Ko'pchilik ishlatmaydigan - End tugmasi haqida
#foydali #qisqa_info
Klaviaturada doimiy ishlatiladigan tugmalardan tashqari, kam foydalaniladigan, lekin ancha vaqtni tejaydigan tugmalar ham bor, shulardan biri - End tugmasi.
Ko'pchilik bu tugmadan umuman foydalanmaydi, hatto borligini ham bilmaydi, lekin mani ko'p tanishlarim bu tugmadan faol foydalanishadi, ayniqsa dasturchilarning qalin do'sti).
Bu tugma standart klaviaturalarda "Delete" va "PageDown" tugmalari o'rtasida joylashadi, notebook'larda esa har xil joyda, o'qib topib olarsiz. Ba'zi Notebook'larda bu tugma o'z vazifasini bajarishi uchun Fn tugma bilan birga bosilishi ham mumkin.
Demak, bu tugma bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
— End. Kursorni darhol qator oxiriga o'tkazish. Kursor yurishi mumkin bo'lgan istalgan joyda ishlaydi: Word matn muharririda, notepad'da, hattoki brauzerning adres yozadigan joyida.
— Shift+End. Kursor turgan joydan, qator oxirigacha yozilgan barcha yozuvni belgilaydi.
— Ctrl+End. Biror matn muharririda(Word, Notepad), xujjatni oxiriga darhol tushiladi.
Shu ishlarni teskarisini "Home" tugmasi bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov
👉 @informatika