INFINITY TEAM | al-Khwarizmi
267 subscribers
298 photos
32 videos
103 links
🚀 Muhammad al-Xorazmiy IT maktabining ekologik muammolarga yechim bo'ladigan ixtirolar ustida ishlash uchun "INFINITY TEAM" telegram kanali!

📌Kuzatib boring: https://t.iss.one/Infinity_team_IT
Download Telegram
#Fizika

FIZIK LOYIHALAR KUNI


📣 03.02.2024-yil - shanba kuni maktabimiz barcha sinf o'quvchilarini FESTA-QUEST tanloviga taklif etamiz❗️

🚀Bu kun tanlov qatnashchilari uchun unutilmas quest shaklida festival tashkil etiladi! Ishtirokchilar kun bo'yi tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan ajoyib mashg'ulot, sahna chiqishlari hamda jamoaviy o'yinlar bilan band bo'lishadi.

👦👩Har bir sinfdan eng kamida bitta jamoa tarkibida 5 ta a'zodan ko'p bo'lmagan o‘quvchilar qatnashadi.

ℹ️Tanlovda ikki xil maqsadda qatnashish mumkin:
✔️ Yaratgan loyihalaringiz bilan bizni hayratda qoldiring!
✔️ Biror bir loyiha o'ylagansiz, ammo uni amalga oshirishga imkoningiz yo‘qmi? Unda, bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Bizga loyihangizni prezintatsiya shaklida olib keling. Agar 'Infinity team' jamoasini qoyil qoldira olsangiz, sizda jamoaga qo'shilish imkoniyati bor!

Talablar:
⚠️ Har bir jamoa tayyorlagan qurilmasi IT va fizika bilimlariga asoslangan holda bo'lishi(robototexnika ham bundan mustasno emas).
⚠️ Qurilma 3-fevral sanasiga qadar yakunlanishi kerak.
⚠️Jamoa tomonidan Google form ni 1-fevralga qadar to'ldirilgan bo'lishi lozim.
⚠️ Loyiha uchun o’z g‘oyasiga ega o'quvchilar individual qatnashishlari yoki 3 kishidan kam bo'lishlari; tayyor loyihasi bor o'quvchilar esa 5 tadan oshmagan holda jamoalarga birikib, sinf sha'nini himoya qilishlari lozim!

💥Yakuniy kuni jamoaviy faoliyat, oʻyinlar va koʻngilochar festivalga tayyorlaning! Bu - nafaqat fizika haqida, balki bu xotiralar yaratish haqidadir. Festival oxirida loyihani baholash va taqdirlash marosimida biz bilan birga bo'ling. Sizni ajoyib kun kutmoqda!🙂

Ro'yxatdan o'tish uchun shoshiling❗️
Savol va takliflar uchun 👈
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥3🐳2❤‍🔥1🎉1🤩1💘1👾1
#fizika #festaquest #loyiha

LOYIHALAR TANLOVI

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ”Festa Quest” festivali bo’lib o’tdi.

🔥💥Festival o’quvchilar dam olish kunlarini maroqli o’tkazish va aniq fanlarga bo’lgan qiziqishlarini ortirish uchun tashkil etildi. Ular 4 ta guruhga bo’linib qiziqarli interaktiv o’yinlar o’ynashdi va foydali ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Jamoalar orasida eng faol qatnashib:
🥇 - o’rinni ”Hufflepuff”
🥈 - o’rinni ”Slytherin”
🥉 - o’rinni ”Ravenclaw va Gryffindor” jamoalari qo’lga kiritdi

☄️Festa Questda nafaqat interaktiv o’yinlar, balki loyihalar tanlovi ham bo’lib o’tdi. O’quvchilar kreativ loyihalarni taqdim etishdi.

G'oliblar:
🥇 - o’rinni ”Flower power”
🥈 - o’rinni ”Techno Mate”
🥉 - o’rinni “Mo’jiza yarat” jamoalari qo’lga kiritdi.

Tadbirlarda siz ham faol ishtirok eting❗️
Bizni kuzating


Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥3