Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Yoshlar_kuni
#Tabrik

Qadrli yoshlar, aziz o‘quvchilar, talabalar!

🎉 Siz va sizlarning timsolingizda O’zbekiston yoshlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, bilimga chanqoq, ko’zlari yonib turgan yoshlardir.

O’z maqsadlaringiz sari qo’rqmasdan qadam tashlang! Ishonaman, siz albatta maqsadingizga erishasiz!

O’qish-o’rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo’lsin!

El-yurtimiz fahrlanadigan, jonajon O’zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo’lish bahti nasib etishini hamda kuch-g’ayrat va shijoat sizlarni hech qachon tark etmaslgini tilayman.

Sizlarni sevimli bayramingiz, shijoat va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman!

Is‘hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi direktori Farxod Tajibayev
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

⚡️KUTIB OLING PIIMANOID!

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida
xabar bergan edik.

Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.

Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.

Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.

PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal