Informatika va AT
8.5K subscribers
1.13K photos
609 videos
598 files
1.53K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.iss.one/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
​​VPN degan tushuncha yana ommalashmoqda, uning vazifasini yaxshilab tushunib oling (1-qism)
#nazariya #foydali

Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.

VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday: bunday dastur orqali kirib bo'lmaydigan saytlarga kirish mumkin, hech kim man kirganimni bilmidi, tez ishlidi, hammani aldashim mumkin vahakazo.
Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?

VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:

1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.

Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.

☝️
Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.

Ishlash prinsipi:
VPN
server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol:
Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov

👉 @Informatika
​​Kompyuterni o'chirganingizda qanday jarayonlar sodir bo'ladi 🤔 #nazariya

Kompyuter yonish/o'chishi o'z ichiga bir nechta jarayonlarni oladi.

Demak, Windows tizimida kompyuterni o'chirish buyrug'ini berganingizdan so'ng, quyidagi ketma-ketliklar sodir bo'ladi:

1. Dastlab, shutdown.exe utilitasi ishga tushadi, bu utilita kompyuter o'chishiga javob beradi.
2. Agar ishlayotgan dasturlar bo'lsa, sizdan bu dasturlarni nima qilishni so'raydi: dasturlarni darhol o'chiraymi yoki kompyuterni o'chirishni to'xtatib, o'zingiz o'chirishingiz uchun imkoniyat beraymi. Bu bosqichda kompyuterni o'chirishni to'xtatish mumkin.
3. Keyin, Windows fon rejimida ishlaydigan barcha dasturlarni, hamda tizimda ishlayotgan xizmatlarni(DNS, DHCP, EFS,...) o'chiradi.
4. Kompyuterga ulangan qattiq disklar uziladi, USB orqali ulangan fleshkalar ham shu bosqichda uziladi.
5. Oxirida, kompyuteri tezkor xotirasidagi barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

Bundan kelib chiqadiki, ishlayotgan dastur, utilita, xizmatlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha kompyuter sekin o'chadi.

☝️Agar kompyuterni tugma orqali darhol o'chirsangiz, shuncha jarayon bo'lmaydi yoki chala bo'lib, keyingi yoqilishida muammolar bo'lishi mumkin. Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍6