Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar
#Tanlov

“JADIDLAR IZIDAN”


O‘quvchilarga buyuk jadid allomalarni boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali kitobxonlikka jalb etish, ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

💫 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi Namangan viloyat bosqichi ochilish marosimida maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Esanovich va tuman hokimi Sherali Abdukaxarovichlar ishtirok etib tadbirni ochib berishdi hamda yoshlarni puxta bilim olib, Vatanning asl farzandlari bo‘lishga chaqirishdi.

Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilar talqinida millat baxti uchun kurashgan jadid bobolar siymolari gavdalantirildi.


👉
Telegram
#Ibrat_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO VA MILLIY DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi Axmedova Mohinur Akmal qizi ingliz tilidan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi C1 sertifikatini qoʻlga kiritdi.

🧑‍🎓👩‍🎓 O'quvchilarmiz natijalari hali davom etadi...
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
NAMANGANDA “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovning viloyat bosqichida 9324 nafar o‘g'il – qizlar orasidan saralangan 28 nafar 6-10 - sinf o‘quvchilari uch shart asosida bellashdilar. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev qatnashib, ishtirokchilarga zafarlar tiladi. Qizg’in va murosasiz kechgan bahslarda Namangan shahridagi 27 – maktabning 8-sinf o‘quvchisi So‘g’diyona Abdumutallifova hamda Namangan tumanidagi 26 – maktabning 9 – sinf o‘quvchisi Ziyoda Qo‘chqorovalar tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati