Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
983 subscribers
6.88K photos
599 videos
18 files
2.17K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Sport_bellashuvi
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

📌 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan turkum tadbirlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari o'tkazilishi belgilangan.

13.01.2025-yil kuni jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi I. Ismoilov hamda tarbiyachi-pedagog Y. Asqarovlar tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, ongi va tafakkuriga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanini singdirish hamda ularni harbiy kasbga yo‘naltirish va milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida maktabning 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning armrestling, arqon tortish va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍6
#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Ibrat_maktabi
#Saflanish
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

🗓 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarni Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

👮🏻‍♀️ Dastlab maktab direktori barchani 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tabriklab Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb ta'kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng ijodkor o‘quvchilar tomonidan she’rlar aytildi, o‘g‘il bollar o‘rtasida ko‘ngil ochar o‘yinlar tashkil etildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" очилиши ҳамда Шайх Зоид номидаги мукофот ғолибларини, шу жумладан Тошкентдаги Президент мактабини тақдирлаш маросимида иштирок этди

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в открытии "Недели устойчивого развития Абу-Даби" и церемонии награждения победителей премии имени Шейха Заида, в числе которых Президентская школа в Ташкенте

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Otalarga_tabrik
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

📌 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 8- “A” sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
5👍5
#Ibrat_maktabi
#Tadbir
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Resbublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan ma'naviy va ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir Vatanimiz madhiyasining ijrosi bilan boshlandi. Maktab direktori 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan barchani tabriklab tadbirni ochib berdi. Iqtidorli o'quvchilar tomonidan Vatanimiz hamda armiyamizni madh etuvchi qo'shiq-raqs va she'rlar bilan chiqishlar qilishdi. Qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍3