Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
659 subscribers
4.9K photos
497 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilgi yoz mavsumi davomida vazirlik tizimidagi 32 ta, jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi — 3 ta;

Jizzax viloyatidagi — 1 ta;

Samarqand viloyatidagi — 2 ta;

Fargʻona viloyatidagi — 2 ta;

Toshkent viloyatidagi — 5 ta;

Xorazm viloyatidagi — 19 ta oromgohga umumiy hisobda 9 ming nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

👉 Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda respublika miqyosida 192 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi.

❗️ Shuningdek, oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun joylardagi taʼlim muassasalarida 1 105 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari (bepul) tashkil etiladi va ularga 174 297 nafar bola jalb etiladi. Bu maydonchalarda sport, sanʼat va IT yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda bolalarga moʻljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyishi tashkil etiladi.

✔️ Bolalar oʻrtasida kitobxonlikni keng joriy etish maqsadida oromgohlarga 110 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va “kitob.uz” platformasidan elektron va audio adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

👉 Yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida qisqa muddatli “Ijodkorlar oromgohi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda.

🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarning joylashuv manzillari hududlar kesimida tayyorlandi.

📍Mazkur lokatsiyalar orqali hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashingiz mumkin.

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

⚡️ HUJJAT TOPSHIRISH JARAYONIDA FOTOSURATNI TOʻGʻRI YUKLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA

Eslatma, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Qabul_2024

OILAMIZGA MARHAMAT!
Welcome to our family!


🏢 Manzil joylashishi:
Namangan viloyati, To’raqo’rg’on tumani, Yangiobod MFY, To’raqo’rg’on ko’chasi, 21-uy.

☎️ Call-markaz - 1206

☎️ Telefon raqamlar:
Qabul bo'yicha mas'ul:
+998 (69) 442 22 21
Maktab maslahatchisi:
+998 (93) 913 76 16
Maktab axborot kotibi:
+998 (97) 255 28 22
ITMA Ishonch telefoni:
+998 (71) 207 40 48

👈 Tegishli havolalar:
| ITMA qabul 2024 | Onliayn ariza |
| ITMA Telegram sahifasi | veb sahifasi|
| Ariza to'lidirish bo'yicha video yo'riqnoma |

📍 Marshrut / Joylashuv geolokatsiya:
| Maktab geolokatsiyasi (google) |
| Maktab geolokatsiyasi (yandex) |
#Ibrat_maktabi
#Togaraklar

🌞 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yozgi ta’til to‘garaklari (Summer IT Camp) tashkil etildi.

🧑‍💻 👩‍💻 Sizlar uchun yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlaringizni mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusini amalda bajarash maqsadida quyidagi zamonaviy AKT sohasidagi to‘garaklar tashkil etildi:

🔹 Veb-dizayn (no coding);
🔹 dastur ta’minoti (Programming);
🔹 media (SMM);
🔹 media (videografiya, mobilografiya, fotografiya);
🔹 texnologiya (robototexnika va sun’iy intellekt);

🔰 Mashg‘ulotlar LAT, 4K va Sayyor darslar pedagogik texnologiyalari asosida olib boriladi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 1-15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlari va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 1-iyun 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#festival
#Xushxabar

“Incheon ta’lim festivali”

✍🏻 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 21.05.2024-yil kungi №56-AF sonli buyrug‘iga asosan o‘quvchilar o‘rtasida “Incheon ta’lim festivali” joriy yilning 6-8-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ikki bosqichda o‘tkazilgan ushbu festivalda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi koreys tili fani o‘qituvchisi Nazira Xo‘janazarovaning shogirdlari bo‘lgan shu maktab o‘quvchilari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda hamkor tashkilot vakillari tomonidan esdalik sovg'alari bilan birga Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlandilar.

👉G‘olib o‘quvchilar bilan tanishing

-Abduganieva Rayxona 1-o‘rin 🥇
-Abdurazzaqova Gulbaxor 3-o‘rin 🥉
-Marufova Ruxshonalar sayohatga yo‘llanma olishdi

👉Telegram