.
Ammo o‘ylashga va qabul qilishga kelganda, ularga xuddi yengil paxtadek qarash lozim.
Chunki asab tolalarimiz juda nozik — ular toshlarni ko‘tara olmaydi.

💯10🤝4🔥2❤🔥1❤1
Hayot asta-sekin insonlarga ishonmaslikni o’rgatib qo’yadi, boshqacha aytganda shunga majburlaydi.
***
Jim turganingda hamma seni kuchli inson deb o’ylaydi. Gapirishing bilan mutaxassis emasliging oshkor bo’ladi.
***
Asosiy e’tirozlar ziyoli, adolatli shaxslardan kelyaptimi, demak, jarayonni qaytadan ko’rib chiqish shart.
***
Inson aql va ruhiyat birlashgan mavjudot. Hissiyotlarni aql boshqarishini o’rganmasak, ancha qiynalamiz.

🔥9💯7❤🔥3❤3
Ko’ngil ishiga mas’ul emasmiz, lekin uning ortidan keladiganlarga javobgarmiz.
Tushuntiraman: insonga xos hissiyotlar — sevgi-muhabbat, g’azab va nafrat kabilarga hech kimning e’tirozi yo’q. Kimnidir sevish yoki nafratlanish bu inson boshqarishi qiyin jarayon.
Ammo ana shu hislar bizni nimadir yomonlikka undasa va o’sha ishni qilsak, bunga javob berishga majburmiz.
Bizlarga o’rnak bo’lgan zot ham kimnidir sevganlar yoki yomon ko’rganlar, ammo shu sabab kimgadir zulm va adolatsizlik qilmaganlar. Mana shu eng to’g’ri yo’ldir…

❤5👍4🔥4🤝4💯1
Maqsadni kattaroq qo’yginki, yarmiga yetganingda ham boshqalardan ancha oldinda bo’lasan.
📌 @Iysoxon
📌 @Iysoxon
🔥18❤5❤🔥2👍2😁1
Forwarded from Premium fikrlar
Premium Fikrlarni youtubeda boshladik!
Har qanday qo'llab-quvvatlashdan xursand bo'laman )
https://youtu.be/Q_HzkH4mbPE

YouTube
Tasavvur qila olganlar yutadi
Telegram kanal: https://t.iss.one/premiumfikrlar
00:00 – Tizer
00:58 – Mas'uliyat oling
06:20 – Tasavvur bilimdan muhimroq
10:26 – To‘xtating, rivojlanasiz
14:37 – Salohiyat yetishmovchiligi
00:00 – Tizer
00:58 – Mas'uliyat oling
06:20 – Tasavvur bilimdan muhimroq
10:26 – To‘xtating, rivojlanasiz
14:37 – Salohiyat yetishmovchiligi
🔥9
“Uzum Bank” ilovasi men uchun qulay. Deyarli barcha kartalarim, amaliyotlar shu orqali bo’lardi. Bundan 3-4 oy oldin ilova ishlamay qoldi.
Operator va texniklar bilan qayta-qayta gaplashdim, lekin foydasi bo’lmadi. Ishlarim qiyinlashib qolgandi.
Bugun ham 1 soatcha vaqtim shu texnik muammolar bilan o’tdi. Lekin birdan ilova ishlab ketdi-yu. Uhh, dedim. Boshqacha bo’lar ekan.
#insayt
Qo’limizda bor imkoniyat sezilmaydi, oldimizdan oqib turgan suv ko’zga ko’rinmaydi. Lekin yo’qolib qolsa, keyin aniq bilinadi.
Gohida ne’matlar olib qo’yilishi ham bejiz emas: hammasi bizni tarbiyalash uchun…

👍11❤8❤🔥4
Biznesga ozroq aralashishni boshlasangiz, jarayonlarni raqamlarda o’lchashni boshlaysiz. Va natijada sizga yakka shaxslar emas ko’pchilik, boshqacha aytganda foizlar nisbati qiziqroq bo’lishni boshlaydi.
Bu bir tarafdan yaxshi, chunki hech qachon hammani rozi qilolmaysiz. Foizda hisoblaganda ko’proq inson sizdan rozimi, demak, hammasi joyida.
Bir tarafdan esa yomon, chunki ko’pincha yakka shaxslarning fikrlarini unchalik e’tiborga olmay qo’yasiz va bu kattaroq xatoga olib borishi mumkin.
Demak, ikki o’rtani ushlay olish muhim…

💯10❤🔥3❤2
Fokus — diqqatni yig’ish haqida hamma gapiradi.
Lekin juda kam inson buni eplay oladi.
Bir g’oya, bir yo’nalish, bir ish yoki bir mavzuga to’liq diqqat qaratib ishlash va chalg’imaslik juda qiyin. Shuni qila olganlar boshqalardan zo’r bo’lib ketaveradi.
Chunki mashaqqatli vazifalarni zimmasiga oladiganlar har doim kam bo’ladi.

👍6🔥4❤🔥2❤1💯1
100% intizomli bo’lish 99% insonlarning qo’lidan kelmaydi. Agar siz ham shu ko’pchilik ichida bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang.
Nimadir yaxshi odatni shakllantirishni boshladingiz va to’xtab qoldimi, yana qayta boshlang. Chunki tashlab qo’yishdan qo’rqib umuman bajarmagandan ko’ra 10% bo’lsa-da, amalga oshirgan yaxshiroq.
O’sha 1% ichida emasligimiz ayb emas, shunga intilmasligimiz haqiqiy muammo.
To’xtamang, siz kuchlisiz. Biz kuchlimiz.

🔥11👍6❤4
Muammolar ko’payib ketdimi?
Xuddi butun dunyoning ishlari ustingizga qulagandek bo’lyaptimi?
Stress va tushkunlikka tushib qoldingizmi?
Unda juda qarib qolgan insonlarni ziyorat qiling yoki qabristonga boring. Nega?
Chunki shu insonlar ham qachondir sizniki kabi tashvishlarni katta muammo deb bilardi:
Sizda 10 ming qarzingiz bo’lsa, 100 ming qarzdan qutilganlar qaridi va vafot etdi.
Yaqinlaringiz tashlab ketgan yoki xiyonat qilgan bo’lsa, undan kattaroq muammolarga kirganlar ham o’tdi.
«Bunisi endi hal bo’lmaydi», deganlarning bugun o’zi ham, o’sha muammosi ham yo’q.
Xotirjam bo’ling.

🔥9❤5❤🔥3
Nima haqida maqtanib gapirilsa, shundan sinov kelishini ko’rdim.
«O’zi men ancha sabrli insonman» — sabringiz sinalishiga tayyor turing.
«Hammaning xarakterini qabul qila olaman» — tabiati eng og’ir insonlarni kutavering.
«Kompaniyam kuchli tizimda ishlaydi, zo’r tizim qura olaman» — tez orada tizimingiz ishdan chiqqanini ko’rib, hammasi aslida sizga bog’liq bo’lmaganini ich-ichingizdan his qilasiz.
Bunga o’xshagan holatlarni qayta-qayta ko’rganim uchun o’zimga eslatma bo’lsin dedim:
Maqtanma, tilingga ehtiyot bo’l. Natijalarni o’zinga ko’p bog’lab yuborma va aslida hammasi sendan emasligini his qil. Bo’lmasa, O’zi anglatib qo’yadi.

👍13❤🔥4❤4🎉2🔥1🤝1
Men hech qachon to’xtatolmaydigan ish bor — yozish.
Fikrlarimni yetkazish uchun yozaman.
Stressdan chiqish yoki taskin topish uchun yozaman.
Muhabbatim izhori yoki g’azabim ifodasi uchun yozaman.
Eslab qolish yoki butunlay unutish uchun ham yozaman.
Video kontent chiqarmay qo’yishim, umuman yuzimni ko’rsatmasligim mumkin. Lekin ming kishi kuzatsa ham, o’n kishi o’qisa ham, hatto bir o’zim uchun ham yozaveraman.
Siz ham yozing. Shunda meni aniq tushunasiz…

❤15👍6❤🔥2🔥2👏1🎉1
O’zgarmoqchi edingmi?
Qara, sen hozirgacha yo kecha, yoki bugun uchun yashading.
O’tib ketgan ishlarga siqilding va kelajak uchun uzun orzular qilding. Shu ikkisi orasida bugunni yo’qotding.
Aslida sen yagona ega bo’lgan narsa bugun edi.
Kechadan xulosa qil va uning og’riqlaridan voz kech.
Kelajak uchun qayg’urishdan to’xta.
O’zgarish uchun dushanba, oy boshi yoki yana allanimalarni kutayotgan edingmi?
O’sha kun bugun keldi. Bugun birinchi kun. Bugundan boshla.
#ozimga
Go’zal va barakali oy muborak! 🌙

👏7❤🔥5❤3🔥3👍1