#Fizika
FIZIK LOYIHALAR KUNI
📣 03.02.2024-yil - shanba kuni maktabimiz barcha sinf o'quvchilarini FESTA-QUEST tanloviga taklif etamiz❗️
🚀 Bu kun tanlov qatnashchilari uchun unutilmas quest shaklida festival tashkil etiladi! Ishtirokchilar kun bo'yi tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan ajoyib mashg'ulot, sahna chiqishlari hamda jamoaviy o'yinlar bilan band bo'lishadi.
👦 👩 Har bir sinfdan eng kamida bitta jamoa tarkibida 5 ta a'zodan ko'p bo'lmagan o‘quvchilar qatnashadi.
ℹ️ Tanlovda ikki xil maqsadda qatnashish mumkin:
✔️ Yaratgan loyihalaringiz bilan bizni hayratda qoldiring!
✔️ Biror bir loyiha o'ylagansiz, ammo uni amalga oshirishga imkoningiz yo‘qmi? Unda, bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Bizga loyihangizni prezintatsiya shaklida olib keling. Agar 'Infinity team' jamoasini qoyil qoldira olsangiz, sizda jamoaga qo'shilish imkoniyati bor!
Talablar:
⚠️ Har bir jamoa tayyorlagan qurilmasi IT va fizika bilimlariga asoslangan holda bo'lishi(robototexnika ham bundan mustasno emas).
⚠️ Qurilma 3-fevral sanasiga qadar yakunlanishi kerak.
⚠️ Jamoa tomonidan Google form ni 1-fevralga qadar to'ldirilgan bo'lishi lozim.
⚠️ Loyiha uchun o’z g‘oyasiga ega o'quvchilar individual qatnashishlari yoki 3 kishidan kam bo'lishlari; tayyor loyihasi bor o'quvchilar esa 5 tadan oshmagan holda jamoalarga birikib, sinf sha'nini himoya qilishlari lozim!
💥 Yakuniy kuni jamoaviy faoliyat, oʻyinlar va koʻngilochar festivalga tayyorlaning! Bu - nafaqat fizika haqida, balki bu xotiralar yaratish haqidadir. Festival oxirida loyihani baholash va taqdirlash marosimida biz bilan birga bo'ling. Sizni ajoyib kun kutmoqda!🙂
Ro'yxatdan o'tish uchun shoshiling❗️
Savol va takliflar uchun👈
________
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube
FIZIK LOYIHALAR KUNI
Talablar:
Ro'yxatdan o'tish uchun shoshiling
Savol va takliflar uchun
________
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM