Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
655 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#pedagogik_kengash
#Ibrat_maktabi

09.01.2023-yil kuni Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida navbatdagi 3-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi.

Pedagogik kengashda Prezidentimiz 2022 yil 20-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi va xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan masalalar va ta’limga qaratilgan islohotlar. 2-chorak yakuni va o‘tkazilgan CHSB natijalari tahlili hamda I yarim yillikda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hisoboti. I-yarim yillik sarhisobi, Agentlik tomonidan 2022-2023-o‘quv yilida belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishining tahlili va 3-chorakda bajariladigan istiqbolli rejalar hamda IB maktabi dasturi bo‘yicha amalga oshiriladigan maqsad va vazifalari ko‘rib chiqildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV | Fakt 24 | IT-oromgoh: O‘quvchilar uchun 5 ta yo‘nalishda bepul saboqlar

#10jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#kun_hikmati
#ibratli_sozlar

Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

Amir Temur

* * *

Assalomu alaykum!
Bugun, 11-yanvar, 2023-yil,
chorshanba — kuningiz barokatli boʻlsin!

*

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

QOR

Uzoq, olis cho‘qqining
Libosidir oppoq qor,
Go‘yo bargsiz har shoxning
Ibosidir oppoq qor...

Yog‘ayotgan bu qorga
Shaydodirman, qolib lol
Tangrimning tuhfasiga
Hatto oshno oy hilol

Chana tortgan bolaning
Ust-boshida pag‘a qor,
Tog‘dan kelgan nolaning
Har madhida kezar qor

Kumush qish tarovati
Yashar qor zarrasida
O‘lkam eng latofatli
Asli qish pallasida!

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

SHARAF

Erta sahar. Asta ochdim ko‘zimni
Tiniq osmon. Quyosh nurli chamanim.
Shul tinchlik chun bag‘ishlangan o‘zini,
Tashakkurim qabul eting, posbonim!

Yurt sarhadin qo‘riqlovi yo‘lida,
Kurasharlar sarflab bari imkonin.
Yov uchrasa yengar o‘ng-u so‘lida,
Jasoratli, qo‘rqmas, jasur posbonim!

Jang-jadalda yot etib har qo‘rquvni,
Qalbga joylab buyuk Temur ruhini,
Ko‘rdim sizda o‘shal Manguberdini,
Alpomishdek mard pahlavon posbonim!

Sizlar borsiz, tinch uyqumiz tunlari,
Sizlar borsiz, hotirjammiz kunlari,
Sizlar borsiz, musaffodir osmonim,
Bu kun sizga ta'zim aylay, posbonim!

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Audio
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

"Askar"

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlanadi

🤵🏻‍♀️Ijro etadi:
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o’quvchilari ijrosida

✍️ Nodirabegim Shermatova

🎼 Musiqa to‘garagi rahbari Karimjon Nurmatov

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Tavsiya

▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!

Multfilmlar bilan quyida tanishishingiz mumkin!
1. “Donishqishloq hangomalari”;
2. “Charxpalak”;
3. “Dev ila qizaloq”;
4. “Tulkivoyning tavbasi”;
5. “Aqltoyning sarguzashtlari”;
6. “Jajji pari”;
7. "Qari bilganni pari bilmas";
8. "Rustam va Said";
9. "Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
10. "Kenja botir";
11. "Gʻildirakli uy";
12. "Hayot daryosi";
13. “Dovyurak oshpaz”;
14. “Kenja botir”;
15. “Spitamen”;
16. “Avtosarguzashtlar”;
17. "Zumrad va Qimmat";
18. "Zumrad va Qimmat" (yangi talqinda).

☝️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!

©️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
​​MUSTAQIL TAʼLIM OLISH BOʻYICHA TAVSIYALAR

Ilgari olgan bilimlari yetarli emas yoki ahamiyatsiz, deya xulosaga kelgan odamlar biror narsani rivojlantirishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelishadi. Agar mustaqil taʼlim olmoqchi boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalar siz uchun:

👉Maqsadlarni belgilang

Nega yangi bilimlarni oʻrganishni xohlaysiz? Ularni keyinchalik amalda qoʻllay olasizmi? Ularni qayerda qoʻllaysiz? Bu sizga nima beradi?

Oʻzingiz uchun asosiy savollar roʻyxatini tuzing. Ular besh, oʻn, yigirmata boʻlishi mumkin. Qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Ushbu savollar niyatingiz va erishmoqchi boʻlgan natijani turli tomondan koʻrishga yordam beradi. Javoblaringizni iloji boricha batafsil va aniq berishga harakat qiling, hech narsani unutmang. Ularni qayta oʻqing, toʻldiring va har doim yoningizda saqlang. Ular ajoyib eslatma boʻlib qoladi va sizni keyingi choralarni koʻrishga undaydi.

👉Reja tuzing

Rejangizda quyidagi tafsilotlargacha boʻlsin: bilimlarni qaysi vositalar yordamida oʻrganmoqchisiz? Agar kitoblar boʻlsa, unda ular qanday kitoblar, muallifi kim, nomi qanday, ularni qayerdan topishingiz mumkin? Ular bosmami yoki elektronmi? Agar ular, masalan, audio seminarlar yoki video kurslar boʻlsa, ularni qayerdan topasiz va qachon ularga vaqt ajratishni rejalashtiryapsiz? Siz boshqa oʻquv turlariga murojaat qilasizmi? Fakultativ, maxsus kurs, mahorat darslari va treninglarda qatnashasizmi? Siz qanday foydali Internet manbalaridan foydalanasiz?

Shuni yodda tutingki, bularning barchasini aralashtirmaslik kerak. Aks holda chalkashliklar paydo boʻlib, natija pasayib ketadi. Biror narsa xalaqit qilsa, uni rejangizdan chiqarib tashlashingiz kerak.

👉Vaqtni toʻgʻri tashkil eting

Mustaqil taʼlim olishda hech kim sizni oʻqi deb niqtab turmaydi. Bu kun tartibi va oʻzingizni majburlash qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ammo koʻpchilik mustaqil oʻqish yoki masofadan turib ishlashni (frilans) boshlaganida vaqtini tashkil eta olmaydi. Hali yetarlicha vaqt bor, degan taassurot paydo boʻladi va natijada muhim masalalar keyinga qoldiriladi. Bu esa shoshilib qolishga va hatto loyihalarning muvaffaqiyatsiz boʻlishiga olib keladi.

Kuniga necha soat / oyda necha kun mustaqil taʼlim olishingizni aniqlab oling. Kuniga bir soatdan ikki-uch soatgacha mashgʻulotlarga bagʻishlashingiz mumkin. Agar bu malaka oshirish, maʼlum bir sohaning mutaxassisi boʻlishga harakat boʻlsa, unda koʻproq vaqt sarflanishi kerak.

🔹Qoʻshimcha tavsiyalar

👉Atrofingizdagi odamlar bilan yangi maʼlumotlarni muhokama qiling.

👉 Mustaqil taʼlim jarayonida tashqi dunyodan uzilib turishga harakat qiling. Har qanday keraksiz fikrlar diqqatni chalgʻitadi va diqqatni jamlashga xalaqit beradi. Shu sababli, ish paytida barcha muammolarni unuting.

👉Agar kimlardir oʻqishingizga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini sezsangiz, u holda ular bilan muloqot qilish vaqtini kamaytiring. Televizor oldida yoki ijtimoiy tarmoqlarda vaqt oʻtkazishdan saqlaning.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

QISHKI TA'TIL DAVRIDA ONLAYN SPORT TANLOVIDA ISHTIROK ETING VA QIMMATBAHO SOVRINLARNI QO‘LGA KIRITING!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun onlayn sport tanlovini e’lon qiladi!

🔰I. SHARTLARI QANDAY

👨‍💻➡️ BU JUDA ODDIY

1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar o‘z uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini 3 daqiqadan oshmagan holda video tasvirga olib, 2023-yil 9-17-yanvargacha @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀

😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan holda yuborilgan video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.

🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab haqida ma'lumot.

😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣ Bitta videorolikni takroran yuborish.
3️⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
#ibratli_sozlar

YAXSHI XULQ BAHOSI

Agar inson yaxshi xulq sohibi bo'lsa, u 1 ga teng.
Agar inson husn sohibi bo'lsa, 1 ning oldiga 0 ni qo'shing, 10 bo'ladi.
Agar inson boy bo'lsa, 10 ning oldiga yana bitta 0 qo'shing, 100 bo'ladi.
Agar inson nasl-nasabli bo'lsa, yana bitta 0 qo'shing, 1000 bo'ladi.
Agar 1 raqami, ya'ni xulqi yo'q bo'lib ketsa, insonning qiymati yo'qqa chiqib, nollarning o'zi qoladi.

Abu Abdulloh Muhammad
ibn Musa al-Xorazmiy

* * *
Assalomu alaykum!
Bugun, 12-yanvar, 2023-yil,
payshanba — kuningiz hissasi behad, behisob boʻlsin!

*

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
​​#Ona_tilim

⚠️Millat tili rivoji uchun biz nima qildik? (Isyon).

🍂 Dildagi gaplar!

❗️ Jadidlar xalqi, tili va  millat oʻzligi uchun boshini "kunda"ga qoʻygan bir millat farzandi sifatida biz shunchaki ularga xiyonat qilmoqdamiz!

❗️Siz kim boʻlipsizki xalqaro daraja uchun milliy tilimizni qoʻshqoʻllab sarmoya uchun tikasiz?

❗️Til poydevori uchun bir choʻp qoʻya olmayapgan bir paytimizda til rivoji uchun ter toʻkayotganlarning gʻoʻriga gʻish tahlashga haqqimiz bormikin!

❗️Bizning ajdodlarimizning kitob va bilimlaridan dunyo foydalanayotgan xalq sifatida, tilimizni xalqaro til darajasiga koʻtarish haqida gap ketganda ensasi qotadigan darajaga yettikmi?

❗️Qachondan boshlab til muayyan bir tashkilotning yoki shaxsning mulki boʻlib qoldi faqat ulardan talab qilamiz!

❗️Qonunlarni muddao qilasiz lekin oʻzingiz xavfsizlik kamarini yechib ulovda yurasiz. Oʻzingiz tashabbus, namuna koʻrsating.

❗️Imloviy xatolarga yoʻl qoʻymang, soʻzlarni oʻzbekcha muqobilidan foydalaning va albatta lotinga butunlay oʻting! (Xattoki shaxsiy sahifasingizda ham)

❗️Faqat internet degan narsani ortiga yashirinib, millat tilidan oʻz foydangiz, obunachilaringizni koʻpaytirish uchun foydalanmang!

❗️Ayni payt tilimiz uchun eng ogʻir payt chunki biz oʻzgadan emas oʻzimizdan himoya qiladigan davrga kelib qoldik!

⚠️ Yagona millat tili uchun aravani har tarafdan tortishni toʻxtatib, kamarbasta boʻlish payti keldi!
( Tilimiz jonkuyarlaridan)

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

Oʻzbekning askari

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-"A"sinf o'quvchisi Rahimjonova Husnidaning 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni''ga bag‘ishlab tayyorlangan fotoslaydi.

——————————
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

Oʻzbekning askari

Yurgan qadamidan o‘tlar chaqnaydi,
Yurtiga dushmanni hech yo‘latmaydi.
Yov kelsa-da O‘zbek qaddin bukmaydi,
O‘zbekning askari shunday yashaydi.

Mag‘rurlik va mardlik bordir qonida,
Mardlik nishonasi alplar shonida.
O‘zbekning bek o‘g‘li, pahlavoni-da,
O‘zbekning askari sherday yashaydi.

Amir Temurlardan meros bu mardlik,
Sulton Jaloliddin kabi shiddatlik.
Pahlavon Mahmuddek ko‘p oriyatli.
O‘zbekning askari shunday yashaydi.

Najmiddin Kubrodek yovga bosh egmas,
Jonidan kechsa ham aslo tiz cho‘kmas.
Vatan qo‘rg‘onini hechkimga bermas,
O‘zbegim askari sherday yashaydi.

Abdumalikova Shoira
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9A-sinf o‘quvchisi

——————————
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetida hujjatlar qabuli boshlandi!

Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va ilg‘or materiallar muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Hujjatlar qabuli boshlandi! Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

☑️ O‘qishga ariza topshirish uchun siz:

🔗 Mazkur havolaga kirishingiz: https://newuu.uz/uz/admission/form
📝 O‘zingiz haqingizdagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

📞 Hujjat topshirish bilan bog‘liq barcha savollarga ushbu telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin: +998712024111

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook