Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
663 subscribers
4.87K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_130

10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shape the future challenge: 15-20 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!

Dastur ishitrokchilari 2024-yil 15-maydan 4-iyungacha onlayn mentorlik seanslari, seminarlarda qatnashadi va 2-6 kishilik jamoa sifatida iqlim oʻzgarishi muammosi yuzasidan yechim ishlab chiqadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi gʻoya (yechim) taklif qilgan jamoa aʼzolari Silikon vodiysiga (AQSH) taʼlim sayohati uchun borish imkonini qoʻlga kiritadi.

Bunda:
– AQSHga borish va kelish chiptalari olib beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Sayohat davomida seminarlar, Google, Apple, Instagram kabi kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi

Qatnashish uchun 2024-yil 4-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/moonshot-pirates-shape-the-future-challenge/

@grantlar
#Kun_tarixi

Bugun 15-aprel 2024-yil, Dushanba (6 Shavvol, 1445)

🌍 XALQARO BAYRAMLAR:

🏛 Xalqaro madaniyat kuni.
🌱 Ekologik bilimlar kuni.
📵 Xalqaro mobil aloqalarsiz kun.
🎨 Butunjahon sanʼat kuni.
🎪 Xalqaro sirk kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 Oʻzbekiston - Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni.
🇬🇪 Gruziya – Muhabbat kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Bolalar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston - Sevishganlar kuni.
🇮🇳 Hindiston (Gʻarbiy Bengaliya) - Yangi yil.
🇧🇦 Bosniya va Gersegovina - Armiya kuni.
🇰🇵 KXDR - Quyosh bayrami (Kim Ir Sen tug‘ilgan kun).
🇷🇺 Rossiya - Elektron tahdidlarga qarshi kurash mutaxassislari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Jinoyat-qidiruv xodimlari kuni.

👋 Kuningiz, yangi haftangiz maroqli va semazmun o'tsin!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#pash

🇩🇪 Germaniya davlatining Gyote Instituti Toshkent filiali bilan tuzilgan PASCH hamkorligi doirasi bo‘yicha bizning maktabimizda 5-7 aprel kunlari Xalqaro Gyote sertifikatiga imtihon tashkil etildi.

🪪 A1 darajadan B2 darajagacha 18 nafar o‘quvchilarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

📈 Imtihonning og‘zaki qismini Gyote instituti vakillari Simon Kretscher va Ursula Theisen olib borishdi.

🧑‍🎓 👩‍🎓 O'quvchilarimizni tayyorlashda Ibrat maktabi oliy toifali nemis tili o'qituvchisi Isakova Dilafruz o'zining katta hissasini qo'shgan.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan
#nashr

🌈 Respublika "Gulxan" jurnalining 2024-yil 3-sonida maktabimizning 9-A sinf oʻquvchisi Odina Rustamjonovaning "O'zbekiston Yoshlari" nomli she'ri nashr etildi.

✍️ Shoira o'z she'rida vatanning ishonchini a'lo o'qib O'zbeliston kelajagini yaratishlari zarurligi to'g'risida qalamga olgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#psixologik_trening

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muasssasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Hushyorlik meditatsiyasi” psixologik treningi tashkil etildi.

🧘🏽‍♂️ Maktabi psixologi hamda tarbiyachi-pedagoglar yordamida o‘quvchilarni ruhiyati, kayfiyatiga hamda aqliy qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshi kurashish usullaridan eng ma’qbullari tushuntirilib amalda o‘rgatildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Meditatsiya — avtoregulyatsiyaning psixologik usuli bo'lib, odamlarga hissiy intellektni boshqarish qobiliyatini egallash orqali tashvish darajasini pasaytirib, stressga chidamliligini oshirish hamda xushyorlikni, aqliy qobiliyatni oshirish imkonini beradi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM