Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
641 subscribers
5.25K photos
509 videos
18 files
1.71K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#5tashabbus
#Pazandachilik

🥗 PAZANDACHILIK SOATI 🥘
(Cooking time)

🧇 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 24.01.2025 kuni o'quvchi qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus doirasida pazandachilik soati o'tkazildi.

👩‍🍳 Pazandachilik soatida pedagog-tarbiyachi Raximova Go'zal tomonidan o'quvchi qizlar Olivye salati va qovoq somsa tayyorlashni o'rganishdi.

Bundan maqsad pazandalik sirlarini o'rgatishdan iborat.
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

👏 Tabriklaymiz!

🧑‍🎓 Maktabimiz bitiruvchilaridan Shamsiddinov A’zamjon and Ahmadjonova Mehribon xalqaro IELTS va SAT sertifikatlarini qo'lga kiritib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga muddatidan oldin qabul qilindilar.

👏 Congratulations, to the next SAT and IELTS achievers from Ibrat School! Shamsiddin A'zamjon and Ahmadjonova Mehribon, as outstanding undergraduate students, have already secured admissions to five international universities ahead of time.

🔸 Franklin University Switzerland
🔸 The American University in Rome
🔸 The American University of Paris
🔸 Pace University
🔸 Long Island University
____
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#sinov

🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari  agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bitiriuvchi sinf o'quvchilaridan mahalliy OTM kirish imtixonlariga  tayyorgarliklarini diagnostika qilish maqsadida test sinovlaridan o'tkazildi.

  Test sinovlari natijalariga ko'ra o'quvchilarga yo'nalishlar va maslahatlar berildi.
___
Telegram | YoutubeFacebook | Instagram
#Tavsiya

      Kelajak ijodkorlari hozirgi zamon ijodkorlari bilan tanishib borish maqsadida yangi loyihani amalga oshiramiz!

     Bu loyihada har seshanba kuni bir ustoz ijodkor she'rlari yoki hikoyalaridan parchalarni yosh ijodkorlarga taqdim etishdan iborat bo'ladi!

     Bu galgi ilk sizlarga taqdim etadigan iste'dodli ijodkorimiz shoir Nosirjon Jo'rayevdir!

    Uning she'rlaridan parcha taqdim etmaymiz! Uning she'riy o'zaniga kirib qalbidan toshib chiqqan she'riy
parchalarini o'zingiz o'qishingiz mumkin!

KANALGA KIRISH
#Ibrat_maktabi
#Saflanish
#Yashil_makon


🗓 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 29.01.2025-yil kungi tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarni Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

🌿 Saflanish davomida 10-sinf o‘quvchisi Usmonova O‘g‘iloy tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya" mavzusida tayyorlagan taqdimoti ko‘rib chiqildi. Unda bugungi kunda ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha taqdimotda ko‘rsatib o‘tdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram