Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
662 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
17-martdan 17-aprelga qadar 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida informatika fan olimpiadasi o'tkaziladi

2023-yil 20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish belgilab berilgan edi.

❗️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash imtihonlari o'tkaziladi.

Mazkur imtihonlar yo'riqnomasi taqdim etilmoqda.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 12.03.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov tomonidan olib borildi.

📘 “Hikoya tushunchasi. Hikoyada badiiy obrazlilik” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 9 - sinflar va ijodkor o‘quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsida kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asarlar. Jahon adabiyotidagi hikoyalar. Oʻtmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etganligi. “Hikoya” atamasi kengroq tusuntirildi va o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalari o‘rganildi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 13.03.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.

✍️ “Mahorat darsi” O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, falsafa fanlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva tomonidan olib borildi.

📘 So‘z va badiiy so‘z, so‘z tanlash mahorati” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 10- sinf va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsida adabiy tilning shakllanishi, baland maqomi, so‘zlarni iste’molga olib kirishi va esdan chiqqan so‘zlarning qayta qo‘llanishida adiblarning benazir badiiy tafakkuri, so‘z tanlash, so‘z qo‘llashdagi mahorati muhim ekanligini, til vositalarini, so‘zlarni ishlatishda uning o‘ziga xos uslubi, mahorati namoyon bo‘lishi yuzasidan suhbatlashildi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Yashil_makon
#Ibrat_maktabi

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”

🌿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 12-mart № 01-16-401-sonli xati ijrosini Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ta’minlash maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etildi.

🌺“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan chora tadbirlar rejasiga asosan, maktab hududida daraxtlarni butash, oqlash, 60 tup “Shtamp” nomli manzarali atirgul, “Xrizantema” nomli ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekildi hamda “Tsinniya” nomli gul urug‘lari sepildi.
__
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram