Isroil Ziyoyev
99 subscribers
132 photos
37 videos
7 files
100 links
Murojaat uchun: @liorsiToshvil
Download Telegram
#rasmiy

Tayinlov

Axmedov Jaxongir Payzullayevich
— Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimining o‘rinbosari – lnvestitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Axmedov 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2003-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Qibray tumanidagi Fayzobod mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
#rasmiy

Tayinlov

Isroilov Dilshod Toxirjanovich
— “O‘zagrosug‘urta”aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

D.Isroilov 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Zangiota tumanidagi Tokzor mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
#rasmiy

Tayinlov

Isayev Azamat Akramovich
— Qishloq xo'jaligi vazirligining Investitsiya va tashqi-savdo bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

A.Isayev 1984-yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2006-yil Samarqand davlat jahon tillari institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Zangiota tumanidagi Obod-turmush mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Тана массаси индекси (ТМИ)

ТМИ = m / h²
m – вазн (кг)
h – бўйингиз баландлиги (метр)

Мисол учун: тана вазни 70 кг, бўй баландлиги 1,7 метр.
Ҳисоблаш:
ТМИ = 70 / (1,7 x 1,7)
TМИ = 24,2
24,2 — бу нормал.

Ҳисоблаб, ўзингизда чиққан сонни суратдан кўринг👆
#tahlil
#faoliyat

Yuqori natija koʻrsatgan 21 nafar hokim yordamchisi yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hokim yordamchilari xalqqa hisobot bermoqda

Ma’lumki, hokim yordamchilari o‘zi faoliyat yuritayotgan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash orqali xalqning turmushi farovon bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Ayni vaqtda hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan xalqqa hisobot bermoqda. Bugun Piskent tumani Istiqlol, G‘ayrat va Birlik mahallalarida hokim yordamchilarining 2022 yilda amalga oshirgan ishlari va 2023 yilgi rejalari mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida belgilab olindi.

Taqdimotda viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi vakili I.Ziyoyev, tuman bo‘limi boshlig‘i S.Qo‘chqorxo‘jayev, tuman kengashi deputatlari qatnashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Факт_24

⚡️1000 нафар салоҳиятли кадрлар резерви шакллантирилди

Резерв Президент Ш.Мирзиёев раҳбарлигида 2022 йилнинг 4 август куни кенгайтирилган тарзда ўтказилган видеоселектор йиғилишида, маҳаллалардаги ҳоким ёрдамчилари, ёшлар етакчилари ва хотин-қизлар фаоллари орасидан юқори натижаларга эришган 1 000 нафарини Салоҳиятли кадрлар резервига киритиш кўрсатмаси ижросини таъминлаш мақсадида шакллантирилди.

Эндиликда Салоҳиятли кадрлар резервига олинган номзодлар қуйидаги ишларни амалга оширади:

▫️шахсий ривожланиш режасини ишлаб чиқади ва
амалга оширади;
▫️масофавий таълим платформаси орқали онлайн малака
оширади;
▫️Давлат бошқаруви академиясида малака ошириш курсларида иштирок этади;
▫️вазирлик, идора ва маҳаллий ҳокимликларда амалиёт (дублёрлик) ўтайди;
▫️Хорижий стажировкага юборилади ва раҳбарлик лавозимига тавсия этилади.

Салоҳиятли кадрлар резервига олинган номзодлар малака ошириш натижаларига кўра, уларнинг рейтинги шакллантирилади. Номзодлар меҳнат фаолиятининг ижобий натижалари ҳисобга олган ҳолда раҳбарлик лавозимларига тавсия этиб борилади.

🟢Номзодларни саралаш жараёнлари ҳақида лавҳада батафсил.

Каналга уланиш - t.iss.one/argos_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

Viloyatda aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2022-yilda ular 432 mingdan ortiq vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga jalb qilingan.

Jumladan, 10 mingga yaqin ishsiz fuqarolar kasb-hunurga oʻqitildi. Xorijdan qaytgan fuqarolardan 71, 8 foizining ichki mehnat bozorida bandligi taʼminlandi.

Mavjud 1 022 ta mahallada hokim yordamchilari koʻmagida oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holati hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilish va ehtiyojlar tahlil qilinishi natijasida band boʻlmagan 251 mingdan ortiq kishining bandligi taʼminlandi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Ziyodbek Yoʻldoshev,
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi:


2023-yilda hokim yordamchilari koʻmagi bilan 250 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 35 mingga yaqin loyihalar uchun jami 850 milliard soʻmlik pul kreditlari ajratilish rejalashtirilgan.

13 ta mikromarkaz tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzReport.news
Piskent tumani hokimligi "Tashmore"da dam oluvchilar uchun mehmon uylari qurmoqchi

Shuningdek, hududdan oʻtgan katta magistral yoʻl boʻyiga yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi oʻtovlar oʻrnatiladi. Toshkent dengizi sohilida choʻmilish havzasi tashkil etilib, skuter va qayiqlar olib kelinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/piskent-tumani-hokimligi-tashmoreda-dam-oluvchilar-uchun-mehmon-uylari-qurmoqchi

@uzreport_uz
#rasmiy

TAYINLOV

Yoʻldashov Ziyodbek Xamletovich Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Z. Yoʻldashov 1981-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Ziyoyev
#rasmiy TAYINLOV Yoʻldashov Ziyodbek Xamletovich Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Z. Yoʻldashov 1981-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot…
Раҳбар ўзи ким? Раҳбар ўзига ишониб топширилган муассаса фаровонлиги, равнақи, ривожланиши ва бу ерда фаолият юритаётган ходимларни тақдири, ижтимоий-иқтисодий ҳаётига ижобий ўзгаришлар олиб кира оладиган, Ватан ва халқ учун оқкўнгил ва соф иймон билан ишлайдиган, ўзи яшаб турган жамияти ва юртини ёрқин келажаги учун бор салоҳиятини ишга соладиган, ҳалол, пок ҳамда тоза виждон соҳибидир.
#Диққат #Тарқатинг
⚡️Ўзбекистонда пора олган, берган, воситачилик қилган 20 йилгача қамалиши мумкин

Сенат жиноят кодексидаги коррупцияга оид жиноятлар учун жавобгарликни кучайтириш ҳақидаги қонунни маъқуллади.

Унга кўра:
— Ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш (205-модда) ҳамда Ҳокимият ҳаракатсизлиги (208-модда)жиноятлари ғаразли ниятларда содир этилган бўлса, беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш;

— Пора олганлик (210-модда), пора берганлик (211-модда) ва пора олиш-беришда воситачилик қилганлик (212-модда) учун йигирма йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси қўлланилиши белгиланмоқда.

Шунингдек, Порахўрлик жиноятларини содир этган шахслар жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинмаслиги, коррупцияга оид оғир ёки ўта оғир жиноятларни содир этган шахсларга нисбатан жавобгарликка тортиш муддатининг ўтиб кетганлиги муносабати билан жиноят учун жавобгарликдан озод қилиш қўлланилмаслиги белгиланмоқда.

Қонун Президент томонидан имзолангандан сўнг кучга киради.
Бугундан янги Меҳнат кодекси кучга кирди

👉 https://xs.uz/uzkr/96698

Расмий саҳифаларимиз 👇

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram