Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
#Jadidlar_izidan

"Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM