Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
646 subscribers
4.97K photos
502 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:

“Bizning dunyodagi eng aziz va mo‘tabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.

Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.

Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.

Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.

Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.

Bugun zamonning o‘zi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar bo‘lishni talab etmoqda.

Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofitserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.

Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emasligi qayd etildi.

Endi mana shu o‘qituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi ta’kidlandi.

Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.

Mutasaddilarga bu o‘qituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.

Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔔 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni! 🎉

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar!
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrat_maktabi
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Tabrik

Maktab direktorining o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#sport

🏀 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida sportning backetbol turi bo'yicha "Direktor kubogi—2024" musobaqasiga start berildi.

🏆 Bugungi musobaqa 8-sinf o'g'il bolalar o'rtasida bo'lib o'tdi. 8-"A" sinf o'g'il bolalari g'olib bo'lib keyingi turga o'tdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram