Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
650 subscribers
4.92K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

🇩🇪 Germaniyaning "Raven Cage Zine" jurnalining 2024-yil #92-sonida maktabimizning 9-sinf o’quvchisi Shahzoda Abdullayevaning ijodiy ishlari ingliz tilida nashrdan chiqdi.
Raven Cage — elektron ko'rinishdagi (PDF) har oyda chiquvchi ijodkorlarning halqaro jurnali.

📝 Bugungi kunga qadar u AQSH, Xitoy, Moldaviya nashrlarida o’zining turli mavzulardagi maqola, tarjima va she’rlari bilan qatnashgan. Ayni paytda iqtidor egasi koreys, ingliz hamda rus tilidagi bilimlarini mustahkamlamoqda.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#imtihon_2024
#bilim_va_baholash_agentligi

🏢 Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimi Namangan shahridagi Prezident maktabiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul imtihonlarining 1-bosqich — TEST sinovlari o‘tkazilmoqda.

📍 Test joriy yilning 7-iyul kuni soat 8:00 dan Namangan viloyat Bilim va malakani baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o'tamiz: TEST sinovlari natijalari agentlik veb sahifasida e'lon qilinadi.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024

📣📣📣📣📣 E ' L O N 📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGOR OʻQUVCHILAR!

❗️DIQQAT !!!

🗓 2024-YIL 10-IYUL kuni IMTIHON 3-bosqichi — TEST sinovlari bo'lib o'tadi.

Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi. Bilim va malakani baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

📍 Marshrut / Joylashuv geolokatsiya:
| Bino geolokatsiyasi (google) |
| Bino geolokatsiyasi (yandex) |
#imtihon_2024
#Ijod_maktablari

⚡️IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BARCHA HUDUDLARDA BOʻLIB OʻTDI

Ijod maktablariga
(Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi.

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM